Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Qidirishning bevosita belgilari -


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

1. Qidirishning bevosita belgilari - foydali qazilma borligidan yoki bor 
bo„lishi mumkinligidan to„g„ridan-to„g„ri darak beruvchi dalillardir. Ular: 
- Foydali qazilmalarning yer yuzasiga chiqishi, tabiiy va sun’iy ochilmalar. 
Foydali qazilmalarning yer yuzida tabiiy va sun‟iy holda ochilib qolishi eng 
ishonchli qidirish belgisi hisoblanadi. 
Ba‟zi hollarda qurilish ishlari jarayonida, ayniqsa yo„llar qurilishi paytida 
sun‟iy ochilmalar ko„p xosil bo„ladi. Bularga qattiq foydali qazilma 
minerallarining to„planishi, har xil tabiiy sharoitlarda neft va gaz uyumlarining 
paydo bo„lishi, suv manbalarining minerallanishini ko„rsatish mumkin. 
Foydali qazilmaning tub ochilmasiga qarab minerallashishning chuqurliklarga 
tarqalishi, u yoki bu elementlarning miqdori, foydali qazilmalarning sifati 
to„g„risida fikr yuritish mumkin. Foydali qazilmalarning sun‟iy ochilmalari har xil 
xaritalash va qidirish ishlari jarayonida o„tkaziladigan tog„ qazilmalarida 
(burg„ilash qudug„ida, kanavada, shurfda) namoyon bo„ladi. 
- Foydali qazilmalarning oreollari va tarqalish oqimlari. Foydali qazilma 
uyumlari va ularning parchalanish mahsulotlaridan hosil bo„lgan anomaliyalar 
“tarqalish oreollari” deb ataladi. 



34

Oreollar: 
- ochiq (yer yuzasiga chiqqan); 
- yopiq (yer yuziga chiqmagan); - ko„r (slepiye); 
- ko„milgan (pogrebenniye). 
Oreollar ajaratiladi: - ma‟dan tanalarining; - konlarning; - ma‟danli 
maydonlarning. 
Oreollarning xususiyatlari (shakli, o„lchami, tarkibi) ko„p sabablarga bog„liq, 
shulardan eng muhimlari: 
- oreol tarkibiga kiruvchi elementlar geokimyosi; 
- ma‟danlarning tarkibi, tuzilishi, morfologiyasi, genezisi; 
- qamrovchi jinslar fizik-kimyoviy xususiyatlari va yotish elementlari. 
Oreollar asosan birlamchi – singenetik va epigenitik ((foydali qazilmalarga 
taalluqli bo„lganida) ma‟dan atrofida metasomatik o„zgargan ma‟dan qamrovchi 
tog„ jinslari va ba‟zi kimyoviy elementlar anomal miqdorlarining yig„ilishi, foydali 
qazilmalar paydo bo„lgan tog„ jinslarida foydali qazilmalar bilan bir vaqtda paydo 
bo„lishi, tarqalish oreollari asosan foydali qazilma konlarining parchalanishidan 
hosil bo„lishi) va ikkilamchi - (fizik, kimyoviy va biogen nurash natijasida tog„ 
jinslarining yemirilishi va ma‟dan uyumlarining eng ko„p tarqalgan elementlari 
uchrashi) bo„ladi. 
Qidirish ishlarida foydali qazilmalarning tarqalish oreollari katta ahamiyatga 
ega. Har xil geokimyoviy jarayonlar natijasida tog„ jinslarida, bo„shoq 
yotqiziqlarda, tuproqlarda, tabiiy suvlarda, o„simliklarda kimyoviy elementlarning 
o„rtacha miqdori odatdagiga nisbatan ancha yuqori bo„lib anomaliyalar paydo 
bo„ladi. 
- Foydali qazilmalarning alohida fizik xususiyatlari. Foydali qazilma borligini 
bevosita ko„rsatuvchi belgilar sifatida foydali qazilmalar va ular tarkibidagi 
minerallarning alohida fizik xususiyatlari, jumladan – radioaktivlikning 
mavjudligi; - mis ma‟danlarini ko„rsatuvchi ikkilamchi ko„k-yashil minerallar 
mavjudligi; - temir konlarini ko„rsatuvchi kuchli magnit maydoni mavjudligi; - 
temir konlarini ko„rsatuvchi sarg„ish-qo„ng„ir rangli «zanglagan» jinslar 
mavjudligi; - va h.k.lar. 
- Tarixiy ma’lumotlar. - qadimgi qazilmalar, ma‟dan uyumlari, qayta ishlash 
qoldiqlari; - tarixiy yozuvlar, xaritalar va h.k.lar. bunday dalillarga qadimiy tog„ 
qazilmalari, ularning qoldiqlari, shlak qoldiqlari, qadimiy arxeologiya topilmalari, 
tog„ va metallurgiya asbob-jihozlari, tarixiy o„tmishga taalluqli hujjatlar hamda, 
joylarning nomlariga alohida e‟tibor berilshi lozim. Chunki yer yuzida mavjud 
bo„lgan ko„pgina tog„larga, ko„l va dengizlarga inson tomonidan qo„yilgan nomlar 
qaysi tilda bo„lishidan qat‟i nazar, kon qidirish yoki konchilik taraqqiyot etgan 
joylarni anglatadi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling