Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
Geokimyoviy qidirish usullari Bu usul tub tog„ jinslarni va bo„shoq yotqiziqlarni, o„simlik ko„llarini, suv va gazlarni namunalash yo„li bilan geokimyoviy anomaliyasini aniqlashga asoslan- gan. Ikkilamchi oreol sochilmalar bo„yicha qidirish ishlarini olib borish nihoyatda katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda litogeokimyoviy, gidrogeokimyoviy, atmogekimyoviy biogiokimyoviy qidirsh ishlari keng qo„llanilmoqda. a) Litogeokimyo usuli. Bu usul tub tog„ jinsi turlaridan, bo„shoq yotqiziqlardan muntazam ravshda namuna olishga va ularda tarqalgan mikroelementlarni aniqlashga asoslangan. Namunalashni to„rtta guruhga bo„lish mumkin. 1) ikkilamchi yoyilish oreolini aniqlash maqsadida delyuvial va elyuvial yotqiziqlarni, tuproqlarni namunalash; 2) mexanik va toshqin oqimining yoyilish elementini aniqlash uchun daryo va jarliklardagi allyuvial va prolyuvial yotqiziqlarini namunalash; 3) elementlarning chuqurlikdagi yoyilish oreolini aniqlash uchun qoplama yotqiziqlarni namunalash; - 30 - 4) birlamchi va ikkilamchi oreol sochilmalarini aniqlash uchun har xil darajada nuragan tub jinslarni namunalash; Litokimyoviy qidirish jarayonida o„rganilayotgan maydonlardan ma‟lum oraliq bo„yicha namuna olinadi. Namunalash oraliqlarining zichligi qidirish masshtabiga mos keladi. Qidirish ishlarining natijalariga qarab har xil jadvallar, kesimlar, kimyoviy elementlarning tarqalish geokimyoviy xaritasi tuziladi. b) Gidrogeokimyoviy usuli. Bu usul yer osti va yer usti suvlarining kimyoviy tarkibini o„rganishga asoslangan. Bu suvlar ma‟dan uyumlari joylashgan joylarga tushib, ulardagi mikroelementlarni yuvadi. Gidrokimyoviy usul sulfidli konlarni qidirishda keng qo„llaniladi. Chunki sulfid ma‟danlarining oksidlanishi natijasida yengil eruvchan sulfat birikmasi paydo bo„ladi. Bu usul radioaktiv ma‟danlarni qidirishda ham keng qo„llaniladi. Namunalar suv manbalaridan, quduqlardan, burg„ilash quduqlaridan, hovuzlardan olinadi. Namunalash turining zichligi qidirish ish masshtabiga to„g„ri keladi. Namuna hajmi 1 litrni tashkil qiladi. Bu namunalar kimyo-spektral yo„l bilan tahlil qilinadi. Gidrokimyo usuli simob, oltin, uran, kumush, mis, molibden konlarini qidirishda keng qo„llaniladi. Masalan, ma‟dansiz joylardagi grunt suvlardagi misning miqdori 10 g/l teng bo„ladi. Ayrim hollarda mis konlarini yuvib chiqayotgan suvda mis miqdori 1000 martaba ortib ketishi mumkin. Bu usul orqali 50-100 m. qalinlikdagi tuproq, qum, shag„al qatlami tagida yashirinib yotgan konlarni aniqlash mumkin. Gidrokimyoviy qidirish ishlari natijalari bo„yicha gidrokimyo xaritalari tuziladi va miqdori yuqori bo„lgan elementlar maydonlari aniqlanadi va chegaralanadi. d) Atmogekimyoviy usuli. Bu usul orqali yer qobig„idagi yashirin ma‟dan konlarini va u bilan bog„liq holda yer yuziga chiqayotgan gazlar-karbonat angidriti, geliy, radon, simob bug„larining atmosfera va tuproq havosidagi miqdorini aniqlash mumkin. Undan tashqari bu usul neft va ko„mir konlarini qidirishda qo„llaniladi. e) Biogeokimyoviy usuli. Bu usul ma‟lum bir foydali qazilma ma‟danlari borligi taxmin qilingan maydonlarda o„simlik ildizlarida tarqalgan kimyo elementlarning tarqalishini o„rganishga asoslangan. Bunshg uchun o„simliklarning har xil qismi yoqiladi va olingan kullar kimyo va spektral yo„l bilan tahlil qilinadi, Agar sizni qiziqtirgan elementlarning o„rtacha miqdori klark miqdoridan ancha yuqori bo„lsa, bu yerda tub foydali qazilma ma‟danlari borligidan darak beradi. Keyin qilingan tahlillar natijalariga asoslanib mikdori yuqori bo„lgan elementlarning anomaliya maydonlari ajratiladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling