Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “og„iz
- Ekspluatatsion
Yuqoriga qarab o„tilgan inshoot (vostayushiy) - qidirish gorizontidan
yuqoridagi uyumni kesib o„tish uchun shtrek, kvershlag va ortlardan o„tiluvchi vertikal inshoot. Gezenk - gorizontal inshootdan quyida yotgan gorizontga ma‟dan tanasining yotish holatini kuzatish maqsadida o„tiluvchi vertikal inshoot. Burg„i quduqlari - yer po„stidagi nisbatan katta uzunlikdagi ko„ndalang kesimda uncha katta bo„lmagan o„lchovga ega silindr shaklidagi inshoot. Burg„i qudug„ining boshi “og„iz (bo„g„iz)”, tubi “qazish joyi”, yonbosh yuzasi “devorlar” deb ataladi. Burg„i qudug„ini tavsiflovchi asosiy elementlar: diametr, chuqurlik, yo„nalish. Burg„i qudug„ining diametri tog„ jinsini yemiruvchi asbobning tashqi diametri bilan, agar u mustahkamlovchi quvurlar bilan mahkamlangan bo„lsa, shu quvurlarning ichki diametri bilan aniqlanadi. Qattiq foydali qazilmalar konlarini qidirishda burg„i quduqlari 26-171 mm. diametrda 1500-2000 m. va undan ortiq chuqurlikkacha burg„ilanadi. Vazifasiga ko„ra qidirish, ekspluatatsiya va yordamchi burg„i quduqlari ajratiladi. Qidirish burg„i quduqlari foydali qazilmalarning hamma turlarini izlashda va qidirishda qo„llaniladi. Ular burg„ilanayotganda kern namunasini olish majburiydir (kolonkali bug‘ilash). Ekspluatatsion burg„i quduqlari neft, gaz va boshqa foydali qazilmalarni sidirg„a qazishda burg„ilanadi. Yordamchi burg„i quduqlari qurilishda, gidrogeologik va muhandislik- geologik, seysmik qidirishlarda, foydali qazilma konlarini o„zlashtirishga tayyorlashda (portlash burg‘i quduqlari) va boshqa turli maqsadlar uchun o„tiladi. Ular sidirg„a qazish yo„li bilan burg„ilanadi. Burg„i quduqlari gorizontal yuzaga nisbatan har qanday burchak ostida yer osti tog„ inshootlaridan o„tiluvchi tik inshootlardan gorizontal inshootlargacha va yer osti inshootlaridan yuqoriga qarab o„tiladigan inshootlargacha burg„ilanadi. Burg„i qudug„ining yer po„stidagi o„rni zenit va azimut burchaklari qiymatlari bilan aniqlanadi. Burg„i qudug„i o„qi bilan vertikal orasidagi burchak zenit burchagi deb ataladi. Burg„i qudug„i o„qi bilan gorizontal orasidagi burchak burg„i qudug„ining qiyalik burchagi deb ataladi. Gorizontal yuzada burg„i qudug„i o„qidan o„tuvchi tog„ kompasi strelkasi yo„nalishi bilan gorizontal yuzaga tushuvchi burg„i qudug„i o„qi proyeksiyasi orasidagi o„lchanadigan burchak azimut burchagi deb ataladi. Qidirish burg„i quduqlari asosan zarbali, aylanma va aylanma-zarbali burg„ilash usullari bilan burg„ilanadi. Yuqorida aytib o„tilgan qidirishning barcha texnik vositalari geologik hujjatlashtiriladi va ularda namunalash ishlari amalga oshiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling