Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Yuqoriga qarab o„tilgan inshoot (vostayushiy) - qidirish gorizontidan 
yuqoridagi uyumni kesib o„tish uchun shtrek, kvershlag va ortlardan o„tiluvchi 
vertikal inshoot. 
Gezenk - gorizontal inshootdan quyida yotgan gorizontga ma‟dan tanasining 
yotish holatini kuzatish maqsadida o„tiluvchi vertikal inshoot. 
Burg„i quduqlari - yer po„stidagi nisbatan katta uzunlikdagi ko„ndalang 
kesimda uncha katta bo„lmagan o„lchovga ega silindr shaklidagi inshoot. Burg„i 
qudug„ining boshi “og„iz (bo„g„iz), tubi “qazish joyi”, yonbosh yuzasi 
“devorlar” deb ataladi. Burg„i qudug„ini tavsiflovchi asosiy elementlar: diametr, 
chuqurlik, yo„nalish. Burg„i qudug„ining diametri tog„ jinsini yemiruvchi 
asbobning tashqi diametri bilan, agar u mustahkamlovchi quvurlar bilan 
mahkamlangan bo„lsa, shu quvurlarning ichki diametri bilan aniqlanadi. Qattiq 
foydali qazilmalar konlarini qidirishda burg„i quduqlari 26-171 mm. diametrda 
1500-2000 m. va undan ortiq chuqurlikkacha burg„ilanadi. 
Vazifasiga ko„ra qidirish, ekspluatatsiya va yordamchi burg„i quduqlari 
ajratiladi. 
Qidirish burg„i quduqlari foydali qazilmalarning hamma turlarini izlashda va 
qidirishda qo„llaniladi. Ular burg„ilanayotganda kern namunasini olish majburiydir 
(kolonkali bug‘ilash)
Ekspluatatsion burg„i quduqlari neft, gaz va boshqa foydali qazilmalarni 
sidirg„a qazishda burg„ilanadi. 
Yordamchi burg„i quduqlari qurilishda, gidrogeologik va muhandislik-
geologik, seysmik qidirishlarda, foydali qazilma konlarini o„zlashtirishga 
tayyorlashda (portlash burg‘i quduqlari) va boshqa turli maqsadlar uchun o„tiladi. 
Ular sidirg„a qazish yo„li bilan burg„ilanadi. Burg„i quduqlari gorizontal yuzaga 
nisbatan har qanday burchak ostida yer osti tog„ inshootlaridan o„tiluvchi tik 
inshootlardan gorizontal inshootlargacha va yer osti inshootlaridan yuqoriga qarab 
o„tiladigan inshootlargacha burg„ilanadi. Burg„i qudug„ining yer po„stidagi o„rni 
zenit va azimut burchaklari qiymatlari bilan aniqlanadi. 
Burg„i qudug„i o„qi bilan vertikal orasidagi burchak zenit burchagi deb ataladi. 
Burg„i qudug„i o„qi bilan gorizontal orasidagi burchak burg„i qudug„ining qiyalik 
burchagi deb ataladi. 
Gorizontal yuzada burg„i qudug„i o„qidan o„tuvchi tog„ kompasi strelkasi 
yo„nalishi bilan gorizontal yuzaga tushuvchi burg„i qudug„i o„qi proyeksiyasi 
orasidagi o„lchanadigan burchak azimut burchagi deb ataladi. Qidirish burg„i 
quduqlari asosan zarbali, aylanma va aylanma-zarbali burg„ilash usullari bilan 
burg„ilanadi. 
Yuqorida aytib o„tilgan qidirishning barcha texnik vositalari geologik 
hujjatlashtiriladi va ularda namunalash ishlari amalga oshiriladi. 



38


Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling