Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Amaliy ishni bajarish tartibi 
Bu ish ham avvalgi bajarilgan ishlarning uzviy davomi hisoblanadi. Topshiriq 
qidiruv chiziqlari joylashtirilgan sxematik xaritada amalga oshiriladi. Dastlab, 
berilgan variant va tanlangan masshtab asosida texnik vositalarning ko„rsatkichlari 
o„rganiladi. So„ng qidiruv chiziqlarida texnik vositalar birin-ketin tushuriladi. 
Bunda bir qidiruv chizig„i yani profilda ikkita o„xshash texnik vosita bo„lishi 
mumkin emas. Masalan bir qiduruv chizig„ida ikkita kanava yoki ikkita shurf va 
h.k. 18-variant misolida ishni davom ettiramiz. Bizda rim raqamlarida belgilangan 
sxematik xaritaga tushirilgan uchta qidiruv chiziqlari (3.2-rasm) va to„qqizta texnik 
vositalar uchta ariq (keyinchalik kanava deyiladi), uchta shurf, uchta burg„lash 
quduqlarining ko„rsatkichlari (1.1, 1.2, 1.3 - jadvallar) mavjud. 
Ushbu ma‟lumotlardan foydalanib, mustaqil ravishda kanavalar qidiruv 
chiziqlariga joylashtiriladi. Buning uchun kanavalarning uzunliklarini tanlangan 
masshtabga keltirib olinadi. Masalan kanava №1 ning uzunligi 185 m. masshtab 
1:2000 qilib tanlanganda 1 sm.da 20 m. to„g„ri keladi. Shunga ko„ra 185 m. 9 sm. 
2,5 mm.ga teng bo„ladi. Xuddi shu uzunlikni sxematik xaritadagi (istalgan qidiruv 
chiziqlariga) I-I qidiruv chizig„ining shimoli-sharqiy tomonidan bir taxminiy nuqta 
belgilab, chizg„ich yordamida tushuriladi. Qolgan kanavalar ham shu tartibda 
qolgan qidiruv chiziqlariga joylashtiriladi. Bu jarayonda kanava №1 I-I qidiruv 
chiziqlariga qaysi tomondan tushurilgan bo„lsa, qolgan ikkita kanava ham o„sha 
tomondan tushurilishi shart. Aks holda ish yakunida ba‟zi xato va kamchiliklar 
kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari kanavalarni qidiruv chiziqlarining 
o„rtasidan joylashtirish ham tavsiya qilinmaydi. 
Xuddi shu tartibda I-I qidiruv chizig„iga qolgan texnik vositalar shurf va 
burg„ulash qudug„i joylashtiriladi. Bunda qidiruv chiziqlariga ularni qanday 
joylashtirishning ahamiyati yo„q. Sababi, bu ikkala texnik vosita ham tik 
o„tiladigan texnik vositalar qatoriga kiradi. So„ng navbati bilan qolgan qidiruv 
chiziqlariga hali o„rnatilmagan texnik vositalar joylashtiriladi. 
Endi bir narsaga ahamiyat qaratish lozim. I-I qidiruv chizig„iga joylashtirilgan 
kanavaning oxiri yoki boshidan (hali noma‟lum) shurf o„rnatilgan nuqtagacha va 
shurf o„rnatilgan nuqtadan burg„ilash qudug„I o„rnatigan nuqtagacha tanlangan 
masshtab asosida necha m. bo„lsa (chizg„ichda sm.da o„lchash mumkin), qolgan II-
II va III-III qidiruv chiziqlarida o„rnatiladigan shurf va burg„i quduqlari orasidagi 
masofalar ham o„zaro teng bo„lishi lozim. Natijada I-I qidiruv chizig„ida kanava 
№1, shurf №1, burg„ilash qudug„i №1, II-II qidiruv chizig„ida kanava №2, shurf 
№2, burg„ilash qudug„i №2, III-III qidiruv chizig„ida kanava №3, shurf №3, 
burg„ilash qudug„i №3 lar joylashtiriladi. Bu amalni har kim mustaqil ravishda 
boshqacha ko„rinishda joylashtirishi mumkin. 
Geologiya qidiruv ishlarida ham bu kabi amallar qo„llaniladi, biroq, ish 
hududidagi tog„ jinslarining yotish elementlari turlicha bo„lganligi sababli 
o„tkaziladigan qidiruv chiziqlari va o„rnatiladigan texnik vositalarning masofalari 
o„zaro o„zgaradi. Amaliyotda bir qidiruv chizig„ida bir nechta shurf yoki burg„ilash 
quduqlari o„rnatilishi yoki, qidiruv chizig„ida kanavalar umuman bo„lmasligi 
mumkin va h.k. Bu esa geologiya qidiruv ishlari bosqichlari bilan uzviy bog„liqdir. 



39

Nazorat savollari: 
1. Qidirish belgilari deganda nimalarni tushunasiz? 
2. Qidirish belgilari necha xil bo‘ladi? 
3. Qidirishning bevosita belgilari haqida gapiring. 
4. Qidirishning bilvosita belgilari haqida gapiring. 
4
. Qidirishning texnik vositalari deganda nimani tushunasiz va ularni nomlari 
va ta’riflari bilan keltiring.
 
5. Qidirishning yer usti vs yer osti inshootlariga ta’rif bering. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling