Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Qidirishning bilvosita belgilari -
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
2. Qidirishning bilvosita belgilari - foydali qazilma borligidan yoki bor
bo„lishi mumkinligidan to„g„ridan biror-bir vosita orqali darak beruvchi dalillardir. Ularga: - Ma’dan oldi o‘zgarishlari. Yondosh jinslarning o„zgarishi faqat ma‟danli gidrotermal eritmalar ta‟siridagina emas, balki nurash jarayonida konlarning parchalanishidan ham paydo bo„lishi mumkin. Endogen konlardagi yondosh - 35 - jinslarning ma‟dan oldi o„zgarishlari skarnlanish, greyzenlanish, kvarslanish, kaolinlanish, dolomitlanish, seritsitlanish va boshqalardan iborat. Tog„ jinslarining ma‟dan oldi o„zgarshilari qidirish ishlarida katta ahamiyatga ega. Chunki ular ko„zga oson tashlanuvchi yorqin ranglarga ega bo„lgan holda foydali qazilma uyumi kattaligiga nisbatan keng maydonlarni egallaydi. ammo, tog„ jinslarining ma‟dan oldi o„zgarishlarida har doim ham sanoatga yaroqli ma‟danlar uchramaydi. - Tomirsimon minerallarning mavjudligi. Bunda yer usti va ostida ma‟dan tanalarining tarkibi va uning atrofida ma‟lum minerallarning tomirsimon shaklda namoyon bo„lishi tushuniladi. - Foydali qazilma va qamrovchi jinslar fizik xususiyatlaridagi farqlanish (geofizik anomaliyalar). Bu tabiiy va sun‟iy fizik maydonlarni o„rganishga asoslangan bo„lib, bu belgi orqali har xil magnit, radioaktiv, gravitatsion va elektr maydoni anomaliyalari ajratiladi. Bu anomaliyalar esa foydali qazilmalarni topishga imkon beradi. - Relyefning o‘ziga xos xususiyatlari. Yer yuzi relyefining paydo bo„lishi tub tog„ jinslarining parchalanishi va bo„shoq materiallarning qayta yig„ilish bilan bog„liq bo„lgan konlarning fazoviy holatini aniqlash imkonini beradi. Relyefning asosiy shakllari nurash va muzlik yotqiziqlari rivojlangan maydonlarga xosdir. - Gidrogeologik belgilar. Bunda suvli qatlamlar va suvlarning ba‟zi bir foydali qazilmalar tarkibidagi kimyoviy va mineralogik birikmalarni yer yuzasiga olib chiqishi yoki yer osti suvlarining shu foydali qazilmalar tarkibini o„zgartirishi kabi ma‟lumotlar o„rganiladi. - Botanik belgilar. Bularga har xil turdagi o„simliklar, ularning qoldiqlari, qanday sharoitda shakllanganligi va boshqa belgilari o„rganiladi. Foydali qazilmalarning bu kabi belgilarini o„rganishda dalada bir qator ishlar rejalashtirilishi lozim. Bular jumlasiga birinchi marshrut o„tish hamda qidirishning texnik vositalarini kiritish lozim. Ma‟lum hududda ishlar loyihalashtirilganda marshrut yo„nalishlari, qidirishning texnik vositalari va ularning obyektdagi o„rni loyihada aniq qilib ko„rsatib o„tiladi. Marshrutlar qidiruv chiziqlarida ularning yo„nalishlari bo„yicha va belgilangan yo„nalishdan chetlashib o„tilishi mumkin. Marshrutlar o„tish, uning yo„nalishini aniqlashda tog„ geologik kompasi zarur bo„ladi. Bunda belgilangan masofalar bo„yicha ma‟lum chegaralangan hududga batafsil ta‟rif beriladi va namunalar olinadi. Ishlab chiqarishda foydali qazilmani ochish va qidirish uchun yer usti va osti texnik vositalari qo„llaniladi. Kopushlar (zakopushka), dudkalar, shurflar, raschistkalar (yorma, tozalama), ariq (kanava) va handaqlar yer usti inshootlari hisoblanadi. Yer osti inshootlari vertikal (grezenlar, ko„tariluvchi shaxtalar), qiya (nishabliklar), gorizontal (shtolnyalar, shtreklar, kvershlaglar, ortlar, rassechkalar) bo„ladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling