Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
Geofizik qidirish usullari Foydali qazilmalarni qidirishning geofizika usullari foydali qazilma va yondosh tog„ jinslarining fizik xossa hamda xususiyatlarining har xil bo„lishiga asoslangan. Masalan, foydali qazilmalar magnit xossaga ega bo„lishi (temir - 31 - ma‟dani), elektr tokini yaxshi o„tkazishi (polimetal ma‟danlari), mustaqil elektron maydonlarini hosil qilishi mumkin. Foydali qazilmalarning katta zichlikda to„planishi natijasida og„irlik kuchi tezligi oshadi, kichik zichliklarda esa kamayadi. Shuningdek, ayrim ma‟dan uyumlari portlash to„lqinlarining o„tsh tezligiga ham ta‟sir qiladi, hatto bu to„lqinlarni qaytaradi. Shunday qilib, ma‟dan uyumlari joylashgan joyda anomaliyalar paydo bo„ladi. Ular odatdagi normal fizik xossalardan farq qiladi. Bunday foydali qazilmalarni qidirish va izlanishning geofizika usullari ma‟lum. Bularga magnitometriya, radiometriya, gravimetriya, seysmometriya, elektrometriya va h.k. usullarini ko„rsatish mumkin. a) Magnitometriya usuli. Bu usul magnitometrlar yordamida magnit maydonlarini o„lchashga asoslangan. Bu usul o„z tarkibida magnetit, titanomagnetit, gematit va pirrotin bo„lgan magnitlashgan tog„ jinslarini qidirishda yaxshi natija beradi. Magnitometriya usuli bilan yaxshi aniqlanadigan uzilma zonalarida, intruziv jins yonlarida joylashgan magnitlashgan temir ma‟danlarini, rangli va nodir metallarni qidirishda aeromagnitometriya usulidan foydalaniladi. b) Radiometriya usuli. Bu usul tabiiy yotqiziqlarning radioaktivligini aniqlashga asoslangan. Gamma-nurlanishning aktivligini gamma usuli bilan aniqlanadi. Bu usullar yer usti marshrut qidirishida va aerotasvirlashda foydalanadi. Har xil gamma usullarning xususiyatlariga qarab radiometr tizimi ishlab chiqilgan. d) Gravimetriya usuli. Bu usul mineral tarkibiga va g„ovakligiga bog„liq bo„lgan, har xil zichlikdagi tog„ jinsi anamaliyasining yer yuzidagi tortilsh maydonlarini o„rganishga asoslangan. Bo„shoq jinsning (qum, tuproq) toshko„mirning zichligi 2 g/sm., tomirli mineral-slyuda, boksitning zichligi 2,5-3 g/sm., temir karbonati, marganes va flyuoritning zichligi 3-4 g/sm.ga teng. Zichlik gravimetriya yo„li bilan aniqlanadi. Bu usul orqali neft va gaz to„planadigan strukturalarni aniqlash mumkin, shuningdek temir, xromit konlarini, mis, nikel ma‟danlarini, tuz, ko„mir konlarini qidirishda ham keng foydalaniladi. e) Seysmometriya usuli. Bu usul burg„ilash quduqlarida maxsus portlatish yo„li bilan hosil qilingan ko„ndalang egiluvchan to„lqinlarning yer po„stidagi tarqalishi tezligini o„rganishga asoslangan. Tog„ jinslaridagi to„lqinlarning tarqalishi tezligi tog„ jinsining fizik xossalariga, yotish chuqurligiga bog„liq. Masalan, magma jinslarda to„lqinning tarqalish tezligi ko„proq, karbonat va qumtosh-gilli jinslarda kamroq, bo„shoq jinslarda esa juda kam bo„ladi. Seysmik tebranshlar seysmik stansiyalar yordamida aniqlanadi. f) Elektrometriya usuli. Bu usul yordamida tog„ jinsi va ma‟danlarining har xil elektr xususiyatlari o„rganiladi. Izlanish jarayonida massa qarshiligi, o„tqazuvchanligi, elektr maydonlarining kattaligi o„lchanadi. Bu usul sulfidli polimetall va kolchedan konlarini qidirish va razvedka qilishda, pegmatitlarni, kvars tomirlari, daykalarni qidirishda, xaritalash jarayonida o„tirindi jins, bo„shoq yotqiziq va suvli gorizontlarning qalinligini aniqlashda foydalanadi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling