Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
- 2. Masofadan turib kuzatish ishlari
4 – AMALIY MASHG‘ULOT
Qidirish ishlari olib borish uchun maydonlarni ajratish, qidirish usullarini tanlab olish Ishning maqsadi: Qidirish ishlarini olib borishda yirik masshtabli xaritalardan maydonlarni ajratish va bunda qidirish usullarini tanlab olish. Nazariy qism: Geologiya qidiruv ishlari ma‟lum bir hududda olib borilayotganda dastlab bosqichlar tanlab olinadi, so„ngra, ish loyihasi ishlab chiqilayotgan hududning mavjud geologik xaritasi o„rganiladi, ammo ishlar loyihalashtirilgan hududning geologik xaritalari mavjud bo„lmasa qidirish ishlari geologik xaritalashdan boshlanadi. Xozirgi vaqtda O„zbekiston Respublikasining barcha hududlari uchun yirik masshtabli geologik xaritalar ishlab chiqilgan. Shu sababli qidirish ishlari loyihalashtirilgan obyektlarning yoki uchastkalarning xaritalari mavjud xaritardan olinadi va masshtablari o„zgartiriladi. Foydali qazilma konlarini qidirish bir nacha bosqichli jarayon bo„lib, ularni turli tamoyillar bo„yicha tasniflanadi. Masalan qidirish ishlari olib borilishining turli sharoitlari va tamoyiliga asosan ikkiga ajratish mumkin. 1. Tanlangan nuqtalardan kuzatish ishlari (metod viborochnix nablyudeniy). Bunda dastlab obyektning barcha e‟tiborga molik nuqtalari marshrutlar yoki dala kuzatish ishlari asosida sinchkovlik bilan o„rganiladi va ilmiy tahlil qilinadi. O„rganishlar natijasida alohida nuqtalardan olingan axborotlar yig„indisi obyekt haqidagi umumiy va to„liq ma‟lumotni bermasligi mumkin. Shu sababli barcha nuqtalardan olingan ma‟lumotlarni umumlashtirish faqat analogiya tamoyiliga tayanib, ketma-ket yaqinlashtirish va ilgarilama-tanlov asosida detallashtirish tamoyillariga amal qilgan holda mumkindir. 2. Masofadan turib kuzatish ishlari (metod distansionniy). Bunda tanlangan obyekt ma‟lum belgilangan masofalardan turib o„rganiladi, yani fazodan. Bunday kuzatishlarda asosan har xil usullarda olingan foto tasvirlar tahlil qilinadi. Bu ishlar optik va radiodiapazonlarning turli qismlarida bajariladi. Eng ko„p ishlatiladigan diapazonlar: ko„zga ko„rinadigan, infraqizil va radioto„lqinlardir. Olib borilgan ishlar natijasida obyektlarning asosiy geologik-strukturaviy xususiyatlari aniqlaniladi. Ammo ish hududida mavjud tog„ jinslarining mineralogik tarkibini o„rganish imkoniyati mavjud emas. Qidirishning bosh maqsadi - foydali qazilma konlarini qidirib topish. Bu maqsadni muvaffaqiyatli, rejali va ilmiy asoslangan holda bajarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur: 1. FQKlarining joylanishini belgilovchi qonuniyatlar (faktorlar) mezonlarni bilish; 2. Turli sharoitlardagi konlarning qidirish belgilarini o„rganish; 3. Samarali qidirish usullarining kompleksini ishlab chiqish va ularni tabiiy sharoit va qidirish belgilariga qarab ishlatish sharoitlarini aniqlab olish; 4. Qidirish ishlarining natijalari bo„yicha konning sanoat uchun ahamiyatiga baho berish va sanoat uchun yaroqsiz obyektlarni o„z vaqtida «brakovka» qilish. - 27 - Foydali qazilma konlarini qidirish o„z navbatida 5 ta usulga bo„linadi. Ular: - Geologik xaritalash usuli; - Mexanik tarqalish oreollari va oqimlarini o„rganish asosida qidirish usullari (Mineralogik qidirish usullari); - Geokimyoviy usul; - Geofizik usul; - Aerokosmogeologik usul. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling