Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
Qidirish to‘ri. Qidirish jarayoni foydali qazilma tanalarini va konni yaxlit
kuzatishga hamda chegaralashga olib keladi. Foydali qazilma tanalarini kuzatish va chegaralash uning shakli to„g„risidagi oddiy tasavvurlarni olishdan boshlanadi. Keyin bu tasavvurlar asta-sekin oydinlashtiriladi. Tadqiqotlarning to„liqligi tamoyillariga muvofiq qidirish lahimlari foydali qazilma tanalarining morfologik va sifat xususiyatlarini yoritish uchun uni ushbu yo„nalishda uning uzunligi bo„ylab to„liq kesib o„tishi kerak. Bir necha aralash lahimlarni ularda doim kesim qurish imkoniyati mavjud bo„lgan joyga qulay joylashtirish kerak. Shuning uchun qidirish lahimlari imkon boricha bir yuzada, ya‟ni mo„ljallanayotgan kesim yuzasida joylashishi kerak. Foydali qazilmalarning hamma tanalari geometrik belgiga ko„ra uchta asosiy morfologik turga bo„linadi: 1) bitta kalta va ikkita uzun o„lchamli tanalarga (qatlamlar va qatlamsimon uyumlar, tomirlar, linzalar va boshqa tekis tanalar); 2) bitta uzun va ikkita qisqa o„lchamli tanalarga (quvurlar va boshqa o„xshash tanalar); 3) izometrik yoki ularga yaqin tanalarga (shtokverklar, cho„ntaklar va boshqalar). - 21 - Foydali qazilma tanalari morfologik turlarining har biri qidirish kesimlarini turli makoniy yo„naltirishni talab qiladi. Shunga ko„ra vertikal (tik) va gorizontal (yotiq, bo„ylama) kesimlar mavjud. Ko„pincha ma‟dan tanalari tuzilishini aniqlash uchun, masalan, ikkinchi morfologik turni (quvurlar, cho„zilgan shtoklar) aniqlash uchun vertikal va gorizontal qidirish kesimlari tizimlaridan foydalanishga to„g„ri keladi. Kesimlar kon lahimlari, burg„i quduqlarini kavlab o„tish ba‟zan, geofizik ma‟lumotlar bo„yicha tuziladi. Qidirish kesimlari yo„nalishi ko„pincha quyidagi qoidalarga bo„ysunadi: 1) kesimlar, shu bilan birga qidirish lahimlari ham ular bo„yicha foydali qazilma tanalarining shakllari, yotish elementlari va ichki tuzilishi, shuningdek uning qamrovchi tog„ jinslari bilan o„zaro munosabati yetarlicha yaqqol ko„rinishi uchun foydali qazilmalar tanalari xususiyatlarining maksimal o„zgaruvchan liniyalari bo„yicha yo„naltirilgan bo„lishi kerak; 2) qidirish kesimlari tekisliklari foydali qazilma tanalarining eng uzun o„lchamlariga ko„ndalang yo„naltiriladi. Odatda foydali qazilma tanalarining maksimal o„zgaruvchi yo„nalishi uning qalinligi liniyasi bilan mos tushadi. Shuning uchun ko„p hollarda qidirish qirqimlari foydali qazilma tanalari yoki ma‟danli zonaning yo„nalishlariga ko„ndalang yo„naltiriladi. Ma‟dan tanalarini kuzatish va chegaralash turli kon lahimlari va burg„i quduqlari, ya‟ni qidirishning texnik vositalari yordamida amalga oshiriladi. Kesimlarni barpo qilish uchun qidirish lahimlari doim chiziqlarda (qidirish chiziqlarida, profillarda) joylashishlari zarur. Qidirish chiziqlari parallel va turli xil yo„naltirilgan bo„lishi mumkin. Odatda ular mahsuldor qatlamlar, ma‟danli hududlar va alohida ma‟dan tanalari bo„ylab yo„nalishga ko„ndalang kavlab o„tiladi. Biroq ularning yo„nalishi keskin o„zgarishida qidirish chiziqlari mo„ljali mos ravishda o„zgartiriladi. Qidirish chiziqlarining kesishishlari qidirish to„rini hosil qiladi. Qidirish to„rlarining uchta asosiy - kvadrat, to‘g‘ri burchakli va Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling