Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

3 – AMALIY MASHG‘ULOT 
Qidiruv chiziqlari (profillar) va to‘rlari. Sxematik geologik xaritada qidiruv 
chiziqlari o‘tkazish 
 
Ishning maqsadi: Qidiruv to‘rlari va profillar bilan tanishish. Geologiya 
qidiruv ishlarini tizimli va tartib bilan olib borishni ta’minlash maqsadida 
sxematik xaritada qidiruv to‘rlari va profillar o‘tkazish. 
Nazariy qism: Geologiya qidiruv ishlari belgilangan obyektlarda foydali 
qazilma konlarini qidirish uchun ma‟lum tizimga (sistema) asoslanib olib boriladi. 
Qidirish va razvedka qilish jarayonida konda to„planadigan ma‟lumotlarning 
ko„pchiligi “geologik iqtisodiy” tushunchalar sirasiga kiradi. Chunki har bir kon 
o„ziga xos geologik-sanoatbop parametrlarga (GSP) ega. Bunday parametrlarga: 
- yotish sharoitlari va chuqurligi; 
- ma‟dan tanalari va ochiladigan jinslarning qalinligi; 
- ma‟dansiz qatlamlarning qalinligi va holati; 
- mineralogik tarkibi, foydali va zararli komponentlar miqdori; 
- ma‟danlar va qamrovchi jinslarning turg„unligi; 
- suv kelish miqdori va h.k.lar kiradi. 
Ushbu ma‟lumotlarni to„plash uchun esa geologiya qidiruv ishlarini 
bosqichma-bosqich olib borilishini ta‟minlash va dala ishlarini to„g„ri tashkil etish 
zarur. Geologiya qidiruv ishlari bosqichlari esa quyidagilardan iborat: 
1) Regional geologik tadqiqotlar (masshtab 1:1 000 000, 1:500 000); 
2) Davlat geologik хaritalash ishlari (masshtab 1:100 000, 1:50 000); 
3) Qidirish ishlari; a) ilgarilanma ixtisoslashtirilgan qidirish
b) qidirish. 
4) Baholash ishlari; a) dastlabki baholash; 
b) mufassal baholash. 
5) Razvedka qilish; 
6) Qo„shimcha razvedka qilish; 
7) Ekspluatatsion razvedka qilish. 
Geologiya qidiruv ishlari belgilangan bosqichlarda olib borilishida qidiruv 
chiziqlari yani qidiruv to„rlari va profillarning o„rni alohida ahamiyatga ega. 
Qidiruv to„rlari va profillar nazariy jihatdan bir-biriga o„xshash, ammo ish hajmi 



20

jihatidan o„zaro farqlanadi. Bu ikki tushuncha topografik va geologik xaritalarda 
oddiy kesma-chiziqlar ko„rinishida o„z aksini topadi. Ular relyefda o„tkazilib, 
qidiruv ishlarining asosini tashkil qiladi va ular asosida dalada qidiruv ishlari 
amalga oshiriladi. Dalada profillar yoki qidiruv to„rlari ma‟lum belgilangan 
yo„nalishda bo„ladi va ular geologik tog„ kompasi yordamida aniqlanadi. 
Aniqlangan yo„nalish topografik yoki geologik xaritalarda chizma transporteri 
yordamida geologlar tomonidan tushiriladi. 
Profillar yoki qidiruv to„rlarida belgilangan yo„nalishli qidiruv marshrutlari, 
kon qidiruv inshootlari – kavlanmalar, ariqchalar (kanava), shurf, burg„ilash 
quduqlari o„rnatiladi va ularning topograf tomonidan olingan yoki JPS (Suniy 
yo‘ldosh orqali koordinatalarni aniqlovchi qurulma) yordamida aniqlangan 
koordinatalari asosida topografik yoki geologik xaritalarga tushiriladi. Bu 
qidirshning texnik vositalari xaritada belgilangan o„rni qidiruv chiziqlaridan 
chiqmasligi, zarur hollarda sharoit taqozosi bilan ularning o„rni belgilangan 
hujjatlarni rasmiylashtirgan holda o„zgartirilishi mumkin. 
Qidiruv chiziqlari asosan ma‟lum hududdagi tog„ jinslarining yotish 
sharoitlarini o„rgangan holda ularning yotish yo„nalishiga ko„ndalang qilib 
qo„yiladi. Qidiruv chiziqlarini dalada qandaydir belgilar yordamida belgilash 
imkoni yo„q. Ularni faqat koordinatalar yoki tog„ geologik tog„ kompasi 
yordamida aniqlash mumkin. 
Qidiruv ishlari geologiya qidiruv ishlarining dastlabki bosqichlarda olib 
borilganda qidiruv chiziqlari – profillar deb nomlanadi, qidiruv ishlari keyingi 
bosqichga o„tganda ular o„zaro zichlashib qidiruv to„rlarini tashkil qiladi. Qidiruv 
chiziqlari yordamida o„z vaqtida geologik qirqimlar tuzilganda ma‟dan tanalari 
yoki foydali qazilmalarning morfologiyasi to„g„risida batafsil ma‟lumot olish 
imkonini beradi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling