Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Struktura mezoni o‘z ichiga
Fatsial-litologiya mezoni. Ayrim konlarning ma‟lum bir fatsiya yoki
cho„kindi tog„ jinslarining turlari bilan bog„liqligiga asoslangan. Bunday mezonlar temir va marganes ma‟danli gorizontlarni va ular bilan bog„liq bo„lgan opoka, spongalit, yashmalarni aniqlashda foydalaniladi. Dengiz fatsiyasi bilan bog„liq temir ma‟danli qatlamlarda asosan oolit, organika qoldiqlari va sementlarda esa gematit, shamozit, sideritlar uchraydi. Marganes-oolitli ma‟danlar esa sanoat ahamiyatiga egadir. Ko„pchilik boksit konlari asosan granit, sienitlarda rivojlangan nurash po„stlariga joylashgan. Silikatli nikel ma‟danlari o„ta asos jinslarda rivojlangan nurash po„stlarida uchraydi. Odatda neft o„z bo„shliqlarida neftni yig„ib olish qobiliyatiga ega bo„lgan g„ovak jinslar - kollektorlarda uchraydi. Bunday jinslarga qum, g„ovak qumtosh va ohaktoshlar kiradi. Endogen ma‟danlarni qidirishda temir, mis, volfram, molibden, qalay, qo„rg„oshin, ruх va boshqa ma‟danlar bilan bog„liq bo„lgan karbonat jinslar va skarnlar katta ahamiyatga ega. Karbonat jinslarda flyuorit, barit konlari uchraydi. - 16 - Vulqon-cho„kindi jinslari bilan polimetal konlari, listvenit bilan simob konlari (Marqaziy Osiyo); terrigen-qumtoshli slanes jinslar bilan qalay, qlay - volframli ma‟danlar bog„liq. Metamorflashgan slaneslarda ko„pchilik muskovit, flogopit, grafit konlari uchraydi, kvarsitlarda esa tog„ billuri konlari tarqalgan. Struktura mezoni o‘z ichiga bir necha guruh struktura mezonlarini oladi: a) burma zonasida va platformalarda tarqalgan ma‟dan maydonlari va havzalarning joylashish holatini aniqlovchi; b) ma‟dan maydonlarda, havzalarda tarqalgan ayrim konlarning joylashish holatini aniqlovchi; d) konlardagi alohida ma‟dan uyumlarining joylashish holatini aniqlovchi struktura mezonlarini ajratish mumkin. Birinchi guruh struktura mezoni asosan foydali qazilmalarning umumiy joylashish qonuniyatlarini aniqlaydi, Masalan: yer po„stining asosiy strukturaviy elementlari hisoblangan qalqon, platforma va geosinklinal maydonlar o„zlarining ma‟lum metallogenik qiyofasi bilan tavsiflanadi. Qalqonlarda slyuda, nodir va radioaktiv elementlar, apatit konlari uchraydi; platformalarda fosforit, neft, gaz, ko„mir konlari; geosinklinal zonalarda esa asosan metalli foydali qazilmalar tarqalgan. Shunday qilib, birinchi guruh strukturalarini o„rganishning maqsadi ma‟dan maydonlarining joylashish qonuniyatlarini aniqlashdir. Qalqon, platforma, geosinklinal zonalarda tarqalgan ma‟danli maydonlarining strukturasi odatda yuqori tartibli burma va uzilmalar bilan aniqlanadi. Ma‟dan maydonlari va konlarining to„planishi uchun eng qulay struktura sharoitlari burmalarning murakkablashgan qulf qismi va uzilmalarning bir-biri bilan har хil yo„nalish bo„yicha kesishgan joylari hisoblanadi. Cho„kindi konlarning strukturasi ancha oddiydir. Masalan, platforma turidagi temir konlarining ma‟dan uyumlari gorizontal yoki biroz qiya qatlamsimon shaklda joylashadi va turg„un qalinlikga ega. Antiklinal va gumbazsimon strukturalar neft va gaz konlarining joylashishi uchun eng qulay sharoit hisoblanadi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling