Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Geomorflogik mezon yer yuzi relyefining paydo bo„lishi tub tog„ jinslarining 
parchalanishi va bo„shoq materiallarning qayta yig„ilish bilan bog„liq bo„lgan 
konlarning fazoviy holatini aniqlaydi. Bularga har хil sochilmalar, nurash konlari, 
gillar, qumlar va shag„allar kiradi. 
Relyefning asosiy shakllari nurash va muzlik yotqiziqlari rivojlangan 
maydonlarga хosdir. Juda katta boksit, marganes, nikel, nodir metall konlari 
tekislangan nurash yuzalari bilan bog„liq. Relyefning muzlik shakllari (ozlar, 
drumlinlar, kamlar) yuqori sifatli qum, shag„al konlarini qidirish uchun ishonchli 
belgi hisoblanadi. 
O„zgargan tog„ jinsi maydonlarida joylashgan ma‟dan uyumlarini qidirishda 
geomorfologik kuzatishlar katta yordam beradi. Nurashga chidamli ma‟dan 
uyumlari, daykalar o„zgargan maydonlar relyefining musbat shaklini paydo qiladi. 
Oson nuraydigan oksidlangan sulfidli ma‟dan uyumlari, tektonik harakatga uchrab 
buzilgan tog„ jinslari manfiy relyef shakllarini hosil qiladi. Bunday holatlarni 
aerofotosuratlar 
yordamida, 
dala 
ishlariga 
chiqish 
bosqichidan 
oldin, 
geomorfologiya belgilar bo„yicha u yoki bu foydali qazilmalarni qidirish uchun 
qiziqarli maydonlarni ajratish mumkin. Geomorfologik mezon yer po„stining 
hozirgi zamon tektonika harakati bilan bog„liq bo„lgan, yosh ko„tarilmalarni 
aniqlashga va neft, gaz konlarini qidirishga yordam beradi. 
Geofizik mezon tabiiy va sun‟iy fizik maydonlarni o„rganishga asoslangan. Bu 
mezon orqali har хil anomaliyalar ajratiladi. Bu anomaliyalar esa foydali 
qazilmalarni topishga imkon beradi. Bunga magnit, radioaktiv, gravitatsion va 
elektr maydoni anomaliyalarini ko„rsatish mumkin. Magnit anomaliyalari orqali 
temir va mis - nikelli ma‟danlarini qidirish mumkin. 
Ammo bu mezonlarning barchasi bir vaqtning o„zida bir konni qidirishda ilmiy 
asos bo„la olmaydi. Yuqorida aytilgan barcha ma‟lumotlarni to„plash, amalda 
o„rganish fan doirasida qidirish ishlarini to„g„ri tashkil etish uchun eng asosiy 
ma‟lumot vazifasini o„taydi. Shu bois amaliy mashg„ulot vaqtida foydali qazilma 
konlarining hosil bo„lish jarayonlari va qidirish mezonlari aks ettirilgan sxema va 
chizmalar muntazam o„rganib boriladi. 



19

Nazorat savollari: 
 
1. Foydali qazilmalar genetik hosil bo‘lishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi? 
2. Morfologik, kimyoviy-teхnologik va genetik tasniflanish nazariyalarini 
ayting? 
3. Konlarning hosil bo‘lish sharoitiga ko‘ra tasniflanishini ayting? 
4. Endogen konlarni ayting? 
5. Egzogen va metamorfogen konlarni ayting? 
6. Qidirish mezonlari deb nimaga aytiladi va ularning nomlarini ta’riflari 
bilan ayting? 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling