Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Shlih namunalarini olish. Shlix namunalari asosan og„ir mineral fraksiyalari 
to„planadigan joylardan olinadi. Namuna olsh uchun eng qulay joy tub tog„ jinsi 
ustiga joylashgan kichik qalinlikdagi allyuvial yotqiziqlar hisoblanadi. Shuningdek 
shlix namunalari daryo, quruq soy va ularning tarmoqlaridan, o„zanlardan olinadi. 
Undan tashqari tub tog„ jinslaridan namunalar olinib, bo„laklarining kattaligi 
0,2-0,6 mm. qilib maydalanib sun‟iy shlix tayyorlanadi. Olinadigan shlix 
namunasining soni va to„r zichligi qidirshning mukammalligiga bog„liq. Masalan: 
100 km maydondan 100 ga yaqin namuna olinishi mumkin. Shlix namunalarini 
olish nuqtalarining oralig„i asa 500-2000 m. ni tashkil qiladi. Shlix namunasi 
asosan maxsus qazilgan o„rachadan olinadi. O„rachaning chuqurligi 0,2 dan 1,5 m. 
bo„lishi mumkin. Shlix namunasining og„irligi 30-50 kg. tashkil qiladi. Olingan 



29

hamma shlix namunalari xujjatlashtirilib dala daftarida rasmiylashtiriladi. Dala 
daftarida shlix namunasining tartibi, olingan joyi, tog„ jinslarining genetik turi, 
qisqa ta‟rifi, olingan chuqurligi, shlix namunasining hajmi, shlix massasi 
ko„rsatiladi. 
Shlix namunalarini yuvish. Oligan shlix namunasi tarkibidagi mineral 
konsentratlarini aniqlash maqsadida yuviladi. Yuvilgan shlix namunasidan 10-15 
g. qoldiq qoladi. Buning uchun 30-50 kg. bo„shoq jinslar yuvilishi talab qilinadi. 
Shlix namunalarini yuvish maxsus sig„imi 0,005 m., 0,01 m. bo„lgan cho„michda 
(lotok) amalga oshiriladi. 
Yuvish jarayoni 3 bosqichda olib boriladi: 
Birinchi bosqichda lotokga solingan shlix namunasi suvga cho„ktirilib maxsus 
asbobda yoki qo„lda shalabbo qilinadi. Natijada gilli zarrachalar ho„llanadi va 
lotokdan suv bilan chiqib ketadi. Shu vaqtning o„zida lotokdagi katta tosh 
bo„laklari va shag„allar qo„l bilan terilib tashlanadi. 
Ikkinchi bosqichda qum fraksiyadaridan tozalanadi. Keyin lotokdagi qolgan 
shlix namuna materiallarini yuvish davom ettiriladi. Natijada og„ir fraksiya 
minerallari lotok tagiga va yengil mineral donalari esa namuna yuq orasida 
joylashadi. Keyin lotok asta-sekin suvga cho„ktiriladi va natijada yengil fraksiya 
minerallari yuvilib ketadi hamda og„ir fraksiya minerallari saqlanib qoladi. 
Lotokdagi namuna qora shlix qolgunicha yuviladi. 
Uchinchi bosqichda shlix namunalari yuvilib, qolgan yengil materiallardan 
tozalanib me‟yoriga yetqaziladi. Natijada lotok tagida kulrang shlix qoldiqlari 
qoladi. Keyin qolgan shlix quyoshda yoki past olovda quritiladi. Shlixni kuchli 
olovda quritish man qilinadi. Chunki sulfidlar kuyib, ayrim minerallr uchib ketishi 
mumkin. 
Shunday qilib yuvilgan shlix qoldiqlari lupa orqali ko‘zdan kechirilib 
minerallar o‘rganiladi. Mukammal tahlil qilish laboratoriya sharoitida olib 
boriladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling