Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Aerokosmogeologik qidirish usullari
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
Aerokosmogeologik qidirish usullari
Kosmik tasvirlarni geologik deshifrovkasi va aerovizual kuzatuvlar hozirgi sharoitda eng asosiy izlanish usullaridan sanaladilar. 1:1000000 dan to 1:10000 - 32 - gacha bo„lgan masshtabdagi geologik tasvirlar hozirgi paytda raqamli kosmik tasvirlarni kompyuterlashtirilgan deshifrovkasi va aerofototasvir materiallari asosida o„tkaziladi. Aerokosmofotosuratlarni geologik deshifrovka qilish usullari va apparaturasining rivojlanishi hamda takomillashishi tadqiq qilinayotgan joyning geologik tuzilishini bilish va foydali qazilmalarni izlash uchun geologlar qo„liga qimmatbaho material berdi. Aerokosmoizlanishlar foydalilik, rejalilik, tezlik va samaradorlik bilan tavsiflanadi. Ishning yetakchi usuli - geologik deshifrovkadir. Uning vazifasiga aerokosmofotosuratlarda ayrim tog„ jinslarining, gorizontlarning, turli litologik tarkibli svitalarning tarqalish chegaralarini aniqlash va kuzatish, tog„ jinslari joylashuvida yotish elementlari, qatlamlar qalinligi nomosliklarining turli tiplarini aniqlash, turli tipdagi strukturalar, tektonik buzilishlarni belgilash va tahlil qilish, turli tog„ jinslari yuzasida kechuvchi fizik-geologik jarayonlarni aniqlash va tahlil qilish, hududning geomorfo logik xususiyatlarini o„rganish va tahlil qilish, aerokosmofotosuratlarda izlash belgilarini belgilash va o„rganish kiradi. Geologik deshifrovkada bevosita va bilvosita deshifrovka belgilari foydalaniladi. Bevosita deshifrovka belgilari geometrik (deshifrovka qilinayotgan obyektlar uchun xos bo„lgan maydon konfiguratsiyasi, uzunlik o„lchamlari, hajmiy shakllar) va fotogrammetrik (oq-qora suratlarda deshifrovka qilinayotgan obyekt fototonidan yoki rangli suratlarda ularning bo„yoqlaridan foydalanish) belgilariga bo„linadi. Bilvosita belgilar esa geomorfologik belgilar (relyef shakllari va gidrotarmoq tuzilishi, asosan tog„ jinslarining moddiy tarkibi, fizik-geologik xossalari, yotish sharoitlari, hududning tektonik va tabiiy geografik sharoitlari bilan bog„liq) bilan birga geobotanik, antropogen va zoogen belgilarini ham o„z ichiga oladi. Deshifrovka qilish hozirgi davrda raqamli kosmofotosuratlarni keng qo„llashga asoslangan bo„lib, murakkab kompyuter tarmoqlari va dasturiy vositalar (Kirsh, Sobel, ITS va boshqalar) ishlatilgan holda amalga oshiriladi. Ana‟naviy qo„llaniladigan eng sodda asbob stereoskop hisoblanadi. Unda deshifrovka qilish jarayoni sodda bo„lgani bilan ma‟lum bir ko„nikmalarni talab qiladi. Avtomatlashgan dasturlar yordamida raqamli tasvirlarning deshifrovkasi esa, jadal ravishda rivojlanayotgan yo„nalish sifatida geologlardan amaliy tajriba bilan bir qatorda kompyuterni qo„llash malakasini ham talab qiladi. Aerovizual kuzatish materiallarini deshifrovka qilish va qayta ishlash parvoz tugashi bilanoq amalga oshiriladi. Aerokosmik kuzatishlar va deshifrovka esa, geologik tasvir va izlash jarayonlari natijalari sifatida hisobotlarda aks ettiriladi. Qo„llangan hamma materiallar (suratlar va boshqalar) aks ettirilgan barcha chizma va jurnallar mavzuviy va dala ishlari hujjatlari tarkibiga kiradi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling