6 – AMALIY MASHG‘ULOT
Geologiya qidiruv ishlari tamoyillari, tizimlari. Qidirishning
texnik vositalari plani va stratigrafik ustunlarini tuzish
Ishning maqsadi: Geologiya qidiruv ishlari tamoyillari va tizimlari bilan
tanishish, ularni amalda tatbiq etishni asoslash. Qidirishning texnik vositalari
plani va stratigrafik ustunlarini tuzish.
Nazariy qism: Barcha sohalar kabi geologoya yo„nalishi ham ma‟lum
tamoyillarga tayanib qidirish ishlarni tashkillashtiradi. Quyidagilar qidirishning
asosiy tamoyillari hisoblanadi:
Tadqiqotlarning to‘liqligi tamoyili konning ayrim uchastkalarinigina emas,
balki uni barcha joylarini nisbatan to„liq va har tomonlama o„rganish zaruriyatidan
iborat hamda quyidagi asosiy talablarni o„z ichiga oladi: 1) kon hududi va kondagi
barcha foydali qazilma tanalarini chegaralashning majburiyligi; 2) foydali qazilma
tanasini yoki ma‟dan zonasini qidirish inshootlari bilan to„liq kesib o„tish; 3)
asosiy va birgalikdagi foydali komponentlar sifatini to„liq va har tomonlama
o„rganish; 4) tog„ va burg„ilash ishlarining hamma ma‟lumotlaridan konning
gidrogeologik, muhandis-geologik va tog„-texnik xususiyatlarini aniqlash uchun
foydalanish.
Izchillik bilan yaqinlashish tamoyili ma‟lum bir geologik-qidiruv
bosqichlarida kon to„g„risida bilimlarni muntazam oshirishdan iborat. Konni
o„rganishning har bir bosqichida ma‟lum uslubiyatlar va texnik vositalar, boshida
oddiy, keyin ancha aniq va murakkab vositalar qo„llaniladi. Bu tamoyilning
qo„llanilishi qidirishning har bir bosqichida ayrim kon xususiyatlarini hisobga
olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Bir tekislilik (bir xillilik) tamoyillari qidirilayotgan konning ma‟lum
darajada bir tekisda o„rganilishi zaruriyatidan iborat va o„z ichiga quyidagi
talablarni oladi: 1) qidirishning biror bosqichidagi konning yoki uning ayrim
uchastkalarining qidirish tog„ inshootlari tomonidan bir tekisda yoritilishi. 2)
qidirish tog„ inshooti yoki kon uchastkasi chegarasida namunalash punktlarini bir
tekisda taqsimlash; 3) konning turli uchastkalarida o„lchovdosh natijalarni
beruvchi texnik qidirish vositalarini qo„llash; 4) moddani tadqiq qilishning teng
qiymatlilik va teng aniqlilik uslubiyatlarini qo„llash (anаlitik tahlilni yagona
laboratoriya va usullar bilan amalga oshirish).
-
40
-
Do'stlaringiz bilan baham: |