Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Ort va kvershlaglarda odatda devorlardan birining, ba‟zan ikkalasining yoki 
devor va shipining, kam hollarda esa ikkala devor va ship chizmasi yoyilmasi 
chiziladi. Ularni hujjatlashtirish jarayoni quyidagichadir: inshoot devorlari 
tozalanib, intervallarga bo„linganden keyin u qayd qilinishi lozim bo„lgan hamma 
geologik elementlarni aniqlash maqsadida mufassal ko„rib chiqiladi. Keyin 
kuzatilgan hamma o„ziga xos xususiyatlar: tog„ jinslari qatlamliligining yo„nalishi, 
burmalar va fleksuralar, tektonik siljishlar va ularga hamroh ezilish, slaneslashish, 
brekchiyalanish zonalarini, ma‟dan tanalarining qamrovchi tog„ jinslari bilan 
kontaktlarini aniqroq tasvirlashga urinib inshoot devorining chizmasi chiziladi. 
Tog„ jinslari va ma‟danlar moddiy tarkibi va teksturasiga ko„ra alohida yupqa 
qatlamchalarga, pachkalarga, qatlamlarga ajratilgan holda bo„linadilar. Chizmaga 
foydali qazilma tanalarining yotish va strukturaviy elementlarining hamma 
o„lchamlari qayd qilinadi. 
Tik va qiya tog„ inshootlarini hujjatlashtirish ma‟dan tanasini kesib o„tuvchi 
devorlardan birining chizmasini chizish yo„li bilan amalaga oshiriladi (7.4-rasm). 
Murakkab geologik tuzilishda ikkita qarama-qarshi devorlar chizmasi chiziladi. 
Tik inshootlarni hujjatlashtirishdagi ish tartibi ort va kvarshlaglar uchun 
ta‟riflangan ish tartibiga o„xshashdir. Tik va gorizontal inshootlar chizmalarining 
masshtabi odatda geologik tuzilishning murakkabligiga bog„liq holda 1:100 dan to 
1:500 gacha o„zgarib turadi. 
Burg„ilash quduqlarini hujjatlashtirish. Burg„ilashda har bir burg„i qudug„i 
uchun quyidagi hujjatlar tayyorlanadi: 1) burg„i jurnali; 2) pasport; 3) burg„i qudu-
g„ining boshlash to„g„risida dalolatnoma; 4) burg„i qudug„i chuqurligini o„lchovi 
to„g„risidagi dalolatnoma; 5) burg„i qudug„ini berkitish to„g„risidagi dalolatnoma; 
6) burg„i qudug„ining og„ishini o„lchash to„g„risidagi dalolatnoma; 7) kernni 
qisqartirish to„g„risidagi dalolatnoma; 8) kernni bartaraf qilish to„g„risidagi 
dalolatnoma; 9) geologik qirqim (loyiha). 
Qidirish burg„i quduqlarini geologik hujjatlashtirish burg„i jurnalini muntazam 
yuritish, kernni ta‟riflash va chizmasini chizish; burg„i qudug„i o„qi (kolonka) 
bo„ylab uni o„tish jarayonida geologik qirqimni tuzish yo„li bilan amalga 
oshiriladi. 
Burg„ilash quduqlarini o„tish natijasida olinadigan asosiy hujjatlar 
quyidagilardan iborat: Burg„ilash daftari, geologik hujjatlashtirish daftari va kern 
namunasidan iborat. Burg„ilash daftari – bu asosan ishlab chiqarish hujjati bo„lib, 
dala sharoitida smena burg„ilovchisi tomonidan tuziladi va texnik – geolog 
tomonidan nazorat qilib turiladi. Burg„ilash daftarida quyidagi ma‟lumotlar: sana, 
burg„ilash usuli va diametri, chuqurlanish intervali va kernning chiqishi, tog„ 
jinsining qisqacha nomi, tog„ jinslarining mustahkamligi, snaryadning tushib ketish 
va avariya hollari, avariyalarni bartaraf qilish uchun bajariladigan ishlar, bosim 
ostida otilib chiqadigan suv va gazlar chuqurligi va hokazolar qayd qilinadi. 
Geologik hujjatlashtirish daftari quduqdan chiqarilgan kern maxsus 
yashiklarga taxlangandan keyin texnik-geolog tomonidan to„ldiriladi va uni 
yetakchi yoki bosh geolog tekshirib, kerak bo„lsa tuzatadi. 
Quduqdan chiqarib olingan kern namunasi suv bilan yuvilib, maxsus 
yashiklarga quduqdan chiqishi tartibida joylashtiriladi va taxlanadi. Har bir kern 



57

bo„lagi tartib bo„yicha nomerlanadi va yo„nalishi tush bilan belgilanadi. Bundan 
tashqari reysning boshlang„ich va oxirgi chuqurligi yozib qo„yiladi. Agar 
burg„ilash vaqtida kerndan tashqari maydalangan mahsulotlar (shlam) ham namuna 
sifatida olinsa, ular maxsus xaltachalarga solinib reys chuqurligi ko„rsatilgan 
xaltachaga biriktirib qo„yiladi. 
17 
16 
15 
14 
13 
12 
11 
10 

Pr 26, 27 
Pr 25 
Pr 24 
Pr 23 
Pr 22 
Pr 21 
Pr 19, 20 
Pr 18 
Pr 17 
Pr 15, 16 






Pr 15
7

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling