Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Ochilmalar va tog‘ inshootlarini hujjatlashtirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
Ochilmalar va tog‘ inshootlarini hujjatlashtirish
Ochilmalarni o„rganishda quyidagi vazifalar bajariladi: 1) ochilma xaritaga aniq bog„lanadi va unda nuqta bilan tegishli raqamda belgilanadi. Agar ochilmaning xaritadagi o„rnini aniqlash qiyinchilik tug„dirsa, tog‘ kompasi yordamida to„g„ri yoki teskari kesishtirish, bussolli osma yo„l va boshqa usullar yordamida bog„lanadi; 2) ochilmaning kattaligi va turi (qoyalar, palaxsalarning harobalari, o„ymalar, tikka kesib tushilgan qirg„oq, yonbag„irlar, karyer devorlari, zakopushka (chuqurcha), kanava, shurf va boshqalar) va uning relyeflardagi o„rni (tepalik cho„qqisi, suv ayirg„ich, daryo terarsasining tikligi, yonbag„ir o„rtasi va boshqalar) ko„rsatiladi; 3) tog„ kompasi yordamida tog„ jinslarining yotish elementlari o„lchanadi. Olingan natijalar xaritaga yoki kosmoaerofotosuratlarga shartli belgilarda o„tkaziladi va dala kitobchasiga yozib qo„yiladi; 4) ochilma imkon boricha juda ham aniq mufassallik bilan chiziladi yoki fotosuratga olinadi; 5) to„rtlamchi yoki gorizontal holatda yotuvchi yotqiziqlarni o„rganishda xaritaning gorizontallari barometr-aneroid yoki JPS yordamida ochilmaning - 52 - mutlaq balandligi aniqlanadi. Gorizontal va yotuvchi qatlamlar uchun qatlam tagi va bukilish joyining daryo sathidan balandligi (qayir, pastqamliklar, qadimiy yassi jarlar va boshqalar), agar imkoni bo„lsa ochilma bukilish joyining nisbiy balandligi aniqlanadi; 6) kolleksiyalar, shliflar va boshqalar uchun namunalar olinadi; 7) ochilma (qirqim) yuqoridan quyigacha yoki quyidan yuqoriga tomon ta‟riflanadi (bayon qilinadi). Bayonnomada ayrim qatlam, gorizont yoki svitalarning haqiqiy qalinliklari imkon boricha mufassal ko„rsatilishi kerak. Har bir tog„ inshootining chizmasida quyidagi ma‟lumotlar ko„rsatilgan bo„lishi kerak: 1) inshootning nomi va tartib raqami; 2) chizma masshtabi; 3) inshootning magnit va haqiqiy yo„nalishi azimuti va qiyalik burchagi (inshoot yo„nalishini o„zgartirganda har bir qism uchun uning azimuti va uzunligi ko„rsatiladi); 4) inshootning boshlanishidan yoki topografik yoxud marksheyderlik nuqtasidan metrlardagi masofalar shkalasi (bu nuqtalar albatta qayd qilinadi); 5) namunalar va kichik namunalar olingan joylar va raqamlar; jo„yaklar yoki o„yiqlarning o„lchamlari; 6) ma‟dan tanalarining yotish elementlari, tektonik buzilishlar, klivaj darzliklar va boshqa geologik ma‟lumotlarni o„lchash; 7) chizmaning boshlanish va tugaganligi sanalari. Tog„ inshootlarini hujjatlashtirishda asosiy e‟tiborni ma‟dan tanasining shakliga, uning morfologiyasiga, ma‟dan tanasining uni qamrovchi tog„ jinslari bilan o„zaro munosabatiga (kontaktga), ma‟dan atrofidagi o„zgarishlarga, ma‟dan tanalari va qamrovchi jinslardagi tektonik buzilishlarga, ma‟dan tanasining moddiy tarkibiga, ma‟dan foydali qazilma turli navlarining taqsimlanishiga, ma‟danlar va tog„ jinslarining fizik xususiyatlariga (qattiqligi, bardoshliligi, g„ovakliligi) qaratish kerak. Ma‟dan tanasining shakli uning quduq tubi kesimidagi ko„rinishini tasvirlash, qatlamlarni o„lchash, ma‟dan tanalarining kontaktlarini, qiyiqlanish tabiatini o„rganish yo„li bilan oydinlashtiriladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling