Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

«namunalash» deganda biz keng ma‟noda «foydali qazilmalarning sifatini 
aniqlash usullari»ni tushunamiz. 
Foydali qazilmalarning tarkibini o„rganish bo„yicha namunalash ishlari 
quyidagi turlarga bo„linadi: 
1. Kimyoviy namunalash. 
2. Mineralogik namunalash. 
3. Geofizik namunalash. 



63

4. Texnologik namunalash. 
5. Texnik namunalash. 
Kimyoviy namunalash. Kimyoviy namunalash foydali qazilmalarning 
kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini aniqlash maqsadida o„tkaziladi. Kimyoviy 
namunalash jarayoni uchta asosiy tarkibiy qismdan iborat: 
1) Mineral xomashyoning sifati va miqdori zarur aniqlikda tavsiflanishini 
ta‟minlanaydigan dastlabki namuna olinadi; 
2) Namunalarga har bir dastlabki namuna yoki namunalar guruhi massasini 
tegishli tadqiqotlar uchun zarur bo„lgan kattalik (miqdor) largacha yetkazishdan 
iborat bo„lgan ishlov beriladi; 
3) Namunalar (tahlil, tadqiqotlar) sinaladi. 
Namunalarni olish usuli geologik (konning sanoat turi, ma‟danlarning 
boshlang„ich va mineral tarkibi, foydali qazilma tanasining qalinligi, shakli, 
o„lchovi, ichki tuzilishi; tanasining o„lchovi, foydali minerallar notekis 
tarqalishining darajasi; ma‟danlarnnig mustahkamligi umumiy (namunaning 
ishonchliligi va vazifalari, ish hajmi, ishni yurgizishni sharoit va muddatlarining 
aniqligi, namuna olishning o„tish siklidagi ishtiroki) omillar bilan aniqlanadi. 
Mineralogik namunalash. Ma‟dan sifatini, ba‟zan, undagi foydali komponent 
miqdoriy ko„rsatkichini belgilash maqsadida amalga oshiriladi. Mineralogik 
namunalashning bir necha usullari mavjud. 
Gravitatsion usullar ba‟zi minerallarning solishtirma og„irligi bo„yicha 
farqlanishiga asoslangan. Ulardan birinchi navbatda sof tug„ma metallarni (oltin, 
platina, osmiyli iridiy va b.) hamda magnetit, xromit, kinovar, galenit, volframit, 
sheyelit, kassiterit, monatsit, sirkon kabi yana bir nechta minerallarni ma‟danlarda 
va konsentratlarda miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. Bunda ularning 
solishtirma og„irligi tog„ jinslarining yo„ldosh minerallari solishtirma og„irligidan 
yuqoriligi qo„l keladi. Gravitatsion namunalashning eng sodda usuli - sochma oltin 
yoki sochma platinani olishning cho„michli yoki tarnovli namuna olish turidir. 
Uning natijalariga ko„ra namunada oltinning (platinaning) mavjudligi yoki mavjud 
emasligi, bir xil hajmdagi (cho„michdagi) oltin zarrachalarining soniga ko„ra esa, 
obyektga taqribiy miqdoriy baho berish imkoni tug„iladi. 
Ma’danlarning tabiiy tiplari va qamrovchi tog‘ jinslarining kesim turlari 
bo‘yicha mineralogik namunalash. Ma‟dan turlaridagi ko„z bilan yengil 
aniqlanadigan va har bir ma‟dan turi bo„yicha foydali komponentning turg„un 
o„rtacha miqdori va tog„ inshootlari geologik hujjatlaridan foydalanishga 
asoslangan. A.V. Ivanov tomonidan ishlab chiqilgan ushbu usul qo„llanilishidan 
oldin ma‟danlarning tabiiy turlarining etalon kolleksiyasini tanlashdan iborat 
tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak. Ma‟danlar turlari bo„yicha namunalash 
usuli oddiy, tezkor va yuqori mahsuldorligi bilan farqlanadi. Quduq tubida namuna 
uchun material sindirish, qayta ishlash va tahlil qilish zururiyati istisno qilinadi. 
Ba‟zi konlarda (masalan, ma‟dan qatlamlarining yo„nalishi va yotishi bo„yicha 
foydali komponent miqdorining asta-sekin o„zgaradigan cho„kindi va gidrotermal-
metasomatik genezisli qatlam konlarida) qirqimlar turlari bo„yicha mineralogik 
namunalash usuli muvaffaqiyat bilan qo„llanilishi mumkin. 



64

Optik geometrik usullar tog„ jinslarining miqdoriy mineralogik tahliliga 
asoslangan. Ma‟danlarni mikroskop ostida tahlil qilishning nuqtali usuli 
quyidagilardir: sayqallangan shlifda mikroskop ostida kvadrat tur bo„yicha 
kuzatish nuqtalarining katta miqdorini bir tekisda taqsimlanadi va har bir 
mineralga joylashganlarining miqdori hisoblanadi. Ehtimollik nazariyasiga ko„ra 
bu miqdorlar shlifdagi minerallar egallab turgan hajmga proporsionaldir. 
Nuqtalarning taqsimlanishi va ularni hisoblash mikroskop bilan ulangan push-
integrator yordamida amalga oshiriladi. 
Shtufli optik-geometrik usul uchta ketma-ket jarayonlarni bajarishdan iborat: 1) 
ma‟danli qatlam qalinligi chizig„i bo„yicha yaxlit kolonka ko„rinishida makonda 
yo„naltirilgan shtuflarni tanlash (yo„nalish shartli belgi bilan ko„rsatiladi); 2) 
shtufni qatlam qalinligi chizig„i bo„ylab yo„naltirilgan tekislik (yuza) bo„yicha 
sayqallash; 3) tahlil qilish. 
Tahlil quyidagicha amalga oshiriladi. Shtifning sayqallangan yuzasiga 
tomonlari 0,5 sm.li kvadratlarga bo„lingan 12x3 sm. o„lchamli oyna qo„yiladi. 
Oynaning uzunasiga cho„zilgan chiziqlari bo„ylab 8-10 marta kattalashtiruvchi 
lupa yordamida ma‟dan donalari soni hisoblanadi. Keyin 1 sm. 2 yuzadagi 
qimmatbaho mineral zonalari aniqlanadi. Bu ma‟lumotlarga ko„ra donalarning 
o„rtacha miqdori hisoblanadi va ma‟dan qatlamining hamma qalinliklari bo„ylab 
qimmatbaho mineral taqsimlanishining egri chiziqlari chiziladi. 
Mineralogik namunalashning boshqa usullari ham mavjud. Chiziqli usul quduq 
tubida yaqqol ko„rinuvchi ma‟dan mineralining katta o„lchamlari bo„lganda 
qo„llaniladi (asbestli serpentinitlardagi asbest miqdorining taqribiy bahosi). 
Lyuminessensiya usulidan qorong„ilikda nurlanadigan sheyelitni qidirishda 
foydalaniladi. Chizma (maydon) usulidan berilliyli pegmatit tomirlarini qidirishda 
foydalaniladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling