Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
8 – AMALIY MASHG‘ULOT
Qidirishning texnik vositalarida namunalashning turlari va usullarini tanlash Ishning maqsadi: Geologiya qidiruv ishlarida namunalash ishlarining maqsadi va vazifalari bilan tanishish. Namunalashning turlari va usullarini o‘rganish va ish jarayonida ularni tanlash. Nazariy qism: Foydali qazilmalarni yoki ularning sun‟iy uyumlarini namunalash geologiya-qidiruv ishlarining hamma bosqichlarida olib boriladi. - 62 - Namunalashning maqsadi – sanoat tarmoqlarining turli mineral xomashyoga bo„lgan talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydali qazilma turlarini, sifat va turli (fizik, kimyoviy, mehanik, texnik, texnologik va b.) xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Shuning uchun namunalash razvedka qilishning eng asosiy ishlaridan biridir. Uning natijasi esa konni baholash bo„yicha olinadigan ma‟lumotning asosiy qismini tashkil etadi. Razvedka jarayonida namunalash ishlari eng avvalo foydali qazilma zaxirasini hisoblash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari namunalash natijalari foydali qazilmani qayta ishlash texnologiyasini tanlashda, qazib olish texnikasini tanlashda va qazib olish jarayonini rejalashtirishda asosiy mezonlardan biri bo„lib xizmat qiladi. So„nggi paytlargacha kimyoviy namunalash usuli bilan bir qatorda foydali qazilmalarning bevosita yotish joyida (shurf, burg„i qudug„i, quduq tubi, ochilmalarda) sifati va miqdorini aniqlashning yangi usullari muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Ular minerallarning fizik-kimyoviy xususiyatini, zaxiralarini hisoblash uchun yetarli aniqlikdagi tegishli asboblar yordamida minerallarning boshqa kerakli xususiyatlarini o„rganishga asoslangan. Bunga asosan yadroviy geofizik va optik-mexanik usullar kiradi. Deyarli har doim qattiq foydali qazilmalarni namunalash jarayoni uch qismdan iborat bo„ladi. Jarayonning birinchi qismi namuna olishdir. Namunalar foydali qazilmalarning tabiiy yoki suniy ravishda ochilgan joylaridan olinadi. Namuna olinayotganda uning sifati foydali qazilma sifatini to„g„ri aks ettiradigan bo„lishi kerak. Namunalashning ikkinchi qismi namunaga ishlov berish - birlamchi namuna yoki namunalar guruxining og„irligini, tahlil qilish uchun kerak bo„lgan, minimal miqdorga keltirishdan iborat, uchunchi qismi namunani tekshirishdan iboratdir. Namunani tekshirish (tahlil (analiz) qilish) usullari sanoat tomonidan xomashyoning sifatiga qo„yilgan talablar asosida yoki shu paytgacha xomashyoni qayta ishlash yoki chiqitga chiqarish nuqtayi nazaridan o„rganilganlik darajasiga qarab aniqlanadi. Ba‟zi hollarda tekshirishlar to„liq holda, ya‟ni xomashyoga to„liq ishlov berish va qayta ishlash (texnolgik tekshiruv) jarayonlarini o„z ichiga oladi. Boshqa hollarda esa xomashyoning ba‟zi xususiyatlarigina tekshiriladi. Masalan, ma‟danlardagi bir yoki bir nechta komponentlarning miqdori aniqlaniladi. Bu tekshirishlarning ko„pchiligi muhandis geologlar vazifasiga kirmaydi va maxsus mutaxassislar tomonidan bajariladi. Shuning uchun geologning asosiy e‟tibori namunalarni olish va ularga ishlov berishga qaratilgan bo„ladi. Keyingi vaqtlarda namuna va namunalash haqidagi tushunchalar kengayib bormoqda. Chunki, namunalashning yangi turlari (radiometriya, lyumenessensiya) paydo bo„lib, ular foydali qazilmalar xususiyatlarini o„sha joyning o„zida, fizik xususiyatlaridan foydalanib aniqlashga imkon beradi. Shunday qilib Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling