Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

7.4-rasm. Yuqoriga 
yo‘nalgan tog‘ inshooti 
devorining chizmasi. 
1-ma’dan tomiri; 
2- o‘zgargan ma’danli 
tog‘ jinslari; 
4-brekchiyalashgan tog‘ 
jinslari; 
5-brekchiyalashgan 
ma’dan zonasi; 
6-kichik namunacha 
olingan joy; 
7-namunalarning tartib 
raqami. 
Ko„pincha kern namunasidan foydalanib bo„lingach, ya‟ni quduq bo„yicha 
kesim tuzilgach va namunalar olib bo„lingach, uni saqlashga ehtiyoj qolmaydi. 
Bunday paytlarda tasdiqlangan instrukstiyalarga binoan kern qisqartiriladi. Odatda 
har bir tog„ jinslari turlari va foydali qazilma turlaridan bir bo„lakdan olib qolinib, 
qolgan qismlari tashlab yuboriladi yoki burg„u qudug„i yonida yo„riqnomaga 
asosan ko„miladi. Qisqartirilgan kern geologik qidiruv ishlari tugaguncha 
saqlanadi. 
Geologik hujjatlashtirish mikroskopik tadqiqotlar, kolleksiyalar tuzish va 
boshqa maqsadlar uchun muntazam namunalar olish bilan birga olib boriladi. Tog„ 
jinslari va ma‟danlar namunalarining miqdori qalin qatlamlar va litologik 
xususiyatlarining xilma-xilligiga, ular tektonik tarkibining murakkabliligiga, 
ustama minerallashish jarayonlarining jadalligi va boshqalarga bog„liq. 



58

Yig‘ma geologik hujjatlashtirish 
Turli qidirish inshootlari va burg„i quduqlarini hujjatlashtirish natijasida katta 
miqdordagi tarqoq materiallar to„planib qoladi. Olingan ma‟lumotlarni birlashti-
rishdan so„nggina ma‟dan tanalari shaklining umumiy qiyofasi foydali qazilmalar 
navlarining taqsimlanishi va konning geologik tuzilishini oydinlashtirish imkoni 
tug„iladi. Marksheyderlik gorizontlari bo„yicha planlar va konlardagi qirqimlar ti-
zimi yig„ma geologik grafikani tuzishning asosi hisoblanadi. Yig„ma geologik huj-
jatlarga 1) xaritalar, 2) qirqimlar, 3) proyeksiyalar, 4) blok-diagrammalar, 5) mo-
dellar mansub. Hamma yig„ma chizmalar va hajmiy tasvirlar ma‟lum masshtab-
larda (1:200-1:2000) va belgilangan koordinatalar sistemasida quriladi. 
Yig„ma hujjatlarni to„plash jarayonida yuzaning 1:2000; 1:1000 yoki 1:500 
masshtablardagi geologik xaritalari konning geologik vaziyati murakkabligiga 
bog„liq holda tuziladi. Mufassal baholashning hamma ma‟lumotlari bu xaritalarga 
tushiriladi. 
Geologik qirqimlar konning shakllari va ichki tuzilishini tasvirlashning asosiy 
usuli hisoblanadi. Izometrik shakldagi konlarda tik qirqimlar odatda ikkita o„zaro 
perpendikulyar yo„nalishlar bo„yicha quriladi. Katta burchak ostida chuqurlikga 
yo„nalgan tanalarda uzunasiga ishlangan qirqimlar bu tanalarning yotish yuzasida 
quriladi. Biroq konning bunday tasvirlari ko„pincha yo„nalish bo„yicha tik yuzaga 
proyeksiya ko„rinishida qo„llaniladi. 
Burg„i quduqlari bo„yicha geologik qirqimlar tuzishda burg„i quduqlarining 
zenit va azimut og„ishlarini hisobga olish kerak. Tik qirqimlarning 1:50, 1:100, 
1:200 masshtablari, qirqimning tik masshtabi gorizontal masshtabga nisbatan 
ko„pincha yirikroq bo„ladi. 
Gorizont bo„yicha geologik plan ayrim inshootlarning chizmalarini 
ma‟lumotlarning marksheyderlik asosiga o„tkazish yo„li bilan tuziladi. Konlarning 
shakli va tuzilishining murakkabligiga ko„ra gorizontal planlar har 5, 10, 20, 40 
metrda tuziladi. Shu bilan birga gorizontal planlar tegishli o„zlashtirish gorizontlari 
bilan mos tushishi zarur. 
Ma‟dan tanalarining proyeksiyalari ularning yotish elementlariga ko„ra 
gorizontal, vertikal (tik) yoki qiya yuzalarda quriladi. Qiya yuzadagi proyeksiya 
yotish burchagi 40
0
-50
0
bo„lgan yassi tanalar uchun qo„llaniladi. Proyeksiyalar 
oddiy yoki murakkab bo„lishi mumkin. Oddiy proyeksiyalarda loyihalashtirilgan 
inshootlarning ma‟lumotlariga ko„ra biror bir yuzada faqat foydali qazilma 
tanasining chegaralari chiziladi. Murakkab proyeksiyalar foydali qazilma tanalari 
chegaralaridagi 
izochiziqlar 
tizimi-dan: 
qatlam 
izochiziqlaridan, 
foydali 
komponentlar tarkibi izochiziqlari va boshqalardan iborat. Proyeksiyalar odatda 
foydali qazilmalar zaxirasini hisoblash uchun tuziladilar. 
Blok - diagrammalar gorizontal va vertikal qirqimlar asosida tuziladi va kon 
to„g„risida yaxlit yaqqol tasavvur beradilar. Konlarning eng yaxshi tasvirini 
modellar asosida olish mumkin. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling