Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Shurflarni hujjatlashtirishda bajariladigan ishlar va ularning tartibi 
ariqchalarni hujjatlashtirishdagiga o„xshashdir. 
Odatda shurfning foydali qazilma uyumlariga ko„ndalang bitta kengroq devori 
hujjatlashtiriladi. Lekin ba‟zan shurfning bitta emas, ikkita kesishuvchi yoki to„rtta 
devorining hammasi hujjatlashtirilishi mumkin. 
Ko„pchilik shurflarning devorlari mahkamlanishi tufayli ularni hujjatlashti-
rishni qazish jarayonida mayda intervallarga bo„lib olib borish maqsadga 
muvofiqdir. Shurflar yuqoridan pastga qarab hujjatlashtiriladi. Mayda shurflar 
ko„pincha to„liq qazib bo„lingandan keyin xujjatlashtiriladi. 
Bundan tashqari shurfning tubini hujjatlashtirishga alohida e‟tibor beriladi. 
Shurfning chuqurligi har bir metrga chuqurlashib borganda uning tubi 
hujjatlashtiriladi. Shurflarni fotosuratlarga olish vaqtida maxsus yoritgich 
asboblardan foydalaniladi (7.2-rasm). 



54

Yer osti tog„ qidiruv inshootlari hujjatlashtirish usullari bo„yicha 2 ta guruxga 
bo„linadi: 
1) foydali qazilma tanasini kesib o„tuvchi inshootlar (kvershlag, ort); 
2) foydali qazilma tanasi yo„nalishi bo„yicha o„tiluvchi inshootlar (shtreklar, 
shtolnyalar). 
Shtrek va shtolnyalarda inshootlarning shipi va tubi o„tish jarayonida 
hujjatlashtiriladi. Ma‟dan tanalarining kichik qalinligida va ularning gorizontal 
yotishida shtreklarning devorlarining chizmasi chiziladi. Devor chizmasida 
ko„ndalang tektonik buzilishlar tasvirlanadi. Inshootning shipi va tubi bo„yicha 
tektonik elementlarning chizmasi chiziladi.
7.2-rasm. Shurfni yoyilmaga mos to‘liq tutashgan holda namunaviy chizmasi 
(shurfni ko‘ndalang kesimini hisobga olmagan holda). 
1-tuproq qatlami; 2- elyuviy; 3-biotitli granatlar; 4- ma’dan tanasi; 
5-greyzenlanish zonasi; 6- namuna olingan joy. 



55

Shtreklarni hujjatlashtirishda asosiy e‟tiborni yo„nalish bo„yicha berilgan 
inshootlarda juda to„liqlik bilan ochiladigan geologik xususiyatlarga qaratish kerak 
(7.3-rasm). Buning uchun shtreklarni hujjatlashtirishda hamma ko„ndalang 
burmalangan va uzilmali strukturalar, tog„ jinslari va ma‟danlarning yo„nalishi 
bo„yicha o„zgarishlari, ma‟dan tanasining yo„nalish bo„yicha kontaktining 
harakteri o„rganilgan chizmasi chizilgan va ta‟riflangan bo„lishi kerak. Shtreklar 
tubining chizmasini chizish geologik vaziyatning murakkabligiga ko„ra ma‟lum bir 
intervallar oralig„ida (3-5 m.) amalga oshiriladi. Kelajakda inshootlarga oid 
chizmalar geologik planni to„ldirish va aniqlash uchun daliliy material hisoblanadi. 
Hujjatlashtirish bilan birga bir vaqtda namunalash va namuna olish amalga 
oshiriladi. 
7.3-rasm. Shtok shipining chizmasi. 
1-ma’dan tanasi (xol-xollik); 2-yalpi ma’dan tanasi; 3-qamrovchi tog‘ jinslari; 
4- namuna olish joyi va tartib raqami;5-kichik namunaning olinish joyi va uning 
tartib raqami. 



56


Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling