Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Kanavalarni vazifasiga ko„ra turlicha hujjatlashtirish mumkin. Tog„ jinslari-
ning ma‟danli komplekslaridan yo„nalishga ko„ndalang o„tuvchi kanavalarda 
(magistral kanavalarda) odatda faqat kanava tubi bo„yicha ma‟dan tanalari 
kesishgan vaziyatlarining chizmalari chiziladi. Ma‟dan tanasining yo„nalishi 
bo„yicha o„tuvchi kanavalar tubining chizmasini chizish yetarlidir. Yuzadagi 
ma‟dan tanalari murakkab tuzilgan ba‟zi bir holatlardagina kanava tubi va 
bo„ylama devorlaridan birining chizmasi chiziladi. Kanavaning ikkala devoridagi 
bo„shoq hosilalar foydali qazilma ekanligi aniq bo„lganda hujjatlashtirish zarur. 
Kanava chizmasining misoli 7.1-rasmda ko„rsatilgan. 
Ariqchalarni geologik hujjatlashtirish tayyorgarlik ishlaridan boshlanadi. 
Buning uchun ariqchaning devori bo„yicha yoki tubi bo„yicha shnur-oriyentir yoki 
o„lchov lentasi tortiladi. So„ngra ariqchaning gabaritlari o„lchanadi va kerakli 
masshtabda ariqchaning plani chiziladi. 



53

7.1-rasm. Ma’dan tanasini 
ochuvchi kanavaning 
yoyilgan holati. 
1-o‘tirindilar; 2-
buzilgan porfirit; 3-zich 
porfirit; 4-ma’dan tanasi; 
5- ma’dan tanasining 
yemirilishi. 
Hujjatlashtirish intervallar bo„yicha yoki qatlamlar bo„yicha birin-ketin olib 
boriladi. Tog„ yon bag„irlari bo„yicha tik o„tilgan ariqchalar pastdan yuqoriga 
qarab xujjatlashtiriladi. 
Ariqchalar hujjatlashtirishga tayyor bo„lgach bajariladigan operatsiyalarning 
tartibi quyidagicha: ariqchani tavsiflash, namunalar olish, o„lchovlar bajarish
rasmini chizish, fotosuratga olish, ariqchani reestrga kiritish. Ariqchani tavsiflash 
deganda u kesib o„tgan va ochilgan geologik kesimning ta‟rifi tushuniladi. Bu 
geologik kesimni tashkil etuvchi tog„ jinslarini hammasi alohida-alohida 
ta‟riflanadi. Ariqchaning rasmini chizishda ochilgan ariqchaning devorlari va tubi 
bo„yicha rasmi chiziladi. Odatda ariqchaning tubi va uzun devorlaridan birining 
rasmi chiziladi. 
Ammo, ariqcha yo„nalishi tog„ jinslari yo„nalishiga ko„ndalang bo„lsa, ikkala 
uzun devorda bir xil geologik kesim kuzatiladi. Lekin, ariqcha murakkab geologik 
kesimni ochgan bo„lsa, u holda ariqcha tubi, ikkala uzun devor va ikkala kalta 
devorlarining rasmi ham chizilishi mumkin. 
Ariqchalarni hujjatlashtirishda keng ko„lamda fotografiyadan foydalanish 
mumkin. Buning uchun ariqchaning fotosuratga olinadigan yeri yaxshilab 
tozalanishi kerak. 
Ariqchalar reestrida ularning nomeridan, joyidan va yo„nalishidan tashqari, 
ariqchalarning kattaligi (o„lchamlari), namunalar soni, namunalarni tekshirish 
natijalari va boshqa ma‟lumotlar ko„rsatiladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling