Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Eng kam mehnat, moddiy hamda vaqt sarflari tamoyili


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Eng kam mehnat, moddiy hamda vaqt sarflari tamoyili qo„llanganda 
qidirish tog„ inshootlari, namunalar va tadqiqot turlarning soni juda kam, biroq 
qidirish vazifalarini yechish uchun yetarli bo„lishiga erishiladi. Shu bilan birga 
geologik-qidirish ishlari qidirishning boshqa tamoyillarini buzmagan holda qisqa 
muddatlarda amalga oshirilishiga zamin yaratiladi. 
Qidirishning yuqorida tilga olingan hamma tamoyillari bir-biri bilan 
mustahkam o„zaro aloqadordir. Ular to„g„ri qo„llanilganda geologik qidirish 
jarayonini samarali amalga oshirish ta‟minlanadi. 
Yuqorida sanab o„tilgan tamoyillar bir qator qidirishning texnik vositalarini 
ma‟lum tizimga solishni talab qiladi. 
Qidirish tizimi deyilganda qidirishning texnik vositalarini xaritalarda 
mo„ljallangan kesimlari va planini tuzish imkonini beruvchi, foydali qazilmaning 
sanoat zaxiralarini hisoblash uchun zarur namunalashni o„tkazishni ta‟minlovchi 
qidirish vositalarining makonda joylashishi tushuniladi. Uning uchta guruhi 
mavjud: 
1) burg„ilash tizimi; 
2) tog„ inshootlari tizimi (6.1-6.4-rasmlar); 
3) tog„ inshootlari-burg„ilash tizimi (6.5-6.6 rasmlar). 
Kon lahimlari va burg„i quduqlarining oqilona uyg„unligidagi kon-burg„ilash 
qidirish tizimlari qidirish amaliyotida juda keng qo„llaniladi. Foydali qazilma 
xossalarining o„zgaruvchanlik darajasiga ko„ra bitta tizimda kon lahimlari, 
boshqasida burg„i quduqlari ustunlik qiladi. 
Qidirishning biror bir tizimini va texnik vositalarni tanlashni aniqlovchi eng 
asosiy geologik omillariga konning shakli va kattaligi, shuningdek foydali qazilma 
sifatining o„zgaruvchanligi va harakteri mansubdir. Kon yotishining kon texnik 
sharoitlari - qamrovchi tog„ jinslari harakteri va suvliligiga ko„ra qidirishning u 
yoki bu texnik vositalari uchun uning qulayligi katta rol o„ynaydi. 
Qidirilayotgan kon hududidagi umumiy geografik-iqtisodiy vaziyat, xususan 
transport imkoniyatlari, energetik baza, suv resurslari, iqlimiy sharoitlar, shaxtani 
mustahkamlash uchun ishlatiladigan yog„ochning mavjudligi katta ahamiyatga ega. 
Qidirishning eng oqilona tizimini tanlashda texnik iqtisodiy-ko„rsatkichlar va eng 
avvalo, foydali qazilma narxiga kiritiladigan qidirish inshootlarining bahosi katta 
ahamiyatga ega. 
Ushbu tamoyil va tizimlar asosida olib boriladigan qidirish ishlari vaqtida, 
qidirishning barcha texnik vositalari ma‟lum belgilangan qonuniyatlarga tayanib
hudud yoki uchastkaning sxematik geologik xaritalariga masshtab asosida 
muntazam ravishda geologlar tomonidan tushurib boriladi. Bu esa qidiruv ishlari 
qanday olib borilayotgani, ma‟dan tanalarining yo„nalishi qay tomonga o„zgarib 
borayotganini nazorat qilib borish imkonini beradi. Bunda ushbu texnik vositalar 
loyihaviy yoki amalda o„tib bo„lingan bo„lishi mumkin. Xaritalarga tushiriladigan 
bu qidirish inshootlari relyefda yoki yer ostining qaysidir gorizontida bo„ladi. 
Shunga ko„ra bunday xaritalarni gorizont plani, kanava, shurf, burg„i qudug„i yoki 
yer osti kon lahimlarining plani (rejasi) deb atash mumkin. Bu planda asosiy 
e‟tibor qidirish vositalarida amalga oshiriladigan hujjatlashtirish va namunalash 
ishlariga qaratiladi. 



41


Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling