Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

 
Yer usti inshootlari 
Kopush (zakopushka) 0,6 m.gcha chuqurlik va 0,16-0,24 kvadrat metr kesimli 
uncha katta bo„lmagan o„rasimon lahim. Kopushning vazifasi tadqiq qilinayotgan 



36

tog„ jinslarining yuzasini bevosita kuzatish yoki namuna olish uchun ochishdan 
iborat. 
Yorma (raschistka) - tub tog„ jinslarini ochish yoki ulardan nuragan qatlamni 
olib tashlash uchun qo„llaniladigan noto„g„ri shakldagi oddiy inshoot. 
Yormalardan daryo, ko„l, soylarning tik qirg„oqlarida tub tog„ jinslarini, 
shuningdek karyer bortlarini ochish uchun foydalaniladi). Odatda undan geologik 
xaritalar tuzishda va izlashda qo„llaniladi. 
Ariq (kanava) va handaqlardan uncha katta bo„lmagan qalinlikdagi (3-5 m.) 
bo„shoq tog„ jinslari bilan yopilgan foydali qazilma konlarini qidirishda va 
izlashda foydalaniladi. Ariqning kengligi 0,8-1,5 m., chuqurligi 1-3 m., uzunligi 10 
m.dan 1000 m.gacha (magistral ariqlar), handaqning kengligi 3 m., chuqurligi 6 
m.gacha, uzunligi 8-40 m.gacha o„zgarib turadi. Ariq va handaqlarning qiyaligi 
tog„ jinslari mustahkamligi va ular joylashgan hududning relyefiga ko„ra 
aniqlanadi. Ular tog„ jinslarining azimut yo„nalishiga ko„ndalang yo„nalishda 
o„tiladi. Mustahkam tog„ jinslaridan zovur va handaqlar mustahkamlagichsiz 
o„tiladi. Ariq va handaqlarni o„tishda maxsus qazuvchi asboblar va boshqa 
mexanik vositalardan foydalaniladi. 
Dudka - diametri 1,5 m.gacha bo„lgan dumaloq kesimli vertikal (tik) inshoot. 
Dudkalar quruq yoki biroz suvli mustahkam tog„ jinslaridan o„tiladi. Odatda 
ularning chuqurligi 10-15 m., ba‟zan bundan ko„p bo„lishi mumkin. 
Shurf - kvadrat yoki to„g„ri to„rburchakli kesimga ega, katta qalinlikdagi 
cho„kindi hosilalar ostidagi tub tog„ jinslarini yoki ma‟dan tanalarini ochish uchun 
mo„ljallangan tik inshoot. Eng ko„p qo„llaniladigan shurf kesimlari: 10 - 20 m. 
chuqurlikkacha 1,25 x 1,0 = 1,25 m
2
., 30 - 40 m. chuqurlikkacha: 1,60 x 1,0 = 1,50 
m
2
. yoki 1,60 x 1,25 = 2 m
2
.gacha o„tiladi. Shurflar ham tog„ jinslarining qattiqligi 
va sharoitga qarab qo„lda maxsus kavlovchi asbob uskunalar yoki maxsus 
texnikalar yordamida qaziladi. Lozim topilsa portlatish usullari amalga oshiriladi 
va bunda shurflarni shamollatish uskunalari o„rnatiladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling