Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Minerallashgan nuqta – o„lchamlari va sifati jihatdan sanoat talabiga javob 
bermaydigan ma‟dan namoyoni. 
Ma‟dan namoyoni – faqat sifat jihatdan sanoat talablariga javob beradigan 
foydali qazilmaning tabiiy to„plami. 
Foydali qazilma – hozirgi paytdagi iqtisodiy, texnik va texnologik nuqtayi 
nazardan xalq xo„jaligining biror bir sohasida ishlatishga arziydigan mineral 
modda. 
Foydali qazilma koni – foydali qazilmaning son va sifat jihatdan sanoat 
talablariga javob beradigan foydali qazilmaning tabiiy to„plami. 
Ma‟danli maydon – bir yoki bir nechta foydali qazilma koni yoki ma‟dan 
namoyoni joylashgan hudud. 
Ma‟danli provinsiya – bir qancha ma‟danli maydonlarni o„z ichiga oladigan 
hudud. 
Amaliy ishni bajarish tartibi 
Qidirish ishlarining loyihalari tuzilganda dastlab tog„ jinslarining yotish 
elementlari aniqlab olinishi zarur. Bu esa kelgusida yuzaga keladigan bir qator 
muammolarni hal etish, qidiruv chiziqlari va ularda qidirishning texnik vositalarini 
o„rnatish ishlarini tashkillashtirishda asos vazifasini o„taydi. Tog„ jinslarining 
yotish elementlariga quyidadilar kiradi: 
- tog„ jinslarining yo„nalish azimuti (azimut prostiraniya)
- tog„ jinslarining yotish azimuti (azimut padeniya)
- tog„ jinslarining yotish burchagi (ugol padeniya). 
Bu yotish elementlari barcha dala materiallari va hujjatlashtirish ishlarida 
ko„rsatilishi shart. Bu elementlar dalada geologik tog„ kompasi bilan aniqlanib
geologik xarita va xujjatlarda transportyor yordamida tushuriladi. 
Shunga ko„ra, amaliy ish vaqtida barcha talabalar o„zlariga berilgan variant 
asosida sxematik geologik xaritada qidiruv chizig„i yani profil o„tkazadilar. 
Berilgan topshiriqqa ko„ra sxematik xaritada hali chegaralanmagan tog„ 
jinslarining yo„nalish azimuti keltirilgan. 
Sxematik xaritada qidiruv chiziqlarini o„tkazish quyidagicha amalga oshiriladi: 
Masshtab tanlangach, sxematik xaritada keltirilgan yo„nalish azimuti asosida 
qidiruv chiziqlari (profil) o„tkaziladi (3.2-rasm). Dastlab transportyor yordamida 
sxematik xaritaning istalgan nuqtasidan tog„ jinslarining azimut yo„nalishi va 
azimut yotishi topiladi. Misol tariqasida 18 – variantni ko„rib chiqamiz. Bu 
variantda tog„ jinslarining yo„nalish azimuti Az. 350
o
ko„rsatilgan. Shu qiymatga 
90 raqamini qo„shamiz yoki ayiramiz (350 ± 90). 



24

3.2 – rasm. Sxematik topografik xaritada profillar o‘tkazish sxemasi 



25

Bunga sabab, tog„ jinslarining yo„nalish azimuti yotish azimutiga ko„ndalang 
yo„nalishda bo„lishidir. Bajarilgan amal natijasida tog„ jinslarining yotish azimuti 
aniqlanadi, biroq bu amal tog„ jinslarining aniq qaysi tomonga yo„nalganini 
aniqlamaydi. Bunga sabab tog„ jinslarida yotish burchagining turlicha bo„lishidir. 
Ayrim hududlarda tog„ jinslarining yotish elementlarini aniqlash imkoni 
bo„lmasligi mumkin. Chunki o„rganilayotgan hudud strukturasida bir vaqtlar 
keskin tektonik o„zgarishlar kuzatilgan bo„lishi mumkin. Bundan tashqari tog„ 
jinslari yoki foydali qazilmalarning morfologiyasi ham turlicha bo„ladi. 
Chiqadigan qiymat qo„shish amali bajarilganda, ya‟ni 350

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling