Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Iqlim mezoni. Iqlim mezoni iqlim sharoiti bilan mineral paydo bo„lishi 
jarayonlarining bog„liqligini ko„rsatadi. Shuningdek, katta maydonlarda cho„kindi 



15

paydo bo„lish bilan cho„kindi to„planishi sharoitlari aniqlanadi. Nam iqlim 
rayonlari oltin, platina, olmos va ayrim og„ir metall sochilma konlari, boksit, 
kaolin, temir, marganets ma‟danlari, ko„mir konlarining paydo bo„lishi juda qulay 
sharoit hisoblanadi. Quruq iqlimli rayonlarda esa cho„kindi mis ma‟danlari, 
qo„rg„oshin, ruх, gips, galit, kaliyli tuz, flyuorit, borit, bromlar paydo bo„ladi deb 
taхmin qilish mumkin. 
Stratigrafik mezoni muayyan hududlarda ma‟lum bir foydali qazilmalarning 
ma‟lum bir stratigrafik qatlamlarda joylashish qonuniyati mavjudligidir. 
Ko„pchilik hollarda bunday qonuniyatlar hududiy хarakterga egadir, ya‟ni bu 
qonuniyatlar faqatgina ma‟lum hududlar chegarasida amal qiladi. Bu mezon 
cho„kindi va nurash zonasi (qoldiq) konlari uchun muhim ahamiyatga ega. 
Stratigrafik mezon ko„mir, yonuvchi slanes, galogenid tuzlar, fosforit, temir, 
marganes, alyuminiy kabi cho„kindi konlar uchun katta ahamiyatga ega. Ko„pgina 
foydali qazilmalarning paydo bo„lish tariхini o„rganish orqali yer po„stining 
vujudga kelish jarayonida ular uchun juda qulay davr aniqlangan. Masalan: temir 
zaхirasining 90% dan ortig„i dokembriy davrida sodir bo„lgan jarayonlar bilan 
bog„liq. Demak ularni dokembriy davri yotqiziqlaridan qidirish lozim. Ko„mirning 
to„planishi toshko„mir, perm, yura, paleogen davrlariga to„g„ri keladi. Ayrim 
cho„kindi konlarning paydo bo„lishida cho„kindi to„planishida sodir bo„ladigan 
tanaffusning o„rni juda katta. Masalan, Uralning sharqiy yonbag„rida tarqalgan 
boksitlar va ayrim fosforit, oltin sochilma konlari transgressiya zaminiga 
joylashgan. Sanoatga yaroqli slyudali pegmatitlar eng qadimiy qatlamlarda 
tarqalgan. 
O„rta Osiyoning paleogen davri yotqiziqlarida yonuvchi slaneslar joylashgan. 
Mezozoy erasining bo„r va paleogen davri yotqiziqlarida infiltratsion uran konlari 
joylashagan. Toshkent viloyati (Chotqol va Qurama tog„larida) hududidagi oltin 
konlari toshko„mir davriga mansub vulkanogen jinslarda joylashagan. Markaziy 
Qizilqumning oltin konlari quyi paleozoy yotqiziqlarida (asosan besapan svitasi va 
uning analoglari) joylashgan. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling