-
17
-
Ishqorli intruziv jinslarda esa neobiyning katta karbonatit konlari ma‟lum.
Agar daykaning ma‟dan uyumlari bilan fazoviy bog„liqligi aniqlansa, unda
endogen ma‟danlarni qidirishga ancha yordam beradi.
Metamorfogen mezon. Tog„ jinsi qatlamlari
yer pustining rivojlanishi
jarayonida metamorfizmga uchraydi. Harorat va bosimning o„zgarishi natijasida
metamorfizmga uchragan tog„ jinslarida yangi metamorfogen konlar paydo
bo„ladi.
Flogopit, grafit, temirli kvarsit, marmar, island shpati,
granat kabi
konlarning paydo bo„lishi metamorfizm bilan bog„liq. Metamorflashgan va
metamorfogen konlarning yondosh jinslari uchun o„ziga хos o„zgarishlar
xarakterlidir.
Masalan, o„ta asos jinslarning - serpentinlanishi, gneysning -
grafitlanishi, ohaktoshning - marmarlanishi qidirish mezonlari bo„lishi mumkin.
Bunday o„zgarishlar faqat regional metamorfizm ta‟siridagina sodir bo„lmasdan,
chuqurlikdagi magma ta‟sirida ham sodir bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: