Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

III. Yonuvchi foydali qazilmalar: gaz, neft, yonuvchi slaneslar, torf, ko„mir. 
3. Genetik tamoyil – bunda konlar hosil bo„lish sharoitiga qarab tavsiflanadi. 
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib foydali qazilma konlarini o„rganish alohida bir 
fan darajasiga aylanib, bu fanni chuqur o„rganish, konlarning kelib chiqishiga 
qarab tavsiflash imkonini yaratdi. Bu tavsiflashni genetik (konlarning hosil bo„lish 
shart-sharoitlari va uning yer bag„rida tarqalish) tavsiflash deyiladi. 
Konlarning genetik tavsiflashni yaratishda juda ko„p olimlar ish olib borganlar. 
Keyingi yillar ichida V.I. Smirnov ma‟lum tavsiflashlarni umumlashtirib o„zining 
yangi ilmiy tavsifini yaratdi (1965). V.I. Smirnov hamma konlarning hosil bo„lish 
jaroyonlarini uchta katta seriya (endogen, ekzogen va metamorfogen) ga bo„ladi. 
Endogen seriyasiga kiruvchi konlarning hosil bo„lishi yer qobig„ining chuqur 
qismlarida bo„lib o„tadigan jaroyonlar bilan bog„liq bo„ladi. Endogen seriyasida 5 
guruh (magmatik, pegmatit, karbonatit, skarn, albit va greyzen, gidrotermal) 
konlari, bu konlar ichida esa 14 sinf-konlar ajratiladi. Keyngi vaqitda bu seriya 
konlar tarkibida yangi kolchedan konlar gruppasi ham ajratilmoqda. 
Ekzogen seriyasiga kiruvchi nurash va qoldiq konlar bo„lib, bularning 
birinchisiga 3 guruh va (qoldiq-sizma, sochma va cho„kindi konlari) konlarning 
paydo bo„lish yer qobig„ining yuqori qismida sodir bo„ladigan geologik, meхanik 
geokimyoviy jaroyonlar bilan bog„lanadi. Bu 3 guruhning ichida esa 11 sinf-konlar 
ajratiladi. 
Metamorfogen seriyasidagi konlar esa yer bag„rida sodir bo„ladigan 
o„zgarishlar mahsuli hisoblanadi. Bu seriyada 2 guruh (metamorflangan va 
metamorfik) konlari ajratiladi. 
Foydali qazilma konlari hosil bolishini o„rganishning asosiy maqsadi shu 
konda ish olib borishni asoslash va kondagi qidirish mezonlarini ishlab chiqishda 
ilmiy asoslangan bilimlarni belgi sifatida foydalanishdan iborat. Foydali 
qazilmalarni qidirishda olib boriladigan ishlarni belgilangan nuqtalarda olib 
borishda qidirishning mezonlari ahamiyatlidir. 
Foydali qazilma konining u yoki bu turini topish imkoniyati borligini 
ko„rsatuvchi har qanday geologik bilimlar qidirish mezoni hisoblanadi. Amalda 
quyidagi qidirish mezonlarini ilmiy asoslash mumkin: 
Iqlim, stratigrafiya, fatsial-litologiya, struktura, magmatogen, metamorfogen, 
tog„ jinsining ma‟dan oldi o„zgarishi, geokimyoviy, geomorfologik, geofizik va 
boshqa mezonlarni ajratish mumkin. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling