Tog jinslarining burg'ulanuvchanligi bo'yicha sinflanishi. Reja: Kirish
Download 27.59 Kb.
|
BURG\'ULANUVCHANLIK MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Jins yemiruvchi asboblarning tasnifi.
Tog jinslarining burg'ulanuvchanligi bo'yicha sinflanishi. Reja: Kirish Asosiy qism 1. Burg‘ilarning qо‘llanilishi va ularning tavsifi. 2. Parrakli burg‘ilar. 3. Sharoshkali burg‘ilar. 4. Jins yemiruvchi asboblarning tasnifi. Xulosa Foydanilgan adabiyotlar Burg‘i – bu ishchi uskuna hisoblanib, jinslarni parchalash (yemirish) va quduqlarni burg‘ilash jarayonida tubini chuqurlashtirish vazifasini amalga oshiradi. Tog‘ jinslarining fizik- mexanik xossalariga bog‘liq ravishda burg‘i har xil samara beradi. Bir xil jinslar zarba yoki maydalash natijasida yaxshi parchalanadi, boshqasi esa qirqish yoki siljitishda, uchinchisi aralash harakatlarda yaxshi parchalanadi. Qattiq tog‘ jinsini katta yemiruvchi kuchlanishli burg‘i yordamida burg‘ilash; yumshoq bir jinsli uchun – siljituvchi – parchalovchi kuch va uzun о‘tkir tishli burg‘i va hokazolar qо‘llaniladi. Qо‘llanilishi bо‘yicha burg‘ilar uchta turga bо‘linadi: 1) yaxlit burg‘ilovchi burg‘ilar–quduqning tubini radial yuzasi bо‘yicha yemiradi; 2) kolonkali burg‘i–kern olish uchun quduq о‘rta qismini qoldirib burg‘ilash; 3) maxsus ishlar uchun burg‘i–tizmadagi sement toshini, qiya ustunni, quduqning qiyshiqligini tо‘g‘rilashda, quduqning ustunini kengaytirishda qо‘llaniladi. Yaxlit va kolonkali burg‘ilashda qо‘llaniladigan burg‘ilar chuqur quduqlarni burg‘ilash uchun mо‘ljallangan. Bu turdagi burg‘ilar har xil turda ishlatiladi va ularning ichidan kerakli о‘lchamdagi burg‘ilarni tanlash mumkin. Maxsus turdagi burg‘ilar–burg‘ilangan quduqlarni qayta burg‘ilash, kengaytirish, yon devorlarni tiklash va quvurlarni о‘rnatish uchun qо‘llaniladi. Bu turdagi burg‘ilar texnik sharoitga muvofiq, maxsus institut va zavodlar tomonidan tayyorlanadi. Mustahkamlash quvurlarining о‘lchamlariga muvofiq, burg‘ilar quyidagi о‘lchamlarda ishlab chiqariladi: Hozirgi paytda ikki parrakli (2l) va uch parrakli (3l) yuqori qismi qulf rezbali burg„ilari bо„lib burg„ilash tizmasi yoki tub dvigateli bilan biriktiriluvchi, pastki qismidagi ikki va uch parraklar bir biri bilan 180 va 120 burchak ostida joylashtirilgan bо„ladi (19.1-rasm). Ikki parrakli (2l) burg`i bir-butun, uch parrakli (3l) burg`i esa payvandlangan holda tayyorlanadi. Shtampali parraklar butun korpusga birbutun tegib turish konturi bо„yicha payvandlanadi. Parrakli burg`ilarning zamonaviy konstruksiyalariga, ikki va uchta yuvuvchi teshiklar о„rnatilgan bо„lib, burg„ulash tizmasidan yо„naltirilgan yuvuvchi suyuqliklarini tо„g„ridantо„g„ri quduq tubiga yetqazib beradi. Burg`ilarning teshiklari oralig„i 2/3 R kattalikda parmalanadi. Yuvuvchi teshiklarning bunday teshilishi, undan keladigan suyuqliklar parraklar harakatining oldi qismiga tushib, quduq tubidagi maydalangan jinslarni tozalashga imkoniyat yaratadi. Shu bilan birgalikda parraklar yuvilib turadi va yopishgan zarrachalarni xam quduq tubidan uzoqlashtiradi. Yaxlit burg„ulash uchun uch sharoshkali seksiyali burg`ilar seriyali holda ishlab chiqariladi. Bu sharoshkalar bir biriga payvandlash yо„li bilan biriktiriladi. Payvandlangandan keyin burg`ining yuqori qismiga rezba chiqariladi va 2 ta yuvuvchi teshik bilan ta‟minlanadi. Hozirgi paytda konstuksiyasi va joylashuvi, jins yemiruvchi elementlari sharoshka tayanchi konstruksiyalari bir-biridan tubdan farq qiladigan 13 turdagi uch sharoshkali burg`ilar ishlab chiqariladi. Burg„ilar ishining samaradorligi asosan quduq tubidagi parchalangan jinslarni yuvilishiga bog„liqdir. Burg„ilangan jinslarning burg„i osti qismida tо„planib qolishiga va qaytadan maydalanib ketishiga yо„l qо„yilmaydi. Burg„ining samarali ishlashi uchun yuvuvchi teshikning konstruksiyasi va joylashuv о„qi qulay holda joylashtiriladi. Uch sharoshkali burg„ilarda tik markazi bо„yicha joylashtirilgan yuvuvchi teshikli turi amalda kо„proq qо„llaniladi va undan uzatilgan yuvuvchi eritmalar har bir seksiyadagi aylana shaklidagi teshiklarga uzatiladi. Burg„ilashda yuvuvchi eritmalar sharoshkalarga yopishib qolgan jinslarni yuvadi, sharoshkalarni va tayanchlarni sovutishni ta‟minlaydi. Lekin suyuqlik 158 oqimining zarbali harakatidan burg„ilangan jinslarni yuvishda unumli foydalanib bо„lmaydi. Keyingi yillarda yon tarafdan yuvuvchi uch sharoshkali burg„ilardan kо„proq foydalanilmoqda. Bu burg„ilarning afzalligi shundaki, yuvuvchi teshikdan eritmani tо„g„ridan-tо„g„ri quduqning tubiga yо„naltiradi, sharoshkalarni samarali sovutadi. Tog„ jinslarini gidravlik-dinamik kuch bilan yuvadi. Oqimning tezligi nasosning quvvati, gruntlarning fizik- mexanik xossasiga bog„liq holda tanlanadi va u 120- 125 m/s ni tashkil qiladi. GOST 20692-75 ga muvofiq sharoshkali burg„ilar uchta turda tayyorlanadi: bir sharoshkali–I, ikki sharoshkali -II va uch sharoshkali-III. Uch sharoshkali burg„ilar kengroq qо„llaniladi (19.2-rasm). Yuvish teshiklarini va havo haydaydigan kanallarning joylashishi va konstkursiyasiga muvofiq burg„ilar quyidagicha tayyorlanadi: markaziy yuviladigan-S, yon gidravlik monitor yuviladigan-G, markaziy havo haydaladigan-P, yon tomonga haydaydigan-HG. Gidravlik monitorli burg„ilar almashtiriladigan kiydirma quvurli turlarda ishlab chiqariladi, burg„ida yuvish kanalining ostki qismining uyasi hisoblanadi va unga chidamli materialdan tayyorlangan yangi kiydirma quvur о„rnatiladi. Bunday holatda burg„ida ishlatish davomida ishdan chiqqan kalta quvurchalarni almashtirish mumkin bо„ladi. Sharoshkaning tayanchlari quyidagicha: tebratma podshipnik-V, bitta podshipnik sirpanuvchi (qolganlari tebranuvchi)-N, bitta podshipnikka sirpanuvchi zichlama halqa bilan germetiklangan va moylash uchun rezervuarli-NU, ikkita podshipnik sirpanuvchi va kо„p germetikli AU. Hozirgi paytda tog„ jinslarini parchalashda quyidagi turdagi uch sharoshkali burg„ilarni qо„llash tavsiya etiladi. Burg„ilash usuliga bog„liq holda amaliyotda har xil turdagi burg„ilash rejimlari ishlab chiqilgan. Burg„ilash amaliyotida uch sharoshkali burg„idan tashqari ikki va bir sharoshkali burg„ilar ham qо„llaniladi. Ikki sharoshkali burg„ilar ajratilmaydigan konstruksiyali bо„ladi, ikkita seksiya bir-biriga payvandlanadi. Ikki sharoshkali 159 burg„i – gidravlik-monitor ikkita yon kanalli, unda kiydirma quvurcha almashtiriladi, burg„ilash aralashmasining oqimi yо„nalishi quduq tubiga yо„naltirilgan bо„ladi. SHpurlar (diametri 75 mm gacha va chuqurligi 5 m gacha bo’lgan tsilindrik kon lahimi) va skvajinalar (chuqurligi 5 m dan oshiq va diametri katta yoki har qanday diametrli) hosil qiluvchi kon mashinasiga burg’ulash mashinasi deyiladi.Burg’ulash mashinalari – bu umumiy tushuncha bo’lib, bular qo’l va kolonkali parmalar, burg’ulash qurilmalari, ochiq konlarda va yer ostida ishlatiluvchi burg’ulash stanoklaridir. Burg’ulash stanoklarining asosiy ko’rsatgichlari – burg’ulanayotgan skvajinaning diametri, chuqurligi va qiyalik burchagi hisoblanadi. Burg’ulash stanoklari turini standart skvajina diametrlari belgilab beradi. Konchilik ishlab chiqarishida standart 100, 125, 160, 200, 250, 320 va 400 mm diametrli skvajinalardan foydalaniladi. Ushbu diametrdagi skvajinalarni burg’ilash uchun GOST bo’yicha quyidagi stanoklar ishlab chiqarilgan.SBSH – sharoshkali dolotali aylantirib burg’ilovchi stanok. Maydalangan kon jinslari havo yordamida chiqaziladi. SBSH stanoklarining beshta modeli ishlab chiqarilgan bo’lib nominal diametri 160 mm dan 400 mm gacha skvajinalarni burg’ilashga mo’ljallangan. Ishlatilish ko’lami – kon jinsinnig qattiqligi f = 6-18.Hozirgi vaqtda aylantirish bilan burg’ilovchi stanoklarning SBSH-200, SBSH-250, SBSH-320 va SBSH-400 (Rossiya) kabi turlari keng ko’lamda ishlatilmoqda. SBSH-200 stanogining 4 ta modeli 215 va 244 mm diametrdagi skvajinalarni burg’ilash uchun ishlatilmoqda. Bu stanoklar 2SBSH-200-32, 2SBSH-200-40; 4SBSH-200-40 va 3SBSH-200-50 (oxirgi sonlar stanokning burg’ilash chuqurligi (metrda) ni ifodalaydi). SBSH-250 stanogining ikkita turi mavjud: SBSH-250 MNA-32 va SBSH-250-55, Burg’ilaydigan skvajinalari diametri 244 va 269 mm. Diametri 320 mm va chuqurligi 36 m gacha bo’lgan veritkal skvajinalarni burg’ilash uchun SBSH-320 stanoklari xizmat qiladi. Ko’pchilik stanoklar burg’ilash stavini skvajina zaboyiga 300 kN, 2SBSH-200-32 stanogi – 250 kN gacha, SBSH-250-55 stanogi – 350 gacha va SBSH-320 stanogi – 600 kN gacha kuch bilan uzatishni ta’minlaydi.Barcha stanoklarda skvajinani tozalash uchun vintli kompressorlar bilan ta’minlangan va gusenitsali yurish organiga ega. Stanoklarning massasi 50 t dan 110 t gachani tashkil etadi.SHaroshkali burg’ilash stanoklarining printsipial tuzilishini SBSH-250MNA-32 (13-rasm) misolida ko’rib chiqamiz.Stanok mashina bo’limi 5, gusenitsali yurish organi 8, kabel barabani 7, machta 3 va uni qotirish uchun tayanchlar 2 dan tashkil topgan.ishchi organining barcha uzellari machtaga joylashtirilgan. Ulardan asosiylari: aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizm, shtangalar kassetasi va shtangalarni qotiruvchi-echuvchi mexanizm.Stanokni ko’chirishda machtani tushirish uchun ikkita gidrodomkrat 4, stanokni ishlatishda machtani ko’tarish uchun uchta 6 gidrodomkrat xizmat qiladi. Stanokning chap tomonida mashinist kabinasi 1 joylashtirilgan. Mashina bo’limida moy stantsiyasi, skvajinalarga suv beruvchi nasos va siqilgan havo beruvchi vintli kompressor joylashgan.Stanokning afzalliklari: stanokning tristorli yuritmali aylantirgichi, kompressor unumdorligini avtomatik moslashtirish tizimi, burg’ilash shtangalarini yechish va qotirish mexanizmlari yordamida burg’ilash stavini ishlatishni qo’l mehnatisiz mashinist kabinasida bajarish imkonini beradi.Quyidagi yetakchi xorijiy firmalarda sharoshkali burg’ilash stanoklarining 80 ga yaqin modellari ishlab chiqariladi: «Djoy», «Marion», «Byusayrus Iri», «Ingersol Rend» (AQSH), «Sandvik» (Finlandiya), «Atlas kopko» (SHvetsiya) va boshqalar. SBU stanoklari pnevmozarbbergich bilan jihozlangan bo’lib zarbli-aylanma usulda burg’ilaydi. Bu stanoklarda maydalangan kon jinslari skvajinadan havo yordamida chiqariladi. Ushbu stanoklarning to’rtta turi mavjud bo’lib 100 mm dan 200 mm gacha diametrli skvajinalarni qattiqligi f = 8-20 bo’lgan kon jinslaridan burg’ilaydi.Zarbli-aylantirish bilan burg’ilovchi SBU-100-35 stanogi. SBU-100-35 stanogining (1-rasm) uchta modeli quyidagi indekslar bilan ishlab chiqarilgan: G— gusenitsali, P — pnevmog’ildirakli o’ziyurar va N— salazkaga o’rnatilgan o’ziyurmaydigan.SBU-100-35 stanogi modellarining bir-birlaridan farqlari asosan transport bazalari va chang bostirish tizimidadir. SBU-100N-35 stanogida suv-havo aralashmasi yordamida, SBU-100G-35 va SBU-100P-35 stanoklarida esa yengli filьtr bilan quruq havo yordamida amalga oshiriladi.SBU-100-35 stanoklarining barcha modellarida ishchi organ konstruktsiyasi unifikatsiyalashgan (bir xillashtirilgan) bo’lib, aylantirgich, uzatish tsilindri, yo’naltiruvchi (machta) va burg’ilash snaryadidan tashkil topgan. Stanok ishchi organi qiya burg’ilash uchun ramaga sharnirli biriktirilgan. Stanokni siqilgan havo bilan ta’minlash uchun ko’chma kompressor stantsiyasi yoki kar’er siqilgan havo tizimidan foydalaniladi. Siqilgan havo kompressorga A2-20 turidani avtomaslenka orqali beriladi. Burg’ilash shtangalari ramada joylashgan stellajga qo’l kuchi yordamida taxlanadi. Stellajning sig’imi 40 dona shtanga.Ko’tarish va tushirish jarayonlari 160 mm diametrli turg’un o’rnatilgan tsilindr 1 ga ega bo’lgan pnevmoporshenli uzatish mexanizmi yordamida bajariladi. Porshen shtok 2 bilan birga 1050 mm yurish o’lchamida pastga 6 kN va yuqoriga 9 kN kuch bilan suriladi. Aylantirgich porshen shtoki 2 bilan bog’langan bo’lib, truba shakldagi yo’naltirgich bo’ylab siljitiladi. Aylantirgich asinxron elektrodvigatel M1 va ikki pog’onali planetar reduktor (2K-N sxemasi bo’yicha) va shpindeldan tashkil topgan. Aylantirgich shpindeliga pnevmozarbbergich bilan birga shtanga ulanadi.SBU-100G-35 stanogining baza modeli qattiqligi f=6-16 bo’lgan kon jinslaridan diametri 100-125 mm va chuqurligi 35 m gacha bo’lgan vertikal va qiya skvajinalarni burg’ilaydi.stanokning f=12 qattiqlikdagi kon massividagi unumdorligi 36m/smena gacha ni tashkil etadi.Stanokda K-105K va K-125K koronkalari hamda P-105K va P-125K pnevmoudarniklari ishlatiladi.Stanokning yurish uskunalari ikkita gusenitsali telejkadan tashkil topgan. Har bir gusenitsa quvvati 5,5 kVt li elektr yuritma bilan ta’minlangan. Stanok tashqaridan pulьt yordamida boshqariladi.SBU-100P-35 stanogi SBU-100G-35 stanogining modifikatsiyasi hisoblanadi. Uning yurish qismi – payvand orqali qurilgan rama, ikkita bort va pnevmoshinali to’rtta yetaklovchi g’ildirakdan tashkil topgan. Har bir bortning yuritmasi chervyakli reduktor va tishli uzatmalardan tashkil topgan.SBU-100N-35 – o’ziharakatlanmaydigan stanok. Stanok machtasi qo’l lebedkasi yordamida ko’tariladi va metall palьets yordamida tutib turiladi. Stanokning burg’ilash jarayonidagi muvozanatini ta’minlash uchun salazkalariga yuk taxlanadi.SBU-125U-52 zarbli – aylantirib burg’ulovchi stanogi kinematik sxemasiZanjir bilan uzatuvchi shpindelli aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizm 1-rasmda ko’rsatilgan. Burg’ilash stavi 2 ni pnevmoudarnik 3 bilan birga aylantirish uchun ikki tezlikli M1 asinrxron elektrodvigateli xizmat qiladi. M1 elektrodvigateli ikki pog’onali planetar reduktor 3 orqali harakatni uzatadi. Uzatuvchi mexanizm ish va manevr jarayonlariga xizmat qiladi va ikkita tortuvchi vtulka-rolikli zanjir 4, pnevmodvigatel, tishli uzatmalar va yulduzchalardan tashkil topgan. Vtulka-rolikli zanjirning uchlari aylantirgich koromislosiga ulanadi. Zanjir yulduzcha 5 yordamida harakatlantiriladi. Pnevmodvigatel 6 (quvvati 4,4 kVt, aylanish chastotasi 33,3 s-1) yulduzcha 5 ga aylanma harakatni tishli 7 va globoid 8 uzatmalardan tashkil topgan ikki pog’onali reduktor orqali uzatadi. Yulduzcha 9 machtaning yuqorigi qismiga joylashtirlgan. Burg’ilash stavi machtada bo’ylamasiga yo’naltirgich 10 bo’ylab suriladi. Tezlik va uzatish kuchini boshqarish va tartibga solish hamda tezlikni reversivlash (teskariga aylantirish) pnevmodvigatelga havoni uzatish orqali bajariladi. Stanokka siqilgan havo ko’chma kompressor yoki karьer pnevmotizimi orqali uzatiladi.SBR – keskich koronkali aylantirib burg’ilovchi stanok. Maydalangan kon jinslari shnek yordamida chiqaziladi. Ikkita modeli ishlab chiqazilgan bo’lib 123 va 160 mm li skavajinalarni qattiqligi f ≤2-6 bo’lgan kon jinslaridan o’tadi.SBT – reaktiv gorelkali termik burg’ilash stanoklari. Maydalangan kon jinslari par va gaz yordamida chiqaziladi. Bitta modeli ishlab chiqazilgan bo’lib shartli 180 va 250 mm li skavajinalarni qattiqligi f ≥14 bo’lgan kon jinslaridan 16 m gacha chuqurlikkacha burg’ilashga mo’ljallangan.Burg’ilash stanoklari ishchi uskunalari burg’ilash asbobi, machta, machtani ko’tarish va tushirish, shtangalarni saqlash va uzatish, burg’ilash stavini yechish va qotirish mexanizmlaridan tashkil topgan. SHaroshkali stanoklar burg’ilash asbobi burg’ilash shtangasi va sharoshkali dolotadan tashkil topgan. SHaroshkali burg’ilash stanoklarida uchsharoshkali dolota eng ko’p ishlatiladi. Bir va ikki sharoshkali dolotalar chegaralangan doiralarda, ko’p sharoshkali dolotalar esa katta diametrli (490 mm dan oshiq) skvajinalarni hosil qilishda ishlatiladi.Uchsharoshkali doloto sharoshkalar o’rnatiladigan bir-biriga payvandlangan uchta panjadan iborat. Panjalarning yuqori qismi kesik konus shaklida birlashtirilgan bo’lib burg’ilash shtangasini qotirish uchun rezьba hosil qilingan. Dolotaning sharoshkalari va panjalari 20XN3A, 12XN2, 17N3MA po’latlariga ximiyaviy va termik ishlov berish bilan tayyorlanadi. Kolonkali burg„i: har qanday kolonkali burg„i konstruksiyasiga bog„liq bо„lmagan holda quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan: 1. namuna olinadigan jinslarning atrofini parchalovchi burg„ilash kallagi; 2. tashqi korpusi; 3. namunalarning chiqishini ta‟minlovchi-ichki kolonka quvuri; 4. namunalarni ushlagich. Ishlatish qoidasiga muvofiq burg„ilar doimiy kolonkali quvurlar va doimiy bо„lmagan grunt tashuvchi turlarga bо„linadi. Doimiy kolonkali quvurlar bilan namunalar qazilganda ularning chiqarib olish paytida butunlay kolonka chiqariladi. Bu esa ishni samaradorligini pasaytirib yuboradi. Burg„ilar bilan birgalikda grunt tashuvchi olinganda maxsus arqondagi ushlagich yordamida namunalar chiqarib olinadi. Kolonkali burg„ilarning burg„ilash kallagi: parrakli, sharoshkali va olmosli turlarga bо„linadi. Hamma turdagi kolonkali burg„ilar yordamida namunalarni burg„ilash burg„i kallagi yordamida amalga oshiriladi, uzib olish va ushlab olish uchun namuna ushlagich xizmat qiladi. Amaliyotda uch va tо„rt parrakli burg„ilar qо„llaniladi. Burg„ilash kolonkalaridan tо„rt sharoshkali burg„ilash kallagi eng kо„p qо„llaniladi, qattiq va 163 о„rtacha qattiq jinslarga mо„ljallangan bо„ladi. Tо„rt sharoshkali burg„ilash kallagi yechilmaydigan qurilma, uch sharoshkali burg„iga о„xshash, tо„rtta seksiyadan iborat, ular bir-biriga payvandlab biriktirilgan. Burg„ilash kallagi olti sharoshkali ham bо„ladi. Olmosli burg‘ilash kallagining butun qurilmasi olmos bilan jihozlangan, olmosli burg„i kabi quduq tubini butunlay parchalashga mо„ljallangan. Grunt tashuvchi yechilmaydigan burunchali burg„i bilan bir marta burg„ilashda 5-6 m о„tish mumkin. Yechib olinadigan burg„i bilan tog„ jinsini 3-3,5 m burg„ilab о„tish mumkin. Hozirgi paytda quyidagi turdagi kolonkali burg„ilar tayyorlanadi: - qismlarga ajratiladigan grunt tashuvchi va qismlarga ajratilmaydigan (doimiy) kolonkali quvurli, tо„rt sharoshkali, burg„ilash boshchali kolonkali burg„ilar quyidagi diametrlarda tayyorlanadi: 118, 145, 190, 214, 243, 269, 295 va 346 mm - olmosli burg„ilash boshchali kolonkalar: 96, 116,5, 140, 142,5, 185, 188 va 212 mm diametrli о„lchamlarda tayyorlanadi. Kengaytirgichlar. Yaxlit va kalonkali burg„i bilan burg„ilab о„tishda, quduqning diametrini kengaytirishda hamda burg„ilash jarayonini olib borishda burg„ilash asboblarini markazlashtirishda qо„llaniladi. Kengaytirgichlar - ishchi organlarining (sharoshka, parrak va boshqa) tuzilishi, biriktirish usullari (qattiq mahkamlangan, qismlarga ajratiladigan va qо„zg„atiladigan) hamda elementlarining soni va ularni jihozlash bо„yicha tasniflanadi. Hozirgi paytda ikki xil turdagi kengaytirgichlar qо„llaniladi: sharoshkali va parrakli. Uch sharoshkali kengaytirgich eng kо„p qо„llaniladi. Kolonkali burg„i: har qanday kolonkali burg„i konstruksiyasiga bog„liq bо„lmagan holda quyidagi asosiy elementlardan tashkil topgan: 1. namuna olinadigan jinslarning atrofini parchalovchi burg„ilash kallagi; 2. tashqi korpusi; 3. namunalarning chiqishini ta‟minlovchi-ichki kolonka quvuri; 4. namunalarni ushlagich. Ishlatish qoidasiga muvofiq burg„ilar doimiy kolonkali quvurlar va doimiy bо„lmagan grunt tashuvchi turlarga bо„linadi. Doimiy kolonkali quvurlar bilan namunalar qazilganda ularning chiqarib olish paytida butunlay kolonka chiqariladi. Bu esa ishni samaradorligini pasaytirib yuboradi. Burg„ilar bilan birgalikda grunt tashuvchi olinganda maxsus arqondagi ushlagich yordamida namunalar chiqarib olinadi. Kolonkali burg„ilarning burg„ilash kallagi: parrakli, sharoshkali va olmosli turlarga bо„linadi. Hamma turdagi kolonkali burg„ilar yordamida namunalarni burg„ilash burg„i kallagi yordamida amalga oshiriladi, uzib olish va ushlab olish uchun namuna ushlagich xizmat qiladi. Amaliyotda uch va tо„rt parrakli burg„ilar qо„llaniladi. Burg„ilash kolonkalaridan tо„rt sharoshkali burg„ilash kallagi eng kо„p qо„llaniladi, qattiq va 163 о„rtacha qattiq jinslarga mо„ljallangan bо„ladi. Tо„rt sharoshkali burg„ilash kallagi yechilmaydigan qurilma, uch sharoshkali burg„iga о„xshash, tо„rtta seksiyadan iborat, ular bir-biriga payvandlab biriktirilgan. Burg„ilash kallagi olti sharoshkali ham bо„ladi. Olmosli burg‘ilash kallagining butun qurilmasi olmos bilan jihozlangan, olmosli burg„i kabi quduq tubini butunlay parchalashga mо„ljallangan. Grunt tashuvchi yechilmaydigan burunchali burg„i bilan bir marta burg„ilashda 5-6 m о„tish mumkin. Yechib olinadigan burg„i bilan tog„ jinsini 3-3,5 m burg„ilab о„tish mumkin. Hozirgi paytda quyidagi turdagi kolonkali burg„ilar tayyorlanadi: - qismlarga ajratiladigan grunt tashuvchi va qismlarga ajratilmaydigan (doimiy) kolonkali quvurli, tо„rt sharoshkali, burg„ilash boshchali kolonkali burg„ilar quyidagi diametrlarda tayyorlanadi: 118, 145, 190, 214, 243, 269, 295 va 346 mm - olmosli burg„ilash boshchali kolonkalar: 96, 116,5, 140, 142,5, 185, 188 va 212 mm diametrli о„lchamlarda tayyorlanadi. Kengaytirgichlar. Yaxlit va kalonkali burg„i bilan burg„ilab о„tishda, quduqning diametrini kengaytirishda hamda burg„ilash jarayonini olib borishda burg„ilash asboblarini markazlashtirishda qо„llaniladi. Kengaytirgichlar - ishchi organlarining (sharoshka, parrak va boshqa) tuzilishi, biriktirish usullari (qattiq mahkamlangan, qismlarga ajratiladigan va qо„zg„atiladigan) hamda elementlarining soni va ularni jihozlash bо„yicha tasniflanadi. Hozirgi paytda ikki xil turdagi kengaytirgichlar qо„llaniladi: sharoshkali va parrakli. Uch sharoshkali kengaytirgich eng kо„p qо„llaniladi (19.6-rasm). U umumiy Togʻ jinslari tuzilishi - mineral va mineral agregatlaridan iborat togʻ jinslarining tuzilish tavsifi. "Togʻ jinslari tuzilishit." umumlashma termin boʻlib, togʻ jinslarining strukturasi va teksturasi tushunchasini oʻz ichiga oladi. Struktura minerallarning oʻlchami, shakli va oʻzaro joylanishi bilan aniklanadi; tekstura togʻ jinslarining yirikroq tarkibiy qismi (mineral agregatlar)ning umumiy hamda boʻshliqsa joylashish xususiyatlari bilan aniklanadi. Magmatik togʻ jinslarining tuzilishi. Magmatik togʻ jinslarining strukturam magmaning tarkibi va uning sovish sharoitlariga bogʻliq. Otqindi, tomir va effuziv jinslarda ular turlicha boʻladi. Otqindi jinslar uchun toʻliq kristalli strukturalar xos boʻlib, unda jinslarning barcha moddalari qayta kristallanadi. Magma tarkibida uchuvchi komponentlarning boʻlishi kristallanish trasini pasaytiradi va magmaning qayishqokligini kamaytiradi, bular esa kristallizatsiya jarayonini toʻliq boʻlishiga sabab boʻladi. Shuning uchun, nordon magmaning chuqur sharoitda, uchuvchi komponentlarni saqlagan holda sekin sovishi toʻliq kristallangan donador jinslar (mas., granit) hosil boʻlishiga olib keladi. Idiomorfizmning turli darajadagi jins hosil qiluvchi minerallar yigʻindisi boʻlgan strukturalar — gipidiomorf donadorli (granit, siyenit va dioritlar) deyiladi. Eritmadan bir vaqtning oʻzida dala shpati va kvarsning ajralishi pegmatitsimon yoki grafiksimon strukturalarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Kristallarning nisbiy oʻlchamiga qarab, tekis donador va notekis donador boʻladi. Notekis donadorlari porfirli va porfir koʻrinishli boʻladi. Porfir koʻrinishli strukturalarda togʻ jinsining massasi mayda va oʻrta donali boʻlib, aloxida minerallarning yirik porfirli boʻlakchalaridan tashkil topadi. Otqindi jinslardagi teksturalar orasida eng avvalo massivli yoki bir jinsli teksturalar boʻlib, ularda barcha minerallar jins boʻylab bir tekisda tarqalgan va hamma maydo nlarda taxminan bir xil tarkib va strukturaga ega boʻladi. Har xil jinsli taksitli teksturalar ham keng tarqalgan. Yoʻlyoʻl va flyuidal teksturalar minerallarning oriyentirli joylashuvi bilan kristallanayotgan magmaning harakatlari vaqtida vujudga keladi. Tomirli va effuziv togʻ jinslariga porfirli struktura xos boʻlib, u magmaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishiga bogʻliq boʻlgan tez kristallanishini ifodalaydi; baʼzan bu struktura otkdndi jismlarning chekka qismlarida kuzatiladi, tog jinslarining asosini tashkil qiluvchi zich (afanitli) massasida minerallarning yirik xolxol ajratmalari borligi bilan bogʻliq. Xolxolligi boʻlmagan effuziv jinslarning strukturalari afanitli deb ataladi. Asosiy massaning strukturalari orasida shisha va kris. tallar (mikrolitlar) nisbatiga qarab shishali yoki vitrofirli, yarim kristalli va mikrolitli strukturalar fark, qilinadi. Effuziv jinslarning kristallanish darajasi magmaning tarkibi va uning kristallanish geologik sharoitiga bogʻliq. Yer yuzasida lavaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishi birgalikda tez sodir boʻladi. Nordon va oʻrtacha lavalar (liparitli, andezitli) yarim kristallangan va asosiy massalarida ingichka (mm ning oʻndan va yuzdan bir kismi) mikrolitlar boʻlgan shishasimon jinslar (obsidian, pemza) hosil qiladi. Asosiy va suyuqroq lavalar Yer yuzasida yarim kristallangan jinslar koʻrinishida soviydi. Effuziv jinslarning teksturalari orasida: massivli, flyuidal, yoʻlyoʻl flyuidallilar boʻlib, ular turli rangdagi vulkanik shisha, xolxollilik va mikrolitlar parallel chiziqchali joylashuvi bilan bogʻliq boʻladi. Lavadagi gazli pufakchalarning miqdoriga qarab gʻovakli, pufakchali va pemzali teksturalar farq qiladi. Boʻshliqlar ikkilamchi minerallar (kvars, opal, seolit, karbonatlar va boshqalar) bilan toʻldirilganda bodomtoshli teksturalar hosil boʻladi. Choʻkindi togʻ jinslarining tuzilishi bilan genezisi orasidagi aloqa otqindi jinslarnikiga qaraganda yanada yaqqolroq koʻrinadi. Chaqiq togʻ jinslari donalarining oʻzaro joylashishi bilan anikdanadigan teksturasi 3 xil asosiy tipda; tartibsiz, katlamli va flyuidalli boʻladi. Chaqiq toshlar sementlangan (kvars, opal, kaltsit) yoki oʻzaro bogʻlanmagan boʻlishi mumkin. Organogen togʻ jinslarining tuzilishi, ayniqsa, keng tarqalgan karbonat jinslar (ohaktosh, dolomit) da xilmaxil boʻladi. Bu jinslar tarkib topgan organik qoldiklar yaxshi saqlanganda, struktura butkul shu organizmlarning tavsifi bilan aniqlanadi: bu strukturalar biomorfli va yaxlit chigʻanokli deb ataladi. Biogen jinslar uchun qayta kristallanish va metasomatizm strukturalari xos. Xemogen togʻ jinslarining tuzilishi turli oʻlchamdagi kristall donalarining oʻsishi bilan tavsiflanadi. Xemogen togʻ jinslarining teksturasi orasida oolitli, massivli va katlamlilari koʻp tarqalgan. Metamorfik togʻ jinslarining tuzilishi. Metamorfik togʻ jinslarining struktura va teksturasi birlamchi choʻkindi va magmatik togʻ jinslarining qattiq holatda katta chuqurlikda litostatik bosim taʼsiri ostida, tralar va eritmalar (flyuidlar) taʼsirida koʻpincha deformatsiya vaziyatida qayta kristallanishi mobaynida mineral donalarining maʼlum yoʻnalishda yotishi, gneysli va slanetsli teksturalarga qonuniyatli tarzda olib keladi. Metamorfik togʻ jinslari strukturalari qattiq yoki egiluvchan muhitda minerallarning oʻsishi natijasida paydo boʻlsa, kristalloblastli deyiladi. Tekis donali va notekis donali strukturalar boʻlib, ular mayda donali jinslar massasi orasida minerallarning yirik kristallari koʻpligi bilan tavsiflanadi. Mineral donalarining shakliga qarab metamorfik jinslar orasida granoblastli yoki donali (kvarsitlar, marmarlar), leGʻshdoblastli yoki bargsimon shaklga ega boʻlgan mineral donalaridan tarkib topgan (slyudali slanetslar, fillitlar) bargli, lepidogranoblastli yoki dona barglilar farq qilinadi. Agar metamorfik togʻ jinslari boshlangʻich strukturasining relikti saklangan boʻlsa, strukturaning nomi birlamchi struktura nomiga blast soʻzi qoʻshilib (blastporfirli, blastpeammitli va boshqalar) aytiladi. Metamorfik togʻ jinslari dastlabki jinslar teksturasining relikti ham saklanib qolishi mumkin. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Bulatov A.I. “Zakanchivaniye skvajin”, Moskva, Nedra – 2008 g., 668 str. 2. Bulatov A.I., Kachmar Y.D., Makarenko P.P., Yaremeychuk R.S. «Osvoyeniye skvajin» Spravochnoye posobiye – Moskva, Nedra, 1999 – 473 st, il. tiraj 1000 str. 3. Gorizontalnoye bureniye skvajin na neft. sbm-bur.ru 4. Intensifikatsiya dobichi i bureniye skvajin s gorizontalnim. gasforum.ru › obzoryi-issledovaniya/792/. 5. Kompleks dlya reguliruemogo razobsheniya gorizontalnix skvajin. N.L.Shavelev, B.R.Sarkisyans, Y.Z.Sirin, V.I.Vanifatyev, S.V.Terentyev, A.K.Dudaladov. M., Bureniye №8, 2000g., s. 13-15. 6. Aminov A.M. Neft va quduqlarini qurish asoslari. T.: О„zbekiston faylasuflar milliy jamiyati. 2010 yil. 380 bet. 7. Басарыгин Ю.М., Булатов А.М., Проселков Б.М. Технология бурения нефтяных и газовых скважин. М.: Недра, 2001. 8. Yuldashev.T.R., Nurmatov.J.T., Samadov.A.X., “Neft va gaz quduqlarini burg`ilash” fanidan o`quv uslubiy majmua. 2019 yil 9. Mirzayev.E.S., Shonazarov.E.B., Samadov.A.X., “Neft va gaz quduqlarini burg`ilash texnologiyasi va texnikasi” fanidan o`quv uslubiy majmua. 2019 yil 10. Yuldashev.T.R., Shonazarov.E.B., Samadov.A.X., “Neft va gaz quduqlarini burg`ilash” fanidan amaliy mashg`ulotlar bo`yicha uslubiy ko`rsatma. 2019 yil Download 27.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling