Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
Kanavalarni vazifasiga ko„ra turlicha hujjatlashtirish mumkin. Tog„ jinslari-
ning ma‟danli komplekslaridan yo„nalishga ko„ndalang o„tuvchi kanavalarda (magistral kanavalarda) odatda faqat kanava tubi bo„yicha ma‟dan tanalari kesishgan vaziyatlarining chizmalari chiziladi. Ma‟dan tanasining yo„nalishi bo„yicha o„tuvchi kanavalar tubining chizmasini chizish yetarlidir. Yuzadagi ma‟dan tanalari murakkab tuzilgan ba‟zi bir holatlardagina kanava tubi va bo„ylama devorlaridan birining chizmasi chiziladi. Kanavaning ikkala devoridagi bo„shoq hosilalar foydali qazilma ekanligi aniq bo„lganda hujjatlashtirish zarur. Kanava chizmasining misoli 7.1-rasmda ko„rsatilgan. Ariqchalarni geologik hujjatlashtirish tayyorgarlik ishlaridan boshlanadi. Buning uchun ariqchaning devori bo„yicha yoki tubi bo„yicha shnur-oriyentir yoki o„lchov lentasi tortiladi. So„ngra ariqchaning gabaritlari o„lchanadi va kerakli masshtabda ariqchaning plani chiziladi. - 53 - 7.1-rasm. Ma’dan tanasini ochuvchi kanavaning yoyilgan holati. 1-o‘tirindilar; 2- buzilgan porfirit; 3-zich porfirit; 4-ma’dan tanasi; 5- ma’dan tanasining yemirilishi. Hujjatlashtirish intervallar bo„yicha yoki qatlamlar bo„yicha birin-ketin olib boriladi. Tog„ yon bag„irlari bo„yicha tik o„tilgan ariqchalar pastdan yuqoriga qarab xujjatlashtiriladi. Ariqchalar hujjatlashtirishga tayyor bo„lgach bajariladigan operatsiyalarning tartibi quyidagicha: ariqchani tavsiflash, namunalar olish, o„lchovlar bajarish, rasmini chizish, fotosuratga olish, ariqchani reestrga kiritish. Ariqchani tavsiflash deganda u kesib o„tgan va ochilgan geologik kesimning ta‟rifi tushuniladi. Bu geologik kesimni tashkil etuvchi tog„ jinslarini hammasi alohida-alohida ta‟riflanadi. Ariqchaning rasmini chizishda ochilgan ariqchaning devorlari va tubi bo„yicha rasmi chiziladi. Odatda ariqchaning tubi va uzun devorlaridan birining rasmi chiziladi. Ammo, ariqcha yo„nalishi tog„ jinslari yo„nalishiga ko„ndalang bo„lsa, ikkala uzun devorda bir xil geologik kesim kuzatiladi. Lekin, ariqcha murakkab geologik kesimni ochgan bo„lsa, u holda ariqcha tubi, ikkala uzun devor va ikkala kalta devorlarining rasmi ham chizilishi mumkin. Ariqchalarni hujjatlashtirishda keng ko„lamda fotografiyadan foydalanish mumkin. Buning uchun ariqchaning fotosuratga olinadigan yeri yaxshilab tozalanishi kerak. Ariqchalar reestrida ularning nomeridan, joyidan va yo„nalishidan tashqari, ariqchalarning kattaligi (o„lchamlari), namunalar soni, namunalarni tekshirish natijalari va boshqa ma‟lumotlar ko„rsatiladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling