Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
Geofizik namunalash. Foydali qazilma sifatini baholash, bir qator holatlarda
miqdorini belgilash uning yotish joyidagi sun‟iy yoki tabiiy ochilmalarda (quduq tubi, burg„i qudug„i, shurf va boshqalarda) turli asoboblar yordamida amalga oshiriladi. Geofizik namunalashning bir necha usullari mavjud. Selektiv gamma-gamma usuli bilan namunalashda ma‟danlardagi metall miqdorini aniqlash past energiyalarning (“yumshoq” nurlarning) gamma kvantlarini yuqori atom nomerlari bilan birgalikdagi elementlar atomlari tomonidan fotoyutilishning natijasiga asoslangan. Bu usul Fe, Mn, Sb, Hg, Pb va boshqa og„ir metallarning namunalardagi va tabiiy yotishdagi jami tarkibiga baho berish imkonini beradi. Namunalarni olish va qayta ishlashning ko„p mehnat qiladigan jarayonlarini ancha qisqartiradi. Absorbsion rentgeno-radiometrik usul bilin asosan namunalarda Pb, Hg, W, Sn, Cu va boshqa metallarning miqdori (tarkibi) aniqlanadi. Fluoressent-rentgenoradiometrik usul Pb, Hg, W, Sn, Cu, Fe, Mn va boshqa metallarni namunalarida va tabiiy yotishida aniqlaydi. Gamma elektron (emissiya) usuli bilan Pb, Hg va boshqa og„ir metallarning namunalardagi jami miqdori baholanadi. Gamma-neytronli (fotoneytronli) va neytronli alfa usullari berilliyning namunalardagi va tabiiy yotishidagi miqdorini tog„-kon qidiruv inshootidagi yoki - 65 - burg„i quduqlaridagi tadqiq qilinayotgan ma‟danlarni surmaning radioaktiv gamma nurlari bilan nurlantirish yo„li orqali ulardagi berilliy miqdoriga bog„liq bo„lgan neytronlarning registratsiyasini aniqlashda qo„llaniladi. Berilliy uchun fotoneytron karotaj natijalarini qiyoslash, kern namunasini geologik hujjatlashtirish va kern namunalarining tahlili berilliy konlarini izlash va qidirishda bu usul ancha sezgirligini hamda, samaradorligini ko„rsatadi. Bu usullar bilan bajariladigan tahlillardagi farq kimyoviy tahlillarga nisbatan ±0,3 %dan oshmaydi. Yadroviy rezonans fluoressenksiya usuli bilan kassiteritdagi qalayning miqdorini namunalarda va tabiiy yotishda aniqlanadi. Issiq neytronlar usti bo‘yicha neytron-neytron usuli bilan tog„ jinslarining litologik bo„linishi va g„ovakligini baholanadi. Issiq neytronlar bo‘ylab neytron-neytron (absorbsion) usuli tog„ jinslarining litologik bo„linishi, B, Cd, Hg, Th va boshqa elementlarni miqdoriy aniqlashda qo„llaniladi. Issiq namunalarning radiatsion ushlab qolishning neytron gamma usuli bilan namunalarda va tabiiy yotishda B, Mn, Fe, Ni, Cr larning miqdorini aniqlanadi. Issiq neytronlardagi yo‘naltirilgan faollik usuli namunalarda va tabiiy yotishda Al, Mn, Cu, Ag, F va boshqa elementlarning miqdorini aniqlashda qo„llaniladi. Ayrim konlarda ftor bo„yicha yo„naltirilgan faollikning karotaj ma‟lumotlaridan foydalanilgan holda flyuoritning zaxirasini hisoblangani to„g„risida ma‟lumotlar bor. Tez harakatlanuvchi neytronlarda yo‘naltirilgan faollik usuli bilan namunalarda va tabiiy yotishda Fe, Si va boshqalarning miqdori aniqlanadi. Uran va toriyning miqdorini tabiiy raioaktivlik usuli bilan aniqlash uran konlarida keng qo„llaniladi. Radiometrik namunalash uchun turli xil radiometrik apparatura qo„llaniladi. Mis va boshqa elementlarning miqdorini sun’iy radioaktivlik usuli bilan aniqlashda uzoq yashovchi Cu64 izotopidan foydalaniladi. U elektr va radioaktiv maydonlarni qayd etishga moslashtirilgan kartoj stansiyasi tomonidan o„lchanadi. Tellurning miqdorini magnit usuli bilan aniqlash ma‟danning, tog„ jinsning yoki shlamning optimal o„lchamdagi burg„i qudug„ida maydalash yo„li bilan va maxsus asboblarda - kappametr yoki ferrometrlarda o„lchash bilan amalga oshiriladi. Magnit karotaj bo„yicha temir ma‟danlarida magnetitni, umumiy tellurni gamma-kartoj bo„yicha aniqlash ushbu konda kuzatiladigan korrelyatsion aloqalar asosida amalga oshiriladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling