Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

8 – AMALIY MASHG‘ULOT 
Qidirishning texnik vositalarida namunalashning turlari va 
usullarini tanlash 
Ishning maqsadi: Geologiya qidiruv ishlarida namunalash ishlarining 
maqsadi va vazifalari bilan tanishish. Namunalashning turlari va usullarini 
o‘rganish va ish jarayonida ularni tanlash. 
Nazariy qism: Foydali qazilmalarni yoki ularning sun‟iy uyumlarini 
namunalash geologiya-qidiruv ishlarining hamma bosqichlarida olib boriladi. 



62

Namunalashning maqsadi – sanoat tarmoqlarining turli mineral xomashyoga 
bo„lgan talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydali qazilma turlarini, sifat 
va turli (fizik, kimyoviy, mehanik, texnik, texnologik va b.) xususiyatlarini 
aniqlashdan iborat. Shuning uchun namunalash razvedka qilishning eng asosiy 
ishlaridan biridir. Uning natijasi esa konni baholash bo„yicha olinadigan 
ma‟lumotning asosiy qismini tashkil etadi. Razvedka jarayonida namunalash 
ishlari eng avvalo foydali qazilma zaxirasini hisoblash uchun ishlatiladi. Bundan 
tashqari namunalash natijalari foydali qazilmani qayta ishlash texnologiyasini 
tanlashda, qazib olish texnikasini tanlashda va qazib olish jarayonini 
rejalashtirishda asosiy mezonlardan biri bo„lib xizmat qiladi. 
So„nggi paytlargacha kimyoviy namunalash usuli bilan bir qatorda foydali 
qazilmalarning bevosita yotish joyida (shurf, burg„i qudug„i, quduq tubi, 
ochilmalarda) sifati va miqdorini aniqlashning yangi usullari muvaffaqiyatli 
rivojlanmoqda. Ular minerallarning fizik-kimyoviy xususiyatini, zaxiralarini 
hisoblash uchun yetarli aniqlikdagi tegishli asboblar yordamida minerallarning 
boshqa kerakli xususiyatlarini o„rganishga asoslangan. Bunga asosan yadroviy 
geofizik va optik-mexanik usullar kiradi. 
Deyarli har doim qattiq foydali qazilmalarni namunalash jarayoni uch qismdan 
iborat bo„ladi. Jarayonning birinchi qismi namuna olishdir. Namunalar foydali 
qazilmalarning tabiiy yoki suniy ravishda ochilgan joylaridan olinadi. Namuna 
olinayotganda uning sifati foydali qazilma sifatini to„g„ri aks ettiradigan bo„lishi 
kerak. Namunalashning ikkinchi qismi namunaga ishlov berish - birlamchi 
namuna yoki namunalar guruxining og„irligini, tahlil qilish uchun kerak bo„lgan, 
minimal miqdorga keltirishdan iborat, uchunchi qismi namunani tekshirishdan 
iboratdir. Namunani tekshirish (tahlil (analiz) qilish) usullari sanoat tomonidan 
xomashyoning sifatiga qo„yilgan talablar asosida yoki shu paytgacha xomashyoni 
qayta ishlash yoki chiqitga chiqarish nuqtayi nazaridan o„rganilganlik darajasiga 
qarab aniqlanadi. Ba‟zi hollarda tekshirishlar to„liq holda, ya‟ni xomashyoga to„liq 
ishlov berish va qayta ishlash (texnolgik tekshiruv) jarayonlarini o„z ichiga oladi. 
Boshqa hollarda esa xomashyoning ba‟zi xususiyatlarigina tekshiriladi. Masalan
ma‟danlardagi bir yoki bir nechta komponentlarning miqdori aniqlaniladi. Bu 
tekshirishlarning ko„pchiligi muhandis geologlar vazifasiga kirmaydi va maxsus 
mutaxassislar tomonidan bajariladi. Shuning uchun geologning asosiy e‟tibori 
namunalarni olish va ularga ishlov berishga qaratilgan bo„ladi. 
Keyingi vaqtlarda namuna va namunalash haqidagi tushunchalar kengayib 
bormoqda. Chunki, namunalashning yangi turlari (radiometriya, lyumenessensiya) 
paydo bo„lib, ular foydali qazilmalar xususiyatlarini o„sha joyning o„zida, fizik 
xususiyatlaridan 
foydalanib 
aniqlashga 
imkon 
beradi. 
Shunday 
qilib 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling