Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

 
7.6-rasm. Yotish elementlarini tog‘ kompasi yordamida aniqlash 
Qatlamning yotish burchagi esa tog„ kompasini qatlamning yo„nalish 
chizig„iga perpendikulyar holda, klinometri pastga qarab qo„yilib o„lchanadi. 
Bunda tog„ kompasining uzun qirrasi bilan qatlam yuzasining kesishish chizig„i 
qatlamning yotish chizig„i bo„ladi. Tog„ kompasi vertikal holda o„rnatilgandan 
keyin shoqulning harakatsiz tutib turuvchi tugmachasi bosilib, u harakatga 
keltiriladi. Shoqul tebranishi to„xtagandan so„ng tugmacha qo„yib yuboriladi. 
Klinometr limbidan olingan hisob qatlamning yotish burchagi bo„ladi. Tog„ 



61

kompasi yordamida o„lchangan qatlamning yotish burchagi dala daftarchasiga 
quyidagi holda yoziladi: 
yotish Az.JSH 105
0
 yot.bur.30
0
. (Az. 105
0
30
0

 
Bu kompas yordamida qidirishning texnik vositalari orali ochilgan tog„ 
jinslarining yotish elementlari bilan birgalikda shu texnik vositalarning azimut 
yo„nalishlari, qiyaligi va tomonlari aniqlanadi. 
 
Amaliy ishni bajarish tartibi 
Bunda barcha talabalar avvalgi mashg„ulotlarda sxematik xaritada o„zlari 
o„tkazgan qidiruv chiziqlari va undagi texnik vositalarning azimut yo„nalishlarini 
aniqlaydi. Dastlab xaritadagi qidiruv chiziqlari va texnik vositalarning azimut 
yo„nalishi transportyor yordamida o„lchanadi, so„ngra ushbu aniqlangan qiymat 
tog„ kompasi yordamida fazoda aniqlanadi. Bundan tashqari barcha texnik 
vositalarning azimut yo„nalishlari o„lchanadi va fazoda ularning yo„nalishi 
aniqlanadi. 
Har bir yosh, bo„lajak mutaxassis, geologlarning asosiy ish quroli bo„lib 
hisoblanadigan geologik tog„ kompasi bilan mustaqil ishlashni, u orqali o„zi turgan 
nuqtani aniqlashni, texnik vositalarni obe‟ktda joylashtirishni va ularni xaritalarga 
tushurishni, ularni o„zaro bir-biriga bog„lashni, hamda ulardagi barcha 
elementlarni aniqlay olishni bilishi zarur. 
Nazorat savollari: 
 
1. Texnik vositalarni hujjatlashtirishning asosiy materiallarini ayting? 
2. Hujjatlastirishning maqsadi va vazifalari? 
3. Kanavalar qanday hujjatlashtiriladi? 
4. Shurflar qanday hujjatlashtiriladi? 
5. Yer osti kon qidiruv lahimlari qanday hujjatlashtiriladi? 
6. Burg‘ilash quduqlari qanday hujjatlashtiriladi? 
7. Yig‘ma geologik hujjatlashtirish deganda nimalarni tushunasiz? 
8. Tog‘ kompasi nima maqsadda ishlatiladi? 
9. Tog‘ kompasi tuzilishi haqida gapiring. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling