Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shtrek va shtolnyalarda
Shurflarni hujjatlashtirishda bajariladigan ishlar va ularning tartibi
ariqchalarni hujjatlashtirishdagiga o„xshashdir. Odatda shurfning foydali qazilma uyumlariga ko„ndalang bitta kengroq devori hujjatlashtiriladi. Lekin ba‟zan shurfning bitta emas, ikkita kesishuvchi yoki to„rtta devorining hammasi hujjatlashtirilishi mumkin. Ko„pchilik shurflarning devorlari mahkamlanishi tufayli ularni hujjatlashti- rishni qazish jarayonida mayda intervallarga bo„lib olib borish maqsadga muvofiqdir. Shurflar yuqoridan pastga qarab hujjatlashtiriladi. Mayda shurflar ko„pincha to„liq qazib bo„lingandan keyin xujjatlashtiriladi. Bundan tashqari shurfning tubini hujjatlashtirishga alohida e‟tibor beriladi. Shurfning chuqurligi har bir metrga chuqurlashib borganda uning tubi hujjatlashtiriladi. Shurflarni fotosuratlarga olish vaqtida maxsus yoritgich asboblardan foydalaniladi (7.2-rasm). - 54 - Yer osti tog„ qidiruv inshootlari hujjatlashtirish usullari bo„yicha 2 ta guruxga bo„linadi: 1) foydali qazilma tanasini kesib o„tuvchi inshootlar (kvershlag, ort); 2) foydali qazilma tanasi yo„nalishi bo„yicha o„tiluvchi inshootlar (shtreklar, shtolnyalar). Shtrek va shtolnyalarda inshootlarning shipi va tubi o„tish jarayonida hujjatlashtiriladi. Ma‟dan tanalarining kichik qalinligida va ularning gorizontal yotishida shtreklarning devorlarining chizmasi chiziladi. Devor chizmasida ko„ndalang tektonik buzilishlar tasvirlanadi. Inshootning shipi va tubi bo„yicha tektonik elementlarning chizmasi chiziladi. 7.2-rasm. Shurfni yoyilmaga mos to‘liq tutashgan holda namunaviy chizmasi (shurfni ko‘ndalang kesimini hisobga olmagan holda). 1-tuproq qatlami; 2- elyuviy; 3-biotitli granatlar; 4- ma’dan tanasi; 5-greyzenlanish zonasi; 6- namuna olingan joy. - 55 - Shtreklarni hujjatlashtirishda asosiy e‟tiborni yo„nalish bo„yicha berilgan inshootlarda juda to„liqlik bilan ochiladigan geologik xususiyatlarga qaratish kerak (7.3-rasm). Buning uchun shtreklarni hujjatlashtirishda hamma ko„ndalang burmalangan va uzilmali strukturalar, tog„ jinslari va ma‟danlarning yo„nalishi bo„yicha o„zgarishlari, ma‟dan tanasining yo„nalish bo„yicha kontaktining harakteri o„rganilgan chizmasi chizilgan va ta‟riflangan bo„lishi kerak. Shtreklar tubining chizmasini chizish geologik vaziyatning murakkabligiga ko„ra ma‟lum bir intervallar oralig„ida (3-5 m.) amalga oshiriladi. Kelajakda inshootlarga oid chizmalar geologik planni to„ldirish va aniqlash uchun daliliy material hisoblanadi. Hujjatlashtirish bilan birga bir vaqtda namunalash va namuna olish amalga oshiriladi. 7.3-rasm. Shtok shipining chizmasi. 1-ma’dan tanasi (xol-xollik); 2-yalpi ma’dan tanasi; 3-qamrovchi tog‘ jinslari; 4- namuna olish joyi va tartib raqami;5-kichik namunaning olinish joyi va uning tartib raqami. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling