Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shpur usuli.
8.1-rasm. Turli tog‘
inshootlarida jo‘yaklarning joylashishi sxemasi. a-qiya yotuvchi qatlamni shurf devorida jo‘yakli namunalash; b-yuqoriga qarab ko‘tariluvchi tog‘ inshootlarida jo‘yakning joylashishi; 1-qamrovchi tog‘ jinslari; 2-ma’dan uyumi; v-shurf devorlarida vertikal jo‘yaklarning joylashish sxemasi: 1-o‘rindiqlar; 2-boksidlar; g-jo‘yaklarning quduq tubida joylashish sxemasi: 1-ma’dan tanalari zalbandlariga perpendikulyar, normal jo‘yak; d-ma’dan tanasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tilgan gorizontal tog‘ inshooti shiftida jo‘yaklarning joylashishi: e-ma’dan tanasi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tilgan zovur tubi bo‘yicha jo‘yaklarning joylashishi. Ariqcha shaklidagi namunalarning uzunligi odatda 1m ga teng qilib olinadi. Ba‟zi hollarda ariqchalarning uzunligi 2-3 m., dan bo„lishi mumkin. Eng kalta ariqcha 0,5 m. bo„ladi. Undan kalta ariqchalarni olish tavsiya etilmaydi. Ariqchalar ko„ndalang kesimning o„lchamlari 2x5 sm.dan 3x12 sm.gacha olinadi. Namunalashning ariqcha usuli deyarli hamma turdagi konlarda yaroqlidir. Faqatgina bu usulni ba‟zi hollarda qo„llash mumkin emas. Masalan, brekchiya teksturali va notekis tarqalgan tomirsimon ma‟danlarni kesib o„tgan ariqchalarni namunalashda. Mayda tanalardan tuzilgan oltin konlarida, qimmatbaho toshlarning konlarida namunalashning ariqcha usuli yaroqsizdir. Ariqchalarni olishda asosan qo„l mehnatidan foydalaniladi bu jarayonni mexanizatsiyalashtirishga qaratilgan ko„p yillik urinishlar hozircha qoniqarli natija bermagan. Shuning uchun bu usulning eng asosiy kamchiligi ko„p vaqt va mehnat talab qilishidir. - 71 - Shpur usuli. Bu usulning mohiyati shundaki, shpur qazilayotgan paytda hosil bo„lgan maydalangan materiallar yig„ib olinadi. Buning uchun lahimlarni qazish paytida o„tiladigan shpurlardan foydalanish mumkin yoki maxsus shpurlar kovlash mumkin. Shpurlarning yo„nalishi ma‟dan yo„nalishiga ko„ndalang bo„lishi kerak. Shpurlarning chuqurligi oddiy perfaratorlardan foydalanganda 7-8 m. ni, maxsus perforatorlardan foydalanganda esa 50 m. hatto 70 m.gacha yetish mumkin. Shpur qazishda hosil bo„lgan maydalangan mahsulotlar havo yoki suv yordamida shpurdan chiqarib olinadi va to„planib namuna sifatida foydalaniladi. Shpur namunasi 1-2 m., ba‟zi hollarda 3 m.li bo„laklarga (seksiyalarga) bo„linishi mumkin. Namuna olishning shpur usuli boshqa usullarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega: 1) lahimlarni qazish uchun o„tilgan shpurlardan namunalash uchun foydalaniladi; 2) namuna olish jarayoni lahimlarni qazish ishiga xalaqit bermaydi; 3) namunaga ishlov berish ishlari ancha kamayadi. Chunki mahsulotning bo„laklari 2 mm.dan katta bo„lmaydi; 4) shpur usuli boshqa usullarga nisbatan ancha tejamkordir. Bu usulning kamchiliklari: a) shpur yo„nalishi ba‟zi hollarda ma‟dan tanasiga ko„ndalang bo„lmasligi; b) oson yemiriladigan, o„ta darzlangan ma‟danlarni namunalashda sistematik xato kelib chiqishi mumkin. Bu usul bizda ko„p tarqalmagan. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling