Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Xovuchlab olish usuli. Bu usulni nuqtaviy namuna olish usulining bir varianti 
deb hisoblash mumkin. Bu usul bilan qazib olingan ruda yoki rudali jinslar 
uyumlaridan namuna olinadi. 
Birlamchi namunalar ruda uyumlari yuzasidan, vagonetkalar va ma‟dan 
tashuvchi avtomobillardagi uyumlarning yuzasidan kvadrat yoki to„g„ri 
turtburchak shaklida to„r bo„yicha xovuchlab olinadi va bir namunaga 
birlashtiriladi. Bu to„rlarning o„lchamlari 20x20 dan 50x50 sm. gacha yoki 20x40 
sm. dan 50x100 sm. gacha o„zgarishi mumkin. Birlamchi namunalar soni 10 dan 
50 gacha o„zgarishi mumkin. Eng kam birlamchi namunalar olish vagonetkalarni 



68

namunalashda ishlatiladi. Bu usul «konvert» usuli deyiladi va unda 5 ta nuqtadan 
birlamchi namuna olinadi. Alohida birlamchi namunaning xajmi 20 sm
3
. gacha, 
massasi 50 g.dan 600 g.gacha o„zgaradi. Birlamchi namunalar to„rining zichligi 
ma‟dandagi komponentlar tarqalishining notekisligiga, bo„laklarning kattaligiga va 
bo„laklar kattaligining o„zgaruvchanligiga bog„liq. 
Namunalashning ishonchliligi va to„g„riligini ta‟minlash uchun namunaga 
kirgan turli xususiyatli materiallarning nisbati namunada va namunalayotgan 
ma‟danda bir xil bo„lishi talab qilinadi. Bu talabni bajarmaslik sistematik xatolikka 
olib keladi. Bunga yo„l qo„ymaslik uchun har bir birlamchi namuna olinadigan 
nuqtadan, (ham yirik, ham mayda bo„laklardan) aralash material xovuchlab 
olinadi. Namunalash turining birlashgan bir necha yacheykasini egallab turgan 
yirik ruda bo„laklaridan esa qabul qilingan hajmdagi bo„laklar sidirib olinishi 
kerak. Agar ma‟danning katta bo„lagi yo„l-yo„l teksturali bo„lsa, birlamchi 
namunalar tekstura yo„nalishiga ko„ndalang yo„nalishda sindirib olinadi. 
Xovuchlash usuli yuqori mehnat samaradorligini ta‟minlaydi. Chunki u 
ma‟danni sindirib olish yoki kovlashni talab etmaydi. Bu usul tog„ laxmlarini 
qazish ishlariga halaqit bermaydi. Lekin bu usul bilan namunalash ma‟danlarni 
chegaralashga va turli sortga taalluqli ma‟danlarni alohida namunalashga imkon 
bermaydi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling