Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Namunalarga ishlov berish sxemalarini tuzish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q = K d 2 ;
- Namunalarga ishlov berish texnikasi.
Namunalarga ishlov berish sxemalarini tuzish. Laboratoriyadagi tadqiqotlar
uchun mo„ljallanib olingan namunalar birinchi navbatda belgilangan og„irlikgacha qisqartirilishi kerak. Dastlabki (oddiy, birlashtirilgan, guruhli) namunalarga ishlov berish natijasida olingan namunaning massasi odatda 5-200 gr.ni tashkil qiladi. Namunalarga ishlov berish avvaldan tuzilgan sxema bo„yicha ko„pchilik hollarda G.O. Chechett formulasi qo„llanilgan holda amalga oshiriladi: Q = K d 2 ; Bunda: Q - namunaning og„irligi, kg; d - eng yirik fraksiyadagi bo„laklarning diametri, mm; K - ma‟dan tipiga bog„liq koeffitsiyent. - 78 - Turli tipdagi ma‟danlar uchun tavsiya qilinadigan “K” koeffitsiyentining qiymatlari 9.3-jadvalda keltirilgan. 60 kg.li boshlang„ich massaga ega bo„lgan namunalarga ishlov berishning muayyan sxemasini yuqorida keltirilgan formula asosida tuzish (K = 0,2) 9.1-rasmda ko„rsatilgan. Namunalarga ishlov berish texnikasi. Namunalarga ishlov berish jarayoni quyidagi operatsiyalardan iborat: 1) maydalash (uvalantirish); 2) elash; 3) aralash- tirish; 4) qisqartirish. Bu hamma operatsiyalar qo„lda va mexanizatsiya yordamida bajarilishi mumkin. Mavsumiy dala guruhlarida namunalarga ishlov berish odatda maxsus jihoz- langan maydonlarda amalga oshiriladi. Maydonning maydalash va elash amalga oshiriladigan qismi tunuka bilan qoplanadi. Maydon ayvon bilan himoyalanadi. Statsionar qidirish guruhlarida, namunalash katta hajmlarda amalga oshiriladigan o„zlashtirilayotgan omborlar, konlarda maydalagichlar, valikli va sharli tegirmonlar, elaklar va boshqa asboblar bilan jihozlangan maxsus laboratoriyalar tashkil qilinadi. Bu asboblar namunalarga ishlov berish jarayonini to„liq mexanizatsiyalash, omborlar esa, namuna dublikatlarini saqlash imkonini beradi. 9.3-jadval Ma‟dan tipiga bog„liq bo„lgan formuladagi “K” koeffitsiyentining qiymatlari (V.M. Kreyter bo„yicha) Ma‟dan tiplarining qisqacha tavsifi К Bir tekis 0,05 Notekis (turli xildagi mineral xomashyo) 0,10 Juda notekis 0,20-0,40 Yirik (0,6 mm) oltinli o„ta notekis 0,40-0,50 Maydalash. Amaliyotda yirik (100-30 mm.), o„rtacha (12-5 mm.), mayda (3- 0,7 mm.) va mayin (0,15-0,07 mm.) maydalanishlar qo„llaniladi. Yirik va o„rtacha maydalashlar shnekli maydalagichlar va maydalovchi valiklar, mayin maydalash esa sharli tegirmonlar va turli maydalagichlar bilan, qo„lda maydalash bolg„alar bilan cho„yan yoki temir plitalarda amalga oshiriladi. O„rtacha maydalash uchun botiq yoki yassi tubli cho„yan xovonchalardan foydalaniladi. Xovonchaning o„lchamlari: balandligi 60 sm., diametri 40 sm., massasi 8 kg.gacha, qum og„irligi 15 kg.gacha. Og„ir xovonchalarda maydalash balansir yordamida amalga oshiriladi. 25-30 mm.dan katta bo„lmagan bo„laklarni maydalashda yog„och yoki temir sop bilan ta‟minlangan temir halqalardan foydalaniladi. Maydalash halqa ichida olib boriladi. Qo„lda yuzaki maydalash o„rtacha va kichik o„lchamdagi xovonchalarda amalga oshiriladi: balandligi 25-30 sm; diametri 15-20 sm; massasi 10-12 kg.gacha, qum massasi 2-5 kg.gacha. Namunani 0,15-0,07 mm.gacha qo„lda mayin maydalash cheti qaytarilgan cho„yan plitalarda boshmoq yoki dastali valiklar yordamida amalga oshiriladi. Boshmoqlarning massasi 6 kg.gacha bo„lishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling