Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
Namunalarni sinash. Konlarni izlash va qidirish jarayonida olingan
namunalarni sinash quyidagi guruhlarga bo„linadi: 1. O„rganilayotgan foydali qazilmani tashkil qiluvchi barcha element va mine- rallar majmualarini tezkor va arzon yo„l bilan aniqlash imkonini beruvchi spektral yarim miqdoriy va miqdoriy tahlillar, zarur holatlarda tahlillarning tomchili, kolorimetrik, polyarografik, yadroviy-geofizik (neytron, radiometrik va boshqalar), atom-absorbsion, mass-spektrometrik usullarini qo„llash. 2. Kimyoviy laboratoriyalarda foydali komponentlar va zararli aralashmalar- ning tarkibini aniqlash uchun o„tkaziladigan kimyoviy tahlillar. 3. Foydali qazilmalarning mineral tarkibini, struktura va teksturasini, donalari- ning o„lchamlarini belgilovchi mineralogik tadqiqotlar. 4. Texnologik sinovlar mineral xomashyoga qayta ishlov berilayotganda uning texnologik xususiyatlarini o„rganish uchun o„tkaziladi. Ma‟dan konlari uchun texnologik namunalar yordamida ma‟danning boyish qobiliyati va metallurgik qayta taqsimlanishi aniqlanadi. Shuningdek, bu jarayonlarning eng samarador sxemalari ishlab chiqiladi. Texnologik namunalarning massasi sinovlar ko„lamiga bog„liq. Laboratoriya sinovlari uchun odatda materialning nisbatan uncha ko„p bo„lmagan miqdorlari bilan chegaralanadi (50 kg.dan 100 kg.gacha). Yarim sanoat va sanoat sinovlarida namunalarning massasi ancha ortadi (sanoat sinovlarida bir necha yuz t.gacha). Namunalar olish turli usullar bilan amalga oshiriladi. Biroq ko„pchilik hollarda yalpi usul qo„llaniladi. Odatda xomashyoning turli ko„rinishlari uchun texnologik namunalarni olish sinov o„tkazuvchi tashkilotlarning tegishli yo„riqnomalari bilan aniqlanadi. 5. Qidirish jarayonida bajariladigan namunalarning texnik sinovi uch guruhga bo„linadi. Birinchi guruhga dala ishlari jarayonida amalga oshiriladigan hajmiy og„irlik, namlik, ba‟zan g„ovaklilikni aniqlash kiradi. - 87 - Ikkinchi guruhga ma‟danning bo„lakdorliligi, yumshalish koeffitsiyenti, qattiq- ligi, g„ovakligi, qayishqoqligi, ezilishga qarshiligi, ivish va ko„pchish darajasi (bo„shoq, gilli ma‟danlar uchun) va boshqalarning ta‟riflari mansub. Bunday sinovlar mahsus laboratoriyalarda bajariladi. Ular uchun namunalar laboratoriya- larning ko„rsatmalariga asosan olinadi. Uchinchi guruhni mineral xomashyoning har bir turi uchun alohida sinovlar (optik kristallarning shaffofligi, abrazivlarning qattiqligi; marmar alohida yoriqli- likga va sayqallanish darajasiga ko„ra, zina, yo„lka, ko„prik uchun tayyorlanadigan toshlar yeyilish, sayqallanish bo„yicha sinaladi) tashkil qiladi. Namunalarni texnik sinovlar uchun olish usuli foydali qazilma vazifasiga bog„liq va har bir alohida holatda xomashyoga bo„lgan texnik talablar hamda tegishli laboratoriyalarning yo„riqnomalari bilan aniqlanadi. Odatda texnik namunalar monolitlar usuli bilan olinadi. Namunalarning hajmi turlicha 20x20x20 sm. o„lchamdagi uncha katta bo„lmagan kubikdan tortib, to bir necha kubometrli harsanglargacha bo„lishi mumkin. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling