Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy tarkibni aniqlash.
Namunalarni tekshirish. Qidirishning barcha texnik vositalaridan olingan va
belgilangan tartib qoida bo„yicha ishlov berilgan namunalar laborator sharoitda o„rganish uchun tekshirishga yuboriladi. Tekshirish foydali qazilmaning xususiyatlariga, uning mineralogik va kimyoviy tarkibi, tekshirish vazifalari, talab qilinadigan aniqlik darajasi va konning o„rganilganlik darajasiga qarab aniqlanadi. Ba‟zan tekshirishlar geologiya qidiruv guruhlarining o„zida, boshqalari esa maxsus laboratoriyalarda bajariladi. Ushbu tekshirishlar olinadigan natijalarga qarab bir necha xil turlarga bo„linadi. Tekshiruvdan o„tgan namunalar mutaxassis tadqiqodchilar va geologlar tomonidan qaytadan o„rganiladi. Natijada foydali qazilmalarning yer osti va yer ustidagi noaniq chegaralari belgilanadi, ularning zaxiralari hisoblanib ish hududi yoki konning istiqbollilik darajasi belgilanadi. Kimyoviy tarkibni aniqlash. Kimyoviy tarkibni aniqlash eng keng tarqalgan tekshirish turidir. Tekshirishning talab qilinadigan aniqligi va sezgirligiga qarab spektral, kimyoviy, probir, yadro-fizik va boshqa tahlillar (analiz) qo„llanilishi mumkin, bu tahlillarning har biri o„ziga xos muammolarni hal qilishga imkon beradi. Spektral tahlil konlarni qidirish va razvedka qilish jarayonida keng qo„llaniladi. Bu tahlil yordamida foydali qazilmalarni geokimyoviy usulda qidirish ishlari bajariladi. Razvedka ishlari jarayonida spektral tahlil ba‟zi bir, ayniqsa qo„shimcha komponentlarning juda past miqdordagi konsentratsiyalarini aniqlashga imkon beradi. Ba‟zi hollarda kimyoviy va probir tahlilga yuboriladigan namunalar avval spektral tahlil bilan tekshirib ko„riladi. - 84 - Spektral tahlil juda sezgir, arzon, yuqori darajadagi mehnat unumdorligiga egadir. Bu tahlil birdaniga ko„pchilik komponentlarni aniqlashga imkon beradi. Boshqa turdagi tahlillardan kamchilik tomoni aniqlik darajasidir. Ayniqsa komponentning miqdori ko„payganda spektral tahlil aniq natija bermaydi. Spektral tahlil uchun 1-2 gr. namuna kifoyadir. Kimyoviy tahlil ko„pchilik ma‟dan va noma‟dan foydali qazilmalarni tekshirishda asosiy usuldir. Spektral tahlilga nisbatan uning sezgirligi pastroq, aniqligi esa yuqoriroqdir. Kimyoviy tahlil natijalari bo„yicha ma‟danlarning chegaralari o„tqaziladi va undagi foydali komponentlarning zaxiralari hisoblanadi. Kimyoviy tahlilga yuboriladigan namunalarning massasi 50-100 gr. bo„lib aniqlanadigan komponentlarning soniga bog„liq. Qancha ko„p komponentlarni aniqlash kerak bo„lsa, shuncha ko„p miqdorda namuna kerak. Probir tahlil namunadagi asl metallarnining (oltin, kumush, platina va platinoidlar) miqdorini aniqlashga mo„ljallangan. Bu tahlil qimmat turadigan tahlil bo„lib, yuqori darajada sezgir va aniq ma‟lumotlar beradi. Uning yordamida 0,01 g/t.gacha miqdordagi asl metallarni aniqlash mumkin. Tahlil uchun 250-500 gr. massali namuna talab qilinadi. Bu tahlilning qimmatligini hisobga olib, undan oldin namunalarni boshqa arzonroq usul (masalan spektral tahlil) bilan tekshirib ko„rish kerak. Yadro-fizik usullar zamonaviy usul bo„lib juda ko„p komponentlarni aniqlashda yuqori darajada sezgirlik va aniqlikni ta‟minlaydi. Bu tahlillar ko„p mehnat talab qilmaydi, namuna materiali sarf bo„lmaydi va uni qayta ishlatish mumkin. Tahlil uchun bir necha gr.dan 50-200 gr.gacha namuna talab qilinadi. Faqatgina bu tahlil uchun qimmat turadigan apparatura kerak bo„ladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling