Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarnovda yuvish.
- Cho„michda yuvish
Namunalarni yuvish. Sochmalardagi qumlarning namunalariga boshqa foydali
qazilmalarning namunalaridan farqli ravishda suvda yuvish yo„li bilan shlix olgunga qadar (ya‟ni og„ir mineral konsentrati olinguncha) ishlov beriladi. Olingan shlix tadqiq qilish uchun laboratoriyaga yuboriladi. Namunalarni yuvish uchta ketma-ket bajariladigan operatsiyalardan iborat: 1) loyqadan tozalash - gilli materialdan va yirik bo„laklardan ajratish; 2) solishtir- ma og„irligi uncha katta bo„lmagan minerallarning mayda zarrachalarini yuvib tashlash; 3) namunada qolgan yengil materialdan og„ir minerallarning uzil-kesil ajratish. Tarnovda yuvish. Qisqa tomonlaridan birining tog„ jinsi bilan yarmigacha (yoki biroz ko„proq) to„ldirilgan tarnov suvga qisman qiya holatda joylashtiriladi. Tarnovdagi tog„ jinslari aralashtiriladi, qo„l yoki qoshiq yordamida loyqalashtiri- ladi. Bunda yengil zarrachalar suv bilan yuvilib ketadi. Og„ir ma‟dan minerallari tubda cho„kadi. Shag„al toshlarning ustki qoplami tarnovdan ehtiyotkorlik bilan qoshiqda olib tashlanadi. Gilli materialdan tozalangach yuvuvchi tarnov qo„lga olinadi va aylanma hara-katlar bilan silkitilib, biroz qiya holatda suvga botirib “kul rang” (kassiterit, sirkon, olmos) yoki “qora” (oltin, platina) shlix olinguncha yuviladi. Cho„michda yuvish tarnovdagi yuvish kabi amalga oshiriladi. Osiyo cho„mi- chining hajmi 6-8 kg. bo„lgani uchun undan faqat izlash ishlarida foydalaniladi. - 83 - Agar namunalar katta hajmda bo„lsa, ular butarada yoki vashgerdda yuviladi. Butaralarning bir necha konstruksiyalari mavjud. Og„ir minerallarning to„liq tutilishiga tog„ jinslarining Nedelyayev butarasida yuvilishida erishish mumkin. Namunalarni butaralarda yuvishda quyidagilar tavsiya qilinadi: 1) shlix biror qismining doimo yo„qotilishi bilan birga kechadigan konsentratni haddan tashqari ko„p yuvishdan ehtiyot bo„lish kerak; 2) shag„al toshdagi loylarni yaxshilab yuvish zarur; 3) yuvish bilan birga parallel holatda elakdan olingan shag„al toshni yaxlit va aglomerativ yirik ma‟dan materiali yo„qolishining oldini olish uchun qo„lda saralashni amalga oshirish kerak; 4) tog„ jinsini suvga bir tekisda cho„ktirish kerak; 5) suvni bir tekisda quyish kerak. Namunalarga tarnov, cho„mich, vashgerd va butara yordamida ishlov berish asosan bajaruvchilarning malakasi va mehnatsevarligiga bog„liq. Tajribasi kam bo„lgan yuvuvchilarda foydali qazilma minerallarning yo„qotilishi, ayniqsa ularning zichligi uncha katta bo„lmaganda (4,5-5,5) 40-50 % ga yetadi. Qalay izlanganda tarnovlarda namunalarni qo„lda yuvishda kassiteritning, ayniqsa mayda fraksiyalarning yo„qotilishini e‟tiborga olish kerak. Shuning uchun hozirgi paytda sochmalarning namunalariga ishlov berishda mexanizatsiyalashgan boyitish qurilmalari qo„llaniladi. Tarnovda, cho„michda, vashgerdda yoki butarada yuvilish natijasida olingan shlixlar yig„iladi, quritiladi va qog„oz paketchaga to„kiladi. Bu paketchalarga yorliq yopishtiriladi. Shlixli namunalar solingan paketchalar shlix laboratoriyasiga keyingi ishlov berish uchun yuboriladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling