Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namunalash jarayonini nazorat qilish.
Texnik tekshirishlar. Texnik tekshirishlar hamma konlarda olib boriladi. Eng
murakkab texnik tekshirishlar ba‟zi noma‟dan foydali qazilmalarga (qurilish materiallari, slyuda, asbest, optik xomashyo va boshqalarga) xosdir. Bunday xollarda texnik tekshirishlar jarayonida xom ashyoning fizik xususiyatlaridan tashqari uni qayta ishlash texnologik tuzilishi ham ishlab chiqiladi. Eng ko„p hollarda aniqlanadigan ko„rsatkichlar: hajmiy massa, namlik, granulometrik tarkib, maydalanish koeffitsiyenti va boshqalardir. Razvedka jarayonida bajariladigan texnik tekshirishlarni uch guruhga bo„lish mumkin: 1) zaxirani hisoblash uchun kerak bo„lgan tekshirishlar; 2) konni ekspluatatsiya qilish, tog„-texnik sharoitlarni aniqlash uchun kerak bo„lgan tekshirishlar; 3) xomashyo sifatini aniqlash uchun kerak bo„lgan tekshirishlar. Namunalash jarayonini nazorat qilish. Namunalash natijalarining ishonchli- ligi namuna olish va unga ishlov berish usullariga, bu natijalarni tekshirish usullariga bog„liq. Lekin bu usullarni tanlab olishning o„zi namunalash ishonchlili- gini to„la ta‟minlay olmaydi. Buning uchun namuna olish, unga ishlov berish va tekshirish operatsiyalarini aniq va to„g„ri bajarish talab etiladi. Shunday qilib, namunalash jarayonida turli uslubiy va ishlab chiqarish xususiyatlariga ega bo„lgan sabablar tufayli ko„pchilik xatoliklar vujudga keladi. Namunalashni nazorat qilish doimo, asosiy va nazoratlangan ma‟lumotlar o„rtasidagi tafovutni baholashdan iborat bo„ladi. Bu baho to„g„ri bo„lishi uchun, tafovutlarning kelib chiqishi haqida - 86 - to„g„ri tushunchaga ega bo„lish va ularni tahlil qilishning to„g„ri usulini tanlash kerak. Namunalash jarayonida paydo bo„ladigan hamma xatoliklar odatda ikkita asosiy guruhga bo„linadilar: 1) tasodifiy; 2) tizimli (sistematik). Bular orasida eng xavflisi sistematik xatoliklar bo„lib, ular ko„rsatkichlarni faqat kattalashtirib yoki faqat kichiklashtirib ko„rsatadi, ya‟ni bir belgili xatoliklardan. Tasodifiy xatoliklar turli belgiga ega bo„lib, o„zaro bir-birini kompensatsiyalaydilar va umumiy ko„rsatkichlarga katta ta‟sir ko„rsatmaydi. Namunalash jarayonini nazorat qilishning asosiy mazmuni sistematik xatoliklarni, ularning sabablarini aniqlash va imkoni bo„lsa yo„qotishdir. Agar xatolikni keltirib chiqaruvchi sababni yo„qotish mumkin bo„lmasa aniqlangan ko„rsatkichlarga ma‟lum tuzatishlar kiritish lozim. Hamma laboratoriyalarda xatoliklarning oldini olish va hisobga olish uchun ham ichki, ham tashqi nazorat o„rnatiladi. Bundan maqsad - laboratoriyaning o„zida bir qism tekshirishlar ikkinchi marta qayta bajariladi va natijalar solishtirilib ko„riladi. Bir qism namunalar bo„yicha esa dublikatlar boshqa turdosh laboratoryalarga yuboriladi va ularning natijalari ham solishtirib ko„riladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling