Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Namunalash va tahlillar nazorati. Nazorat maqsadidagi namunalash 
namunalarni olish jarayonida amalga oshiriladi. Burg„i quduqlarini burg„ilashda 
namuna olishni nazorat qilishning vazifasi bu jarayonning xatolarining o„ziga 
xosligini (tasodifiy yoki doimiy) aniqlashdan iborat. Doimiy xatoliklar (kernning 
tanlanib yedirilishi, shlamni va loyqani namunalashdagi buzilishi hisobiga) 
aniqlangan holatda nazorat namunalaridagi komponent o„rtacha miqdorining 
nazorat qilinayotgan namunalaridagi uning o„rtacha miqdoriga bo„lgan nisbatidan 
iborat tuzatma koeffitsiyenti belgilanadi. Burg„ilashda namuna olishning 
to„g„riligini nazorat qilish burg„i quduqlari bilan tutash tog„-kon inshootlaridagi 
ma‟dan tanalarini namunalash yo„li bilan amalga oshiriladi. Nazoratdagi tog„-kon 
inshootining o„tilishini istisno qiluvchi chuqur burg„ilashda nazorat ma‟danli 
kernda namuna olishning boshqa usullari bilan amalga oshiriladi. 
Tog‘ inshootlaridagi namuna olishni nazorat qilish konda namuna olishning 
qabul qilingan usulida olingan ehtimoliy xato qiymatini belgilash uchun eng 
ishonchli usullardan biri bilan amalga oshiriladi. Nazorat maqsadidagi namunalash 
natijalari asosiy namunalash natijalari bilan doimiy xatoni aniqlash uchun 
qiyoslanadi. Uni bartaraf qilishning imkoni bo„lmaganda qabul qilingan 
namunalash usuli boshqasi bilan almashtiriladi. 
Namunalarga ishlov berishni nazorat qilish. Namunalarga ishlov berishda 
odatda tasodifiy xatolar paydo bo„lishi mumkin. Sistemali xatolar esa kukunsimon 
va tuproqsimon ma‟dan minerallari turlarining namunalarda uchragan hollarda 
kuzatiladi. 
Umuman, namuna olish va ularga ishlov berish ishlari juda puxtalik bilan 
yo„riqnomalar talablarini o„z vaqtida, kechiktirmay bajarishni talab qiladi. 
Kimyoviy tahlillar sifatini nazorat qilish. Namunalar kimyoviy tahlilining sifati 
doimo tekshiriladi. Tasodifiy xatoliklarni aniqlash uchun ichki nazorat o„tkaziladi, 
ya‟ni shifrlangan namunalar qayta tahlil qilinadi. 
Nazorat tahlillari ma‟lum vaqt oralig„ida (har oyda, yilning har choragida) 
o„tkaziladi. Masalan, kimyoviy tahlilda namunalar soni yiliga 1500-2000 va undan 
ortiq bo„lganda ichki nazoratga namunalarning 3-5 % yuboriladi. Namunalashning 



88

uncha katta bo„lmagan hajmida nazorat tahlillarining soni kamida 30-50 ta bo„lishi 
kerak. Undan yuqori xatoliklarda tahlil sifati qoniqarsiz hisoblanadi. 
Laboratoriya ishidagi asosiy, doimiy xatoliklarni aniqlash va bartaraf qilish 
uchun boshqa laboratoriyalarda ushbu tahlillarining tashqi nazorati o„tkaziladi. 
Bunday nazorat bir yilda kamida 2 marta namunalar umumiy sonining 3-5 % 
hajmida amalga oshiriladi. Uncha katta bo„lmagan hajmdagi namunalashda esa 
nazoratga kamida 30-50 ta namuna yuboriladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling