Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Burg„i quduqlari. Burg„i qudug„i - yer po„stidagi nisbatan katta uzunlikdagi 
ko„ndalang kesimda uncha katta bo„lmagan o„lchovga ega silindr shaklidagi 
inshoot (10.1-rasm, a). Burg„i qudug„i boshi “og„iz (bo„g„iz)”, tubi “qazish joyi”, 
yonbosh yuzasi “devorlar” deb ataladi. Burg„i qudug„ini tavsiflovchi asosiy 
elementlar: diametr, chuqurlik, yo„nalish. Burg„i qudug„ining diametri tog„ jinsini 
yemiruvchi asbobning tashqi diametri bilan, agar u mustahkamlovchi quvurlar 
bilan mahkamlangan bo„lsa, shu quvurlarning ichki diametri bilan aniqlanadi. 
Qattiq foydali qazilmalar konlarini qidirishda burg„i quduqlari 26-171 mm. 
diametrda 1500-2000 m.gacha va undan ortiq chuqurlikgacha burg„ilanadi (10.1-
jadval). 
Vazifasiga ko„ra qidirish, ekspluatatsiya va yordamchi burg‘i quduqlari 
ajratiladi. Qidirish burg„i quduqlari foydali qazilmalarning hamma turlarini izlash-
da va qidirishda qo„llaniladi. Ular burg„ilanayotganda kernni olish majburiydir 
(kolonkali bug„ilash). Ekspluatatsion burg„i quduqlari neft, gaz va boshqa foydali 



90

qazilmalarni sidirg„a qazishda burg„ilanadi. Yordamchi burg„i quduqlari qurilish-
da, gidrogeologik va muhandisgeologik, seysmik qidirishlarda, foydali qazilma 
konlarini o„zlashtirishga tayyorlashda (portlash burg„i quduqlari) va boshqa turli 
maqsadlar uchun o„tiladi. Ular sidirg„a qazish yo„li bilan burg„ilanadi. Burg„i 
quduqlari gorizontal yuzaga nisbatan har qanday burchak ostida yer osti tog„ 
inshootlaridan o„tiluvchi tik inshootlardan gorizontal inshootlargacha va yer osti 
inshootlaridan yuqoriga qarab o„tiladigan inshootlargacha burg„ilanadi. Burg„i 
qudug„ining yer po„stidagi o„rni zenit va azimut burchaklari qiymatlari bilan 
aniqlanadi (10.1-rasm, b). 
a) 
b) 
 
10.1-rasm. Burg‘i qudug‘i va uning elementlari. 
a).1-burg‘i qudug‘i o‘qi; 2-burg‘i qudug‘i og‘zi (bo‘g‘zi);3-burg‘i qudug‘ini 
qazish joyi; 4-burg‘i qudug‘i devorlari; 5-burg‘i qudug‘i devorlari uchastkalari 
(mustahkamlovchi quvurlar bilan mahkamlangan); d
1
, d
2
, d
3
-burg‘i qudug‘i 
stvolining diametri; L-burg‘i qudug‘i chuqurligi; b). γ-zenit burchagi; α-azimut 
burchagi; h-qiyalik burchagi (h=900). 
Burg„i qudug„i o„qi bilan vertikal orasidagi burchak zenit burchagi deb 
ataladi. Burg„i qudug„i o„qi bilan gorizontal orasidagi burchak burg„i qudug„ining 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling