Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Murakkab burg„ilash - uncha chuqur bo„lmagan geologik qidirish, gidrogeo-
logik, muhandis-geologik burg„i quduqlari burg„ilash jarayonida, ko„pincha bitta 
burg„i qudug„i bilan har xil qattiqlikdagi va mustahkamlikdagi tog„ jinslari kesib 
o„tiladi. Bunday burg„i quduqlari turli xil usullar bilan burg„i qudug„ini 
chuqurlashtirish imkonini beruvchi murakkab qurilmalar yordamida burg„ilanadi. 
LBU-50 tipidagi yengil burg„i qurilmasi chuqurligi 50 m.cha bo„lgan burg„i 
quduqlarini yumshoq tog„ jinslarida zarbali va shnekli usullar bilan burg„ilash 
imkonini beradi. Bundan tashqari u diametri 1050 m. va chuqurligi 15 m.gacha 
bo„lgan shaxta quduqlarini barpo qilish uchun ham qo„llaniladi. 
Botirish usuli bilan burg„ilash. Bo„shoq tog„ jinslarida grunt olgichni tog„ 
jinsiga statik botirish prinsipiga ko„ra ishlovchi, o„ziyurar qurilmalarda chuqurligi 
24 m.gacha, diametri 62 mm.gacha bo„lgan burg„i quduqlarini burg„ilashi mumkin. 
Foydali qazilma konlarini izlashda, gidrogeologik tadqiqotlarda va boshqa 
geologik ishlarda qo„llaniladi. 
Zarbali arqonli mexanik burg„ilash sochma konlar va rangli metallar xol-xol 
ma‟danlarining qidirishda, yer osti suvlarini qidirishda va muhandislik-geologik 
tadqiqotlarda, portlovchi burg„i quduqlarini o„tish uchun foydali qazilma konlarini 
ochiq o„zlashtirishda, suvni kamaytirish uchun qo„llaniladigan burg„i quduqlarini 
o„tishda foydalaniladi. Zarbali-arqonli usul bilan chuqurligi 400-500 m., boshlan-
g„ich diametri 500-900 mm., so„nggi diametri 150 mm. bo„lgan burg„i quduqlari 
burg„ilanadi. 
Kolonkali burg„ilash deganda tog„ jinsning yemirilishi quduq tubining tashqi 
xalqa qismi bo„ylab, kernni olish esa ichki diametr o„lchamida bo„lgan holda 
burg„ilash nazarda tutiladi. Qattiq foydali qazilmalarni izlash va qidirish ishlarida 
burg„ilashning eng keng tarqalgan usuli. 
Kern - burg„i qudug„idan chiqarib olinadigan yemirilmagan tog„ jinsining 
dumaloq ko„rinishdagi namunasi (kolonkasi, ustunchasi). Tog„ jinsining yoki 
foydali qazilmaning moddiy tarkibi, strukturasi va boshqa xususiyatlarini o„rganish 
uchun foydalaniladigan muhim geologik hujjat hisoblanadi. 
Kolonkali burg„ilash burg„ilash binosi bilan birgalikdagi minoradan, burg„ilash 
stanogidan, nasosdan yoki kompressordan va dvigateldan iborat burg„ilash 
qurilmasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Burg„ilash uchun burg„ilash snaryadidan foydalaniladi. Unga kolonkali 
to„plam (halqa shaklidagi koronka, kolonka quvuri, quyqa quvuri, kern uzgich, 
o„tkazgich) va burg„i quduqlari kolonnasi kiradi. 



93

Kolokali burg„ilash burg„i binosi bilan birgalikdagi minoradan, burg„i 
stanogidan, nasosdan yoki kompressordan va dvigateldan iborat burg„ilash 
qurilmasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Burg„ilash qattiq qotishmali keskichlar yoki olmos donalari yoxud burg„i 
pitrasi (cho„yandan, po„latdan yasalgan) bilan ta‟minlangan halqa shaklidagi 
koronkalar tomonidan amalga oshiriladi. Qo„llaniladigan koronkalarga ko„ra 
kolonkali burg„ilashning uchta asosiy turi: qattiq qotishmali, olmosli, pitrali 
burg„ilashlar farqlanadi. Bundan tashqari, kern olinayotgan paytdagi burg„ilash 
uchun halqali sharoshkali dolotalar qo„llaniladilar. 
10.1-jadval 
Kolonkali burg„ilash burg„i agregatlarining burg„i quduqlari chuqurligiga ko„ra 
qo„llaniladigan tiplari 
Burg„i quduqlari chuqurliklari (m) 
25-150 
300-650 
1200-2000 
Gidravlik uzatmali stanoklar 
(BSK) БСК-2М-100 
(ZIF) ЗИФ-300М 
(ZIF) ЗИФ-1200А 
(ZTF) ЗТФ – 150А 
(ZIF) ЗИФ-650А 
(ZIF) ЗИФ-1200М 
(1500 m. chuqurlikgacha) 
(SBA) СБА-800 
(800 m. chuqurlikgacha 
ЗИФ-1200МР 
(2000 m. chuqurlikgacha) 
Rangli differensial uzatmali stanoklar 
(SBUDM) СБУДМ-150-ЗИВ* 
(ZIV) 


(SBUEM) СБУЭМ-150-ЗИВ** 
(ZIV) 


Rotorli aylanma o„zi yurar burg„ilash qurilmalari 
(AVB) АВБ-3100М 
(URE) УРЕ-2А 

(AVB) АВБ-ТМ (TM) 
(AVB) АВБ-400М 
(URB) УРБ-ЗАМ 
(600 m. 
chuqurlikgacha) 
(1BA) 1БА-15в 
(600 m. 
chuqurlikgacha) 

 
*- yuk avtomashinasi bazasidagi o‘ziyurar qurilmalar. 
**- kolonkali, titirama, shnekli usullar bilan vertikal va qiya burg‘i quduqlarini burg‘ilash 
uchun. 
Qattiq qotishmali koronkalar bilan burg„ilash yumshoq va o„rtacha 
qattiqlikdagi (burg„ilanuvchanlik bo„yicha I-VII, ba‟zan VIII-IX kategoriyalarda) 
tog„ jinslarida qo„llaniladi. Olmosli koronkalar va pitralar bilan qattiq va juda 
mustahkam tog„ jinslarida (burg„ilanuvchanlik bo„yicha VII-XII kategoriyalarda) 
burg„i quduqlari burg„ilanadi. 



94


Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling