Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanma burg„ilash.
qiyalik burchagi deb ataladi.
Gorizontal yuzada burg„i qudug„i o„qidan o„tuvchi tog„ kompasi strelkasi yo„nalishi (N-3) bilan gorizontal yuzaga tushuvchi burg„i qudug„i o„qi proyeksiyasi orasidagi o„lchanadigan burchak azimut burchagi deb ataladi. Qidirish burg„i quduqlari asosan zarbali, aylanma va zarbali-aylanma burg„ilash usullari bilan burg„ilanadi. Zarbali burg„ilash. Tog„ jinsi yemiruvchi asbob-dolotoli og„ir burg„ilash snaryadi tog„ jinsini maydalab, parchalab, davriy ravishda ko„tariladi va quduq tubiga irg„itadi. Maydalovchi snaryad burg„i qudug„iga po„lat arqonda, burg„i shtangalari kolonkalarida tushiriladi. Shunga mos ravishda zarbali-arqonli, zarbali- shtangali burg„ilash farqlanadi. - 91 - Aylanma burg„ilash. Tog„ jinsi yemiruvchi asbob burg„ilash shtangalari kolonkasi orqali yetakchi mexanizm yordamida aylanadi. Tog„ jinsining sidirg„a qazish bilan yemirishida (hamma qazish maydoni bo„yicha) yoki halqali qazish bilan (burg„i qudug„i markazida yemirilgan tog„ jinsining kolonnasi (kern) qoldirib) amalga oshiriladi. Burg„ilashning bunday usuli kolonkali burg„ilash deb ataladi. Kern yuzaga chiqariladi va o„rganiladi. Kolonkali burg„ilash halqa shaklida kolonkalar yordamida tog„ jinsi maydalovchi material sifatida qattiq qatlamli keskilar, olmos donalari va burg„i maydalagichlari (cho„yandan, po„latdan yasalgan) qo„llanilib amalga oshiriladi. Shunga mos holda kolonkali burg„ilashning qattiq qotishmali, olmosli va pitrali turlari ajratiladi. Kern olish uchun burg„ilashda ham halqali sharoshkali dolotolar qo„llaniladi. Zarbali-aylanma burg„ilashda sekin aylanuvchi tog„ jinsi yemiruvchi asbob bilan quduq tubiga ketma-ket zarbalar beriladi. Buning natijasida o„rtacha va yuqori qattiqlikdagi tog„ jinslarida yemirilish samarasi aylanma burg„ilashga nisbatan yuqori bo„ladi. Biroq bu holatda burg„ilash kernni olmosdan sidirg„ali qazish bilan amalga oshiriladi. Bu usul bilan burg„ilashda maxsus mexanizmlar: gidroperforator, pnevmozarbalagich, magnitostriktor, qazish vibratorlari qo„llaniladi. Burg„ilashda amaliy jihatdan tog„ jinslarini yemirilishining quyidagi fizik usullari: termik (bunda burg„i qudug„iga tushiriluvchi benzo-havoli gorelkadan 2000 0 -3000 0 S haroratli alanga oqimi quduq tubiga yo„naltiriladi va kristallik tog„ jinslarining jadal yemirilishi sodir bo„ladi), portlatish (yemirish quduq tubiga uzatiluvchi portlovchi modda yordamida amalga oshiriladi), gidravlik, gidromonitoringli (quduq tubiga katta bosim ostida suyuqlik oqimi berish) usullari qo„llaniladi. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling