Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

Amaliy ishni bajarish tartibi 
Bunda har bir talaba ish jarayonida olingan namunalarga ishlov berish tartibini 
ishlab chiqadi va ularni maqsadga ko„ra laboratoriya sharoitida tahlil qilish usulini 
tanlaydi. 
Nazorat savollari: 
1. Namunalarga ishlov berish haqida gapiring. 
2. Namunalarga ishlov berish sxemalarini tuzish haqida gapiring. 
3. Namunalarga ishlov berish texnikasi haqida gapiring. 
4. Namunalarni tekshirish haqida gapiring. 
5. Namunalash jarayonini nazorat qilish xaqida gapiring. 
6. Namunalash va tahlillar nazorati deganda nimani tushunasiz? 
7. Namunalarni maydalash, elash, aralashtirish, qisqartirish nima uchun 
kerak? 
8. Texnologik va texnik tekshirishlar haqida gapiring. 
10 – AMALIY MASHG‘ULOT 
Burg‘ilash quduqlarini hujjatlashtirish va ularda namunalash ishlarini 
rejalashtirish, ularning ko‘rsatkichlari bo‘yicha geologik qirqim tuzish 
Ishning maqsadi: Burg‘ilash quduqlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha geologik 
qirqim tuzish. Burg‘ilash quduqlarini hujjatlashtirish va ularda namunalash 
ishlarini rejalashtirish, namunaga ishlov berish va tahlil qilish usulini tanlash. 
 
Nazariy qism: 
Burg„ilash quduqlarini hujjatlashtirish. Burg„ilashda har bir burg„i qudug„i 
uchun quyidagi hujjatlar tayyorlanadi: 1) burg„i jurnali; 2) passport (geologik 
texnik topshiriq); 3) burg„i qudug„ining boshlash to„g„risida dalolatnoma; 4) burg„i 
qudug„i chuqurligining o„lchovi to„g„risidagi dalolatnoma; 5) burg„i qudug„ini ber-
kitish to„g„risidagi dalolatnoma; 6) burg„i qudug„ining og„ishini o„lchash to„g„risi-
dagi dalolatnoma; 7) kernni qisqartirish to„g„risidagi dalolatnoma; 8) kernni 
bartaraf qilish to„g„risidagi dalolatnoma; 9) geologik qirqim (quduq loyihasi). 
Qidirish burg„i quduqlarini geologik hujjatlashtirish burg„i jurnalini muntazam 
yuritish, kernni ta‟riflash va chizmasini chizish; burg„i qudug„i o„qi (kolonka) 
bo„ylab uni o„tish jarayonida geologik qirqimni tuzish yo„li bilan amalga 
oshiriladi. 



89

Burg„ilash quduqlarini o„tish natijasida olinadigan asosiy hujjatlar 
quyidagilardan iborat: Burg„ilash daftari, geologik hujjatlashtirish daftari va kern 
namunasidan iborat. Burg„ilash daftari-bu asosan ishlab chiqarish hujjati bo„lib, 
dala sharoitida smena burg„ilovchisi tomonidan tuziladi va texnik-geolog 
tomonidan nazorat qilib turiladi. Burg„ilash daftarida quyidagi ma‟lumotlar: sana, 
burg„ilash usuli va diametri, chuqurlanish intervali va kernning chiqishi, tog„ 
jinsining qisqacha nomi, tog„ jinslarining mustahkamligi, snaryadning tushib ketish 
va avariya hollari, avariyalarni bartaraf qilish uchun bajariladigan ishlar, bosim 
ostida otilib chiqadigan suv va gazlar chuqurligi va hokazolar qayd qilinadi. 
Geologik hujjatlashtirish daftari quduqdan chiqarilgan kern maxsus yashiklar-
ga taxlangandan keyin texnik-geolog tomonidan to„ldiriladi va uni yetakchi yoki 
bosh geolog tekshirib, kerak bo„lsa tuzatadi. 
Quduqdan chiqarib olingan kern namunasi suv bilan yuvilib, maxsus yashiklar-
ga quduqdan chiqishi tartibida joylashtiriladi va taxlanadi. Har bir kern bo„lagi 
tartib bo„yicha nomerlanadi va yo„nalishi tush bilan belgilanadi. Bundan tashqari 
reysning boshlang„ich va oxirgi chuqurligi yozib qo„yiladi. Agar burg„ilash vaqtida 
kerndan tashqari maydalangan mahsulotlar (shlam) ham namuna sifatida olinsa, 
ular maxsus xaltachalarga solinib reys chuqurligi ko„rsatilgan xaltachaga biriktirib 
qo„yiladi. 
Ko„pincha kern namunasidan foydalanib bo„lingach, ya‟ni quduq bo„yicha 
kesim tuzilgach va namunalar olib bo„lingach, uni saqlashga ehtiyoj qolmaydi. 
Bunday paytlarda tasdiqlangan instrukstiyalarga binoan kern qisqartiriladi. Odatda 
har bir tog„ jinslari turlari va foydali qazilma turlaridan bir bo„lakdan olib qolinib, 
qolgan qismlari tashlab yuboriladi yoki burg„u qudug„i yonida yo„riqnomaga 
asosan ko„miladi. Qisqartirilgan kern geologik qidiruv ishlari tugaguncha 
saqlanadi. 
Geologik hujjatlashtirish mikroskopik tadqiqotlar, kolleksiyalar tuzish va 
boshqa maqsadlar uchun muntazam namunalar olish bilan birga olib boriladi. Tog„ 
jinslari va ma‟danlar namunalarining miqdori qalin qatlamlar va litologik 
xususiyatlarining xilma-xilligiga, ular tektonik tarkibining murakkabliligiga, 
ustama minerallashish jarayonlarining jadalligi va boshqalarga bog„liq. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling