Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik tekshirishlar.
Mineral tarkibini aniqlash. Ma‟danlarni mineral tarkibini aniqlash usullarini
tekshirish vazifalari, talab qilingan aniqlik va namuna materialining holatiga bog„liq. Namunalarni mineralogik tahlil qilishning to„liq va qisqartirilgan turlari mavjud. To„liq tahlil namunadagi barcha minerallarning miqdorini aniqlashni talab qilsa, qisqartirilgan tahlilda faqat ba‟zi minerallarning namunadagi miqdori aniqla- nadi. Bu tahlillar odatda mikroskop yordamida bajariladi. Mineralogik tekshirish jarayonida ma‟danlarning tekstura, struktura xususiyatlari va minerallarning kim- yoviy tarkibi aniqlanadi. Zich va mustahkam ma‟danlarni tekshirishda silliqlangan shtuflar, shliflar va anshliflardan foydalaniladi. Sochiluvchan ma‟danlarni tekshirishda, ularning tarkibidagi minerallar gravi- tatsion, flatatsion, magnit yoki elektromagnit separatsiya usullari bilan ajratib oli- nadi va miqdori aniqlanadi. Minerallarning tarkibini aniqlash uchun monomineral namunalar olinadi, ya‟ni tekshirilayotgan mahsulotdan biror bir usul bilan faqat bir mineral zarrachalari ajratib olinadi. Monomineral namunalar ma‟dandagi qo„shim- cha komponentlar qaysi mineral bilan bog„langanligi aniqlash imkonini beradi. Texnologik tekshirishlar. Texnologik namunalar ma‟danlarning tabiiy turlari- ni, sanoat turlarini, konning bo„laklarini va butun bir konni ifoda etishi mumkin. Bundan tashqari tekshirishning vazifalaridan kelib chiqqan holda namunalar laboratoriyada yarimzavod namunalarga bo„linadi. Ma‟danlarning alohida sanoat turlaridan olinadigan texnologik namunalar eng ko„p qo„llaniladi. - 85 - Laboratoriya namunalari yangi texnologik tizimlarni ishlab chiqish yoki mav- jud texnologik tizimlarda ma‟danlarni texnologik xususiyatlarini tekshirib ko„rish uchun qo„llaniladi. Yiriklashtirilgan laboratoriya namunalari uzluksiz texnologik jarayon sharoitida ma‟danlarning texnologik xususiyatlarini tekshirish va ularni qayta ishlash texnologik ko„rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi. Yarimzavod namunalar faqatgina yangi turdagi mineral xomashyolar o„zlashti- rilayotgan yoki yangi texnologik tizimlar ishga tushirilayotgan sharoitlardagina qo„llaniladi. Namunalarning massasi mineral xomashyo turiga qarab keng miqyosda o„zga- radi. Laboratoriya namunalarining massasi o„nlab-yuzlab kg. larni, yiriklashtirilgan laboratoriya namunalari massasi t.larni, yarimzavod namunalari massasi o„nlab hatto minglab t.larni tashkil etishi mumkin. Ko„pchilik foydali qazilmalar, ayniqsa ma‟danlar qayta ishlash jarayonida boyitiladi. Shuning uchun ko„pincha «mahsulot chiqishi», «mahsulot tarkibi» va «komponentlarni ajratib olinishi» kabi texnologik ko„rsatkichlar aniqlanadi. Har bir konda odatda bir emas, bir necha texnologik namunalar turli ma‟dan- lardan va maydonlardan olinadi. Shuning uchun ko„pincha ma‟danlarni boyitish ko„rsatkichlari va ma‟dan xususiyatlari orasida munosabatlarga baho berish imkoni tug„iladi. Mineral xomashyoni texnologik tekshirish - razvedka ishlarining asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Ma‟danlarni texnologik sinovlardan o„tkazmay turib konning sanoat ahamiyatiga to„g„ri baho berish va pirovardida razvedka ishining asosiy vazifasini bajarish mumkin emas. Download 4.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling