Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

6 – AMALIY MASHG‘ULOT 
Geologiya qidiruv ishlari tamoyillari, tizimlari. Qidirishning 
texnik vositalari plani va stratigrafik ustunlarini tuzish 
Ishning maqsadi: Geologiya qidiruv ishlari tamoyillari va tizimlari bilan 
tanishish, ularni amalda tatbiq etishni asoslash. Qidirishning texnik vositalari 
plani va stratigrafik ustunlarini tuzish. 
Nazariy qism: Barcha sohalar kabi geologoya yo„nalishi ham ma‟lum 
tamoyillarga tayanib qidirish ishlarni tashkillashtiradi. Quyidagilar qidirishning 
asosiy tamoyillari hisoblanadi: 
Tadqiqotlarning to‘liqligi tamoyili konning ayrim uchastkalarinigina emas, 
balki uni barcha joylarini nisbatan to„liq va har tomonlama o„rganish zaruriyatidan 
iborat hamda quyidagi asosiy talablarni o„z ichiga oladi: 1) kon hududi va kondagi 
barcha foydali qazilma tanalarini chegaralashning majburiyligi; 2) foydali qazilma 
tanasini yoki ma‟dan zonasini qidirish inshootlari bilan to„liq kesib o„tish; 3) 
asosiy va birgalikdagi foydali komponentlar sifatini to„liq va har tomonlama 
o„rganish; 4) tog„ va burg„ilash ishlarining hamma ma‟lumotlaridan konning 
gidrogeologik, muhandis-geologik va tog„-texnik xususiyatlarini aniqlash uchun 
foydalanish. 
Izchillik bilan yaqinlashish tamoyili ma‟lum bir geologik-qidiruv 
bosqichlarida kon to„g„risida bilimlarni muntazam oshirishdan iborat. Konni 
o„rganishning har bir bosqichida ma‟lum uslubiyatlar va texnik vositalar, boshida 
oddiy, keyin ancha aniq va murakkab vositalar qo„llaniladi. Bu tamoyilning 
qo„llanilishi qidirishning har bir bosqichida ayrim kon xususiyatlarini hisobga 
olgan holda amalga oshirilishi kerak. 
Bir tekislilik (bir xillilik) tamoyillari qidirilayotgan konning ma‟lum 
darajada bir tekisda o„rganilishi zaruriyatidan iborat va o„z ichiga quyidagi 
talablarni oladi: 1) qidirishning biror bosqichidagi konning yoki uning ayrim 
uchastkalarining qidirish tog„ inshootlari tomonidan bir tekisda yoritilishi. 2) 
qidirish tog„ inshooti yoki kon uchastkasi chegarasida namunalash punktlarini bir 
tekisda taqsimlash; 3) konning turli uchastkalarida o„lchovdosh natijalarni 
beruvchi texnik qidirish vositalarini qo„llash; 4) moddani tadqiq qilishning teng 
qiymatlilik va teng aniqlilik uslubiyatlarini qo„llash (anаlitik tahlilni yagona 
laboratoriya va usullar bilan amalga oshirish). 



40


Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling