Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Eng kam mehnat, moddiy hamda vaqt sarflari tamoyili
Download 4.44 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qidirish tizimi
Eng kam mehnat, moddiy hamda vaqt sarflari tamoyili qo„llanganda
qidirish tog„ inshootlari, namunalar va tadqiqot turlarning soni juda kam, biroq qidirish vazifalarini yechish uchun yetarli bo„lishiga erishiladi. Shu bilan birga geologik-qidirish ishlari qidirishning boshqa tamoyillarini buzmagan holda qisqa muddatlarda amalga oshirilishiga zamin yaratiladi. Qidirishning yuqorida tilga olingan hamma tamoyillari bir-biri bilan mustahkam o„zaro aloqadordir. Ular to„g„ri qo„llanilganda geologik qidirish jarayonini samarali amalga oshirish ta‟minlanadi. Yuqorida sanab o„tilgan tamoyillar bir qator qidirishning texnik vositalarini ma‟lum tizimga solishni talab qiladi. Qidirish tizimi deyilganda qidirishning texnik vositalarini xaritalarda mo„ljallangan kesimlari va planini tuzish imkonini beruvchi, foydali qazilmaning sanoat zaxiralarini hisoblash uchun zarur namunalashni o„tkazishni ta‟minlovchi qidirish vositalarining makonda joylashishi tushuniladi. Uning uchta guruhi mavjud: 1) burg„ilash tizimi; 2) tog„ inshootlari tizimi (6.1-6.4-rasmlar); 3) tog„ inshootlari-burg„ilash tizimi (6.5-6.6 rasmlar). Kon lahimlari va burg„i quduqlarining oqilona uyg„unligidagi kon-burg„ilash qidirish tizimlari qidirish amaliyotida juda keng qo„llaniladi. Foydali qazilma xossalarining o„zgaruvchanlik darajasiga ko„ra bitta tizimda kon lahimlari, boshqasida burg„i quduqlari ustunlik qiladi. Qidirishning biror bir tizimini va texnik vositalarni tanlashni aniqlovchi eng asosiy geologik omillariga konning shakli va kattaligi, shuningdek foydali qazilma sifatining o„zgaruvchanligi va harakteri mansubdir. Kon yotishining kon texnik sharoitlari - qamrovchi tog„ jinslari harakteri va suvliligiga ko„ra qidirishning u yoki bu texnik vositalari uchun uning qulayligi katta rol o„ynaydi. Qidirilayotgan kon hududidagi umumiy geografik-iqtisodiy vaziyat, xususan transport imkoniyatlari, energetik baza, suv resurslari, iqlimiy sharoitlar, shaxtani mustahkamlash uchun ishlatiladigan yog„ochning mavjudligi katta ahamiyatga ega. Qidirishning eng oqilona tizimini tanlashda texnik iqtisodiy-ko„rsatkichlar va eng avvalo, foydali qazilma narxiga kiritiladigan qidirish inshootlarining bahosi katta ahamiyatga ega. Ushbu tamoyil va tizimlar asosida olib boriladigan qidirish ishlari vaqtida, qidirishning barcha texnik vositalari ma‟lum belgilangan qonuniyatlarga tayanib, hudud yoki uchastkaning sxematik geologik xaritalariga masshtab asosida muntazam ravishda geologlar tomonidan tushurib boriladi. Bu esa qidiruv ishlari qanday olib borilayotgani, ma‟dan tanalarining yo„nalishi qay tomonga o„zgarib borayotganini nazorat qilib borish imkonini beradi. Bunda ushbu texnik vositalar loyihaviy yoki amalda o„tib bo„lingan bo„lishi mumkin. Xaritalarga tushiriladigan bu qidirish inshootlari relyefda yoki yer ostining qaysidir gorizontida bo„ladi. Shunga ko„ra bunday xaritalarni gorizont plani, kanava, shurf, burg„i qudug„i yoki yer osti kon lahimlarining plani (rejasi) deb atash mumkin. Bu planda asosiy e‟tibor qidirish vositalarida amalga oshiriladigan hujjatlashtirish va namunalash ishlariga qaratiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling