Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Qidirishning bilvosita belgilari -


Download 4.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/77
Sana10.11.2023
Hajmi4.44 Mb.
#1760762
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari (2)

2. Qidirishning bilvosita belgilari - foydali qazilma borligidan yoki bor 
bo„lishi mumkinligidan to„g„ridan biror-bir vosita orqali darak beruvchi dalillardir. 
Ularga: 
- Ma’dan oldi o‘zgarishlari. Yondosh jinslarning o„zgarishi faqat ma‟danli 
gidrotermal eritmalar ta‟siridagina emas, balki nurash jarayonida konlarning 
parchalanishidan ham paydo bo„lishi mumkin. Endogen konlardagi yondosh 



35

jinslarning ma‟dan oldi o„zgarishlari skarnlanish, greyzenlanish, kvarslanish, 
kaolinlanish, dolomitlanish, seritsitlanish va boshqalardan iborat. 
Tog„ jinslarining ma‟dan oldi o„zgarshilari qidirish ishlarida katta ahamiyatga 
ega. Chunki ular ko„zga oson tashlanuvchi yorqin ranglarga ega bo„lgan holda 
foydali qazilma uyumi kattaligiga nisbatan keng maydonlarni egallaydi. ammo, 
tog„ jinslarining ma‟dan oldi o„zgarishlarida har doim ham sanoatga yaroqli 
ma‟danlar uchramaydi. 
- Tomirsimon minerallarning mavjudligi. Bunda yer usti va ostida ma‟dan 
tanalarining tarkibi va uning atrofida ma‟lum minerallarning tomirsimon shaklda 
namoyon bo„lishi tushuniladi. 
- Foydali qazilma va qamrovchi jinslar fizik xususiyatlaridagi farqlanish 
(geofizik anomaliyalar). Bu tabiiy va sun‟iy fizik maydonlarni o„rganishga 
asoslangan bo„lib, bu belgi orqali har xil magnit, radioaktiv, gravitatsion va elektr 
maydoni anomaliyalari ajratiladi. Bu anomaliyalar esa foydali qazilmalarni 
topishga imkon beradi. 
- Relyefning o‘ziga xos xususiyatlari. Yer yuzi relyefining paydo bo„lishi tub 
tog„ jinslarining parchalanishi va bo„shoq materiallarning qayta yig„ilish bilan 
bog„liq bo„lgan konlarning fazoviy holatini aniqlash imkonini beradi. Relyefning 
asosiy shakllari nurash va muzlik yotqiziqlari rivojlangan maydonlarga xosdir. 
- Gidrogeologik belgilar. Bunda suvli qatlamlar va suvlarning ba‟zi bir foydali 
qazilmalar tarkibidagi kimyoviy va mineralogik birikmalarni yer yuzasiga olib 
chiqishi yoki yer osti suvlarining shu foydali qazilmalar tarkibini o„zgartirishi kabi 
ma‟lumotlar o„rganiladi. 
- Botanik belgilar. Bularga har xil turdagi o„simliklar, ularning qoldiqlari
qanday sharoitda shakllanganligi va boshqa belgilari o„rganiladi. 
Foydali qazilmalarning bu kabi belgilarini o„rganishda dalada bir qator ishlar 
rejalashtirilishi lozim. Bular jumlasiga birinchi marshrut o„tish hamda qidirishning 
texnik vositalarini kiritish lozim. Ma‟lum hududda ishlar loyihalashtirilganda 
marshrut yo„nalishlari, qidirishning texnik vositalari va ularning obyektdagi o„rni 
loyihada aniq qilib ko„rsatib o„tiladi. 
Marshrutlar qidiruv chiziqlarida ularning yo„nalishlari bo„yicha va 
belgilangan yo„nalishdan chetlashib o„tilishi mumkin. Marshrutlar o„tish, uning 
yo„nalishini aniqlashda tog„ geologik kompasi zarur bo„ladi. Bunda belgilangan 
masofalar bo„yicha ma‟lum chegaralangan hududga batafsil ta‟rif beriladi va 
namunalar olinadi. 
Ishlab chiqarishda foydali qazilmani ochish va qidirish uchun yer usti va osti 
texnik vositalari qo„llaniladi. Kopushlar (zakopushka), dudkalar, shurflar, 
raschistkalar (yorma, tozalama), ariq (kanava) va handaqlar yer usti inshootlari 
hisoblanadi. Yer osti inshootlari vertikal (grezenlar, ko„tariluvchi shaxtalar), qiya 
(nishabliklar), gorizontal (shtolnyalar, shtreklar, kvershlaglar, ortlar, rassechkalar) 
bo„ladi. 

Download 4.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling